Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining
obyekti -
yaxlit
maktabgacha ta’lim jarayon.
Nutq о‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining
predmeti -
mak
tabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl,
metod va vositalari.
Nutq o‘stirish nazariyasi va m etodikasi fanining m aqsadi
- maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish
tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni
rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni
to‘g‘ri shakllantirish yo‘llari va ish samaradorligi. Zamonaviy
pedagogik texnologiya. Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda
tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari. Maktabgacha
yoshda bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish ishiga
tayyorlashdan iboratdir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari
•
maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi
nutq rivojini ko‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
•
bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘lini to‘g‘ri
tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning о‘ziga xos xususi
yatlarini hisobga olgan holda o‘zaro birgalikda harakat qilish hamda
olingan natijani tahlil qilish;
•
bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari
va usullari haqidagi bilimlar o‘zlashtirilishini hamda ulaming didak
tik nutq muloqotlari paytida qo‘llay olinishini ta’minlash;
•
uslubiy adabiyotlami tanqidiy tahlil qilgan holda maktabga
cha yoshda bo‘lgan bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usul
lari va uslublarini yaratishga intilishni rag‘batlantirish.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bo
lalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti
ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi
quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani
o ‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalami tarbiyalash), qan
day o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda
qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan
53
shunday o ‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan
usullari nazariya va amaliyotning qaysi m a’lumotlariga asoslan-
moqda). Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanish-
ning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks et-
tiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til - tarixiy va o‘zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat,
elat va odamlar qabilasi o ‘z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida
mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush
sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar, ijti-
moiy-mehnat fioliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan nati-
jalari aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: