va bo‘lgan voqealarni bir-biriga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan
foydalangan holda o ‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola yetti
yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va
To‘ g‘ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, sur’atlar
asosida kichik og‘zaki insho to‘qiy olsa bular uning nutqi yetarli da-
rajada rivojlanayotganini bildiradi.
Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlar,
umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yan
gi so‘zlami o‘zlashtirishiga yordam bering. Bolada to‘g‘ri gapirishga
intilishni qo‘llab-quwatlang. Bolaning so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qi-
lishiga ahamiyat bering.
-
tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlami to‘g‘ri ifodalashiga
erishing. Uning ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya
qilishga o‘rgating.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mum-
kinki, maktabgacha katta yoshga yetib bola eng oddiy notiqlik sirla-
rini o‘rgana boshlaydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qiladi,
u nafaqat so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar
qaysi tovushlardan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab
olishni o‘rganadi. Bulaming barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim
olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.
Ota-onalaming vazifasi esa farzandi nutqining to‘g‘ri rivojlanishi
uchun g‘amxo‘rlik qilishdan iborat.
i
Katta guruh bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida
nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekan-
ligi namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tu-
zish bilan bir qatorda, o‘ylab, tasaw ur etish, hikoya qilish ham nutq
o‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasawur etish kichik va
o'rta yoshdagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm chizish vositasida paydo
bo‘lsa, nutq faoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy
xususiyat kasb etadi. Bola bunda hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi,
qahramonlarining harakatlarini o‘ylab topadi.
Bu faoliyatda o‘ylash, o‘ylab topish, ijod qilish muhim sanaladi.
Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng bolalar
davom ettirishi mumkin. Ana shu davom ettirish, tugallash jarayonida
93
bola o‘ylaydi, ijod qiladi. 0 ‘ylash, hikoya mazmunini «to‘qish»da
bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramonlaming xatti-
harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga
bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi.
To‘rt yoshli bolalarni mashg‘ulotlarda o‘rgatish ayrim xususiyat-
lari bilan o‘ziga xosdir. To‘rt yoshli bolalarning fizologik va psixo-
logik jihatdan rivojlanishida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Biroq
bu yoshdagi bolalarning diqqati
Do'stlaringiz bilan baham: