Xulosa:
Bolada o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish, qadr-qimmat
tuyg‘usini shakllantirish uchun katta yoshli kishi o‘zining butun vu-
judi bilan bolani yaxshi tushunishini va uning yutuqlaridan xursand
bo‘lishini va muvaffaqiyatsizliklarida hamdard bo‘lishini ko'rsatishi
zarur. Kattalarning mehri va tengdoshlarining xayrixoh munosabati
bolada o‘ziga nisbatan hurmatni his etishda yordam beradi, o‘zini
ko‘rsatish va shaxs sifatida o ‘sish omili hisoblanadi, unda o‘zining
haqiqiy insoniy qiyofasini ifodalashga nisbatan intilish rivojlanishiga
ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |