lar muallifi.
3.
Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirishga oid qarashlari. Buyuk slavyan pedagogi Yan Amos
Komenskiy (1592-1670) G‘arbning buyuk olimlaridan biri hisobla-
nadi. Uning pedagogik tizimi o‘sib kelayotgan avlodni insoniylik,
tinchliksevarlik, tenglik va birodarlik ruhida tarbiyalash g'oyalari bi
lan yo‘g‘rilgan.
Yan Komenskiyning pedagogik merosi ulkan va ko‘p qir-
ralidir. Olimning chop etilgan falsafiy va pedagogik asarlari
uning tarixiy ahamiyatini belgilab berdi. «Onalar maktabi»da
qayd etilgan bolani dastlab oilada tarbiyalash va rivojlantirish
g ‘oyalari bugungi kunda ham o ‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Hajmi kichik, biroq mazmuni juda ehuqur b o ‘lgan mazkur asar-
ni unda q o ‘yilgan m uammolaming dolzarbligi va ahamiyatliligi,
ulam i amalga oshirish uchun taklif qilinayotgan yo‘llar va vosi-
talam ing soddaligi ham da ishonchliligi, nihoyat oila, ayollar,
bolalar va ulami tarbiyalashga bo‘lgan munosabatning insoniy
yo‘nalishga egaligi b o ‘yicha uni mumtoz asarlar sirasiga kiri-
tish mumkin. «Inson zotini himoyalash eng a w a lo beshikdan
boshlanishi lozim». Bundan ortiq sodda va dono fikr bo‘lmaydi.
Uddaburon olimlar qaysi bir ijtimoiy tarbiya tizimini kashf qil-
masinlar, baribir bolalar hayot kechiradigan, ular jism onan va
m a’nan rivojlanadigan m uhit sifatida oila eng samarali tarbiya
tizimi hisoblanadi.
Qatorlashgan g‘oyalar tizimiga ega bo‘lgan «Onalar maktabi»ni bir-
lamchi oilaviy tarbiya bo‘yicha birinchi asar deb hisoblash mumkin.
«Onalar maktabi»ning bosh g‘oyasi - oiladagi birlamchi tar
biyaning bola uchun quvonchli bo‘lishi, uning kelajagini baxtli,
ota-onalar uchun yoqimli va umidbaxsh, jamiyat uchun foydali
qilishdan iboratdir.
Komenskiy tabiiy iqtidom i ilk yoshdan boshlab har tomon
lama rivojlantirish g ‘oyasidan kelib chiqqan holda onalar mak-
tabi oldiga qiyin vazifalarni, ya’ni:. bolalarga bilish (bilimga
ehtiyojmandlikni tarbiyalash, bilimga chanqoqlik)ni, harakat
qilish (mehnatkash b o ‘lish, o ‘zini boshqara olish va yaxshi
am allar qilish)ni va gapirish (nutq va fikrlashni rivojlantirish)ni
o ‘rgatish vazifalarini qo‘yadi. Shu munosabat bilan u aqliy, jis
moniy va m a’naviy tarbiyalash, nutq va fikrlashni rivojlantirish
b o ‘yicha aniq m aslahatlar beradi.
42
«Onalar maktabi»dagi alohida bir bob qanday qilib bolalarga
nutqni mashq qildirish lozimligiga bag‘ishlangan. Komenskiy
aql va nutqni rivojlantirish uchun bir xil harakat qilish zarur deb
hisoblagan. U aql va nutqqa organik birikma sifatida qaragan.
Bu tasodifiy emas, zero, bola nutq tufayli o ‘z fikrlarini ifoda-
laydi va atrofdagi odamlar bilan muloqotga kirishadi, nutqni
egallash orqali u atrofni o ‘rab turgan olamni anglaydi. Bolada
nutq va fikrlash rivojlanadi.
U sensor rivojlantirish va tarbiyalashga alohida e’tibor bergan,
chunki usiz aql va nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirib bo‘lmaydi.
Buyuk pedagogning mazkur qoidaga rioya qilishni «didaktikaning
oltin qoidasi» deb atagani ham bejiz emas.
Nutqqa taalluqli bo‘lgan boshqa bir g ‘oyani Komenskiy ona
tilini o ‘qitish, ona tilida o ‘rgatishni talab qilish shaklida ifoda-
lagan. Maktabgacha yoshda ona tilini o ‘rgatish, Komenskiy xu-
losasiga ko‘ra, - bu eng a w a lo bola hayotinin» birinchi yilidan
boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g ‘inlar va so'zlarni aniq talaf
fuz qilish, gaplami sintaktik jihatdan to‘g ‘ri tuzish, narsalar-
ning nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr bildirishc an iborat. Ushbu
maqsadda Komenskiy ota-onalarga bolalar b lan muloqot qi-
lishda narsalar nomlarini va so‘zlam i buzmasdan, to ‘g ‘ri ay
tish, bolalarga talaffuzi qiyin b o ‘lgan va nisbatan uzun so‘zlami
aytishni mashq qildirish va buning uchun о‘yin uslubidan foy-
dalanishni maslahat beradi. Komenskiyning xizmati shundan
iboratki, u pedagoglar ichidan birinchilardan bo‘lib bola nut
qini rivojlantirishda, uning ona tilini butun go‘zalligi va mil
liy xususiyatlari bilan birgalikda o ‘zlashtirib olishida she’riyat,
ertaklar, maqollar va matallar, tez aytishlaming tutgan o ‘miga
birinchi bo‘lib e ’tibom i qaratdi. Gapirishni boshlayotgan bo
lalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular so‘zlovchining
yuzini va uning qo‘l harakatlarini k o ‘rishlari, uning savollarini
tushunishlari va to ‘g ‘ri javob berishlari darkor, deb yozgan edi
Komenskiy. Ona tabassumi va bola tomonga cho‘zilgan qo‘llar,
imlash, hoshni qimirlatib qo‘yish, qayg‘uli yuz va barmoq bilan
do‘q urish - bularning barchasi so‘zlovchining kayfiyatini ifo-
43
dalaydi, buni bola qabul qilib oladi va u aytilgan fikmi tushunish-
ga yordam beradi. Bu ritorik harakatlar muloqotda juda asqotadi,
nutqni va fikrlashni rivojlantiradi.
Ya.A.Komenskiyning «Onalar maktabi» asari G‘arbda va Ros-
siyada oilaviy tarbiyaning keyingi rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Pestalotssi va Frebel, K.D.Ushinskiy va Ye.N. Vodovozova bir-
lamchi oilaviy tarbiyaga shaxsni shakllantirish tizimidagi o‘ta
zarur bosqich sifatida qaraganlar. Bularsiz o‘sib kelayotgan av-
lodni muvaffaqiyatli tarbiyalash borasidagi barcha harakatlarimiz
zoye ketadi.
Ulaming barcha asarlarida o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy ka
mol toptirish, ideal jamiyat talablari va vazifalariga javob bera oladi-
gan, yuqori afzalliklarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish masalasi
asosiy o‘rin tutadi.
Keng qamrovli shaxsni shakllantirish faqat ta’lim va tarbiya orqa-
liigina amalga oshirilishi mumkin.
Tarbiyaning barcha murakkabligi va qiyinchiliklarini tushungan;
holda Sharq olimlari tarbiya va ta’lim mazmunini belgilab berishga
intilganlar (Ibn Sino).
Tarbiya - ota-onalaming qanday mavqeyiga egaligidan qat’i na-
zar, ulaming asosiy vazifasidir.
Olimlaming bola shaxsini hurmat qilish, uning qiziqishlarini
c rganish, tabiiy qobiliyatini hisobga olish haqidagi fikrlari (Ibn Sino,
D.Dovoni, Alisher Navoiy) juda qimmatlidir.
Yan Komenskiyning «Onalar maktabi» asari birlamchi oilaviy tar
biyaga oid yaxlit tizimli birinchi asar hisoblanadi.
«Onalar maktabi»ning bosh g‘oyasi - oiladagi birlamchi tarbiya
ning bola uchun quvonchli bo‘lishi, uning kelajagini baxtli, ota-ona-
lar uchun yoqimli va umidbaxsh, jamiyat uchun foydali qilishdan
iboratdir.
Komenskiy fikriga ko‘ra, shaxsni shakllantirishni «haqiqiy tarbi
yaning poydevori bo‘lgan ilk yoshdan boshlash oson.
Tabiiy iqtidorni (miya, yurak, qo‘l, til) rivojlantirish onalar
m aktabi tomonidan bolaning ilk yoshlaridan boshlab o ‘tkazilishi
lozim.
44
Sensor va aqliy tarbiya masalasini birinchi bo‘lib Yan Komenskiy
o‘rtaga tashladi.
Komenskiy o‘tmishdagi pedagoglar ichida birinchilardan bo‘lib
nutqni rivojlantirish, ona tilining butun go‘zalligini va uning milliy
xususiyatlarini o‘zlashtirib olishda xalq og‘zaki ijodiyotining tutgan
o‘miga e’tibor qaratdi.
Yan Komenskiyning «Onalar maktabi» asari G‘arbda va Rossi-
yada oilaviy tarbiyaning keyingi rivojiga ta’sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |