74
MIS DITIOFOSFATINING TRIETANOLAMIN BILAN HOSILASI SINTEZI
Suyunov J.R., Turayev X.X., Kasimov Sh.A., Jalilov A.T,
Termiz davlat universiteti
Ditiofosfatlar asosida sintez qilinayotgan sorbentlarning
ahamiyati shundan
iboratki, hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalaridan chiqindi sifatida chiqarib
tashlanayotgan chiqindilar tarkibidagi nodir va rangli
metallar shu jumladan oltin,
kumush, mis va shu kabi bir qancha metallarni ajratib olish imkonini beradi [1].
Qayta ishlanayotgan tabiiy xom ashyo mahsulotlari va chiqindilardan ajratib
olinayotgan nodir va rangli metallar mamlakatimizning
kompleks rivojlanishida
muhim ahamiyat kasb etmoqda [2].
Bundan
tashqari,
qayta
ishlangan
xom
ashyo
tarkibidagi
foydali
komponentlarning tarkibini ko'paytirish kimyo, metallurgiya va boshqa sohalarda
texnologik jarayonlarni intensivlashtirishning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Rivojlanishning hozirgi bosqichida insoniyat o'z amaliyotida D.I.Mendeleyev davriy
jadvalining aksariyat kimyoviy elementlaridan foydalanadi. Ba'zi
elementlar va
ularning birikmalari ulkan hajmda ishlab chiqariladi va iste'mol qilinadi [3-4].
Ayniqsa nodir va kamyob metallarni olish texnologiyasida konsentrlash va
ajratish jarayonlarida kopmleks birikmalar hosil bo’lishiga
asoslangan sorbsiyalash
jarayonidan keng foydalaniladi.
Analitik tarozida fosfor (V) sulfididan 4 gramm (0,02 mol) tortib olindi va unga
trietanolamindan 10 gramm (0,067 mol) qo’shib aralashtirilib
turgan holda elektr
plita yordamida 80-100
o
C oralig’ida quyuq birikma hosil bo’lguncha 4-4,5 soat
davomida qizdirildi. Ekzotermik reaksiya natijasida vodorod sulfid gazi ajraladi.
Aralashmani gaz ajralishi tugaguncha qizdirildi. Maxsulotning massasi 8,2 gr,
reaksiya unumi 84 %. Reaksiya tenglamasi quyidagicha.
Mis bis((6-(2-gidroksietil)-2-sulfido-1,3,6,2-dioksazofosfozan-2-il)tio) sintezi.
Qaytarma sovutgich, termometr va avtomatik aralashtirgich o’rnatilgan uch og’izli
yumaloq tubli kolbaga trietanolamindan 9,72 gramm (0,06 mol)
olinib ustiga
5gramm (0,02 mol) mis (II) sulfat kristallgidrati eritmasidan sekinlik bilan qo’shildi.
Ko’k rangli mis bis((6-(2-gidroksietil)-2-sulfido-1,3,6,2-dioksazofosfozan-2-il)tio)
hosilasi olindi. Cho’kma filtrlab 50-60
o
C da 12 soat davomida quritildi.
Maxsulotning massasi 9,2 gr, reaksiya unumi 84 %. Reaksiya tenglamasi
quyidagicha.
75
1-rasm. Olingan kompleks birikmaning
IQ-spektri
Kompleks birikmaning IQ-spektrida 1635 sm
-1
yutilish sohasida NH
2
guruhlarining valent tebranishlari uzatiladi.
Shuningdek, keng yutilish sohasiga ega
bo’lgan OH
-
guruhining valent tebranishlari 3259,70 sm
-1
da kuzatiladi. P=S bog’lari
667,37 sm
-1
sohada.O O-alkil guruhlarining birikkanligi esa 945,12 sm
-1
sohada, P-O-
C bog’ining deformatsion tebranishlari bilan izohlanadi.
Polimer tarkibidagi P-H guruhining tebranishlari 2331,94-2358 sm
-1
sohada,
va
C-O bog’ining tebranishlari 979,84 sm
-1
sohada kuzatiladi.
IQ spektroskopiya usuli natijalariga ko’ra ligand va metall nisbati 2:1 bo’lgan
hosila olinganligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: