4. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madani
yatini tarbiyalash qanday amalgam oshiriladi?
89
8-9-§. 0 ‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari,
metodlari va vositalari
Reja:
1. О ‘rta yoshdagi bolalar nutqini о ‘stirish vazifalari.
2. О ‘rta yoshdagi bolalar nutqini о ‘stirishning metodik masalalari.
3. Mashg ‘ulotlaming tarbiyaviy va emotsional xususiyati.
Tayanch tushunchalar:
sonor tovushlar tempi, ovoz kuchi, into
natsion ifoda, fonematik eshitish, tovush madaniyati, niartikulatsiya
apparati, zamon.
1.
0 ‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari.
Maktab
gacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda tevarak-atrof
bilan tanishtirish va nutqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan
ishlar katta o‘rin egallaydi. Bu ishlar faqat mashg' ulotlardagina amal
ga oshirilmasdan, balki bolalaming kundalik hayotida ham, mehnat
faoliyatida va o‘yin faoliyatida amalga oshiriladi ■
>
bolaning o‘z qarindoshlari, qo‘shni tengdoshlari shaxsiga
va faoliyatiga qiziqishini qo‘llab-quwatlash, birgalikdagi o‘yinlarda
ularning dialogik nutqini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
>
turli muloqot vositalari, ya’ni so‘z, yuz ifodasi (imo-ishora)
dan muayyan vaziyatni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan holda foy-
dalanishni o‘rgatish;
>
bolalaming ertak va kichik hikoyalami so‘zlab berishga
qiziqishini qo‘llab-quvvatlash;
>
bolani «tovush», «so‘z», «gap» atamalari bilan tanishti
rish kabilardan iborat.
0 ‘rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to‘g‘risidagi bilimlarini
chuqurlashtirish bo‘yicha mukammal ish olib borish ko‘zda tutilgan. Bu
guruh bolalarining faol lug‘ati narsalaming nomlarini, qismlarini, ular
ning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko‘rinishi
va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so‘zlar hisobiga boyib
boradi. Bolalaming o‘z nutqlarida umumlashtiruvchi so‘zlami, ya’ni
kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish-tovoqlar, sabzavotlar, meva-
90
lar,
gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolami ishlatishga o‘rgatiladi; ta-
nish buyumlami guruhlashga va ularni tasniflashga (idish tovoqlar, choy
idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoq
kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o‘rgatiladi.
4-5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan ta-
nishtiriladi, kishilar mehnati, ulaming kasblari, mehnat qurollari
hamda ulaming o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va
buning natijasida ulaming lug‘atlariga mehnat faoliyatining xususi-
yatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatla-
rini bildimvchi so‘zlar kiritib boriladi.
0 ‘rta guruhda ona shahriga, qishlog'iga bo‘lgan qiziqish va mu-
habbatni tarbiyalash davom ettiriladi. Ulaming nutqida jamoat bino-
larining ncmlarini bildiruvchi so‘zlar faollashtirib boriladi: pochta,
maktab, do‘kon, kinoteatr va hokazolar, faollashtirib boriladi hamda
shahar va qishloqlami, obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan
mehnat faoliyatlarini bildimvchi so'zlar hisobiga (yangi ko‘prik qu-
rishyapti, siiahar bog‘i tashkil qilindi) lug‘atlari boyitib boriladi. Bola
tilining lug‘at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik quri-
lishini ham egallay boshlaydi.
0 ‘rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:
Bola besh yoshga yetganda uning faol lug‘ati boyib, munosabat doirasi
kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi. So‘z turkum-
laridan otrn tez o‘zlashtiradi, vaqt, son shaxs kabi kategoriyalardan foy
dalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To'rt yoshli bolalar o‘z
nutqlarida bog‘lovchilami ishlata boshlaydilar, otlami ko‘plik, birlik,
bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladi-
gan bo‘ladilar. Otlardan so‘ng so‘z turkumlaridan fe’llami va sifatlami
o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o‘zlashtirilgan so‘zlami hamma
vaqt ham yangi grammatik shaklda eslab qola olmaydi, yoyiq gapdan
foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgira olmay
di. Fe’llaming zamonga qarab o‘zgarishini (hozirgi, o‘tgan va kelasi
zamon) tezda to‘g‘ri o‘zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llaming
zamon qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. Ayrim bolalar nutqida
gaplaridagi so‘zlar bir-biriga to‘g‘ri bog'lanmaydi, ayrim so‘z turkum-
larini tushirib qoldiradilar.
91
To‘rt yoshli bolalami so‘zlashuv (dialog) nutqiga o‘rgatishda
bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa
bo‘lib so‘zlashishga, suhbatda qatnashishga, o‘rtog‘ining javobini
qunt bilan tinglashga va savollar berishga o‘rgatiladi. 0 ‘rta guruhda
bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilish
ga о ‘rgatish kiritiladi. 4—5 yoshli bolalami buyumlami tasvirlashga
(o'yinchoqlami, o‘simliklami, kiyimlami), ulaming o‘ziga xos bel-
gilarini aytishga, bolalarga tanish bo‘lgan qisqa ertaklami (masa
lan: «Echki bolalari bilan»), mashg'ulotlarda birinchi martda o ‘qib
berilgan uncha katta bo‘lmagan hikoyalami qayta hikoya qilishga
o‘rgatiladi.
4-5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bi
lan ajralib turadi: birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa
kishilar nutqidagi tovushlami tez idrok etadilar, ikkinchi xususiyati
esa tovush talaffuzidagi kamchiliklami sezish qobiliyati yetarli rivoj-
lanmagan bo‘ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulatsiya
apparati yetarli darajada rivoj'anmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar
da nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni
va ona tilidagi hamma tovushlami to‘g‘ri talaffuz etishni shakllanti-
rishga qaratilgandir.
Nutqning mazmundorligi,' intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi,
tempi, so‘zlarda urg‘ulami to‘g‘ri ishlatish, gapirganda to‘g‘ri nafas
olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z),
shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlami (1, r) to‘g‘ri talaffuz etili-
shiga alohida ahamiyat berish kerak.
0 ‘rta guruhda bolalaming badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi ri-
vojlantirib boriladi. Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoy qilinadi, kitob-
dagi rasmlami ko‘rib chiqish, uni to‘g‘ri idrok qilish o‘rgatiladi. Tar
biyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlaming
xatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so‘z joziba-
sini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalami qisqa she’rlami
badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |