Babayeva d. R



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

Forobiy inson baxt -  saodatga erishuvi uchun ulami baxtli -  sao- 

datli q la oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shahar- 

ni bosvqaradigan hokim tabiatdan:

1  -  sog‘-salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qi- 

yinchi ik sezmasligi;

2 -  tabiati nozik, farosatli;

3 -  xotirasi mustahkam,

4 -  zehni o‘tkir,

5 -  o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq,

6 -  bilim-ma’rifatga havasli,

7 -  taom yeyishda,  ichimlikda,  ayollarga yaqinlik qilishda ocho- 

fat  emas,  aksincha,  o‘zini  tiya  oladiga  bo‘lishi  (qimor yoki  boshqa 

o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi,

8  -  haq  va  haqiqatni,  odil  va  haqgo‘y  odamlami  sevadigan, 

yolg‘onni va yolg‘onchilami yomon ko‘radigan,

9 -  o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi,

10 -  mol dunyo ketidan quvmaydigan,

11  -  adolatparvar,

12 -  qatiyatli, sabotli, ju r’atli, jasur bo‘lishi muhimligini qayd etadi.

38



Forobiy bu fazilatlami har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi.

Ibn  Sino  (980-1037)  pedagogika  masalalariga  ijodiy  yondash- 

gan.  U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham 

chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta’lim va tarbi­

ya berish haqidagi ko‘plab fikrlari o‘zining chuqurligi, insonparvarlik 

ruhi bilan yo‘g‘rilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to‘g‘ri 

talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi.

Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni  aqliy  tarbiya, jis­

moniy  sog‘lomlashtirish,  estetik  tarbiya,  axloqiy  tarbiya  va  hunar 

o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati 

va murakkabliklarini juda  chuqur  tushungan.  «Tib  qonunlari»ning 

«Tarbiya haqida» nomli bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi, 

bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi.

Ibn  Sinoning  ilmiy-pedagogik  ijodida  oilaviy  tarbiyaga  alohi­

da  e’tibor  qaratiladi  va bunda  bosh  rol  oila boshlig‘i  -  ya’ni  otaga 

beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tar- 

i  biyalashi  lozimligini tushuntirib  beradi.  Uning fikrlariga qaraganda, 

i  bolaning onasi o‘z farzandi tarbiyasida ko‘proq hissiyotlarga ber ladi 

,  va  bola tarbiyasida to‘g‘ri  yo‘lni  tanlay  olmaydi.  Ibn  Sino  tarbiya­

chi oldiga aniq vazifalami qo‘yadi: u o‘z shogirdini qachon jazolashi 

yoki rag‘batlantirishi mumkinligini yaxshi bilmog‘i lozim. 

'

Ibn  Sino  bola  shaxsini  hurmat  qilish,  bolaning  tabiiy  yosh  xu­



susiyatlarini  hisobga  olgan  holda  uning  qiziqishlarini  o‘rganishga 

chaqiradi. U yoshga qarab davrlarga bo‘lib chiqishga harakat qilgan. 

0 ‘smirlikkacha bo‘lgan davmi u beshta davrga bo‘lgan:  chaqaloqlik 

(bola  tug‘ilganidan boshlab  yo‘lga yurib  ketgunicha bo‘lgan  davr); 

bolalik davri (yo‘lga yurgandan so‘ng); organizm chiniqqani va qoziq 

tishlari  chiqqanidan keyingi  davr;  o‘smirlik va jinsiy yetilish davri; 

o‘smirlik davri (o‘sish to‘xtatugimcha bo‘lgan davr).

Ibn  Sino  bola  tarbiyasining  barcha  murakkabliklari  va  qiyin- 

chiliklarini  tushungan.  U  jismoniy  jazoning  me’yoridan  ortib  ke- 

tishiga  qarshi  chiqqan.  Uning  fikriga  ko‘ra,  risoladagidek  tarbiyani 

muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda 

bo‘lish darkor.  Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini  hurmat qilishi,  uni 

sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim.

39



Ibn Sino tarbiya omilining ahamiyatini ehuqur anglagan va ijobiy 

omil ahamiyatini juda qadrlagan, uni tarbiyaning asosiy vositalaridan 

biri deb bilgan.

Ayniqsa, Alisher Navoiy asarlari besh yuz yildan buyon ko‘plab av- 

lodlami hayajonga solib keladi. Insonparvarlik, muhabbat g‘oyalari, in- 

sonning oliy maqsadlarini kuylash Navoiy merosida asosiy o‘rin tutadi.

Navoiyning pedagogik qarashlari o‘ta insoniyligi bilan ajralib tu- 

radi.  U bola shaxsini  shakllantirish va tarbiyalash  masalalariga juda 

katta  ahamiyat  bergan,  Navoiy  farzandni  oilaga  quvonch  va  baxt 

keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan.

Navoiy bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g‘ri tar­

biya berish zarur, fanlami o‘rganishni  iloji boricha barvaqt boshlash 

lozim, deya ta’kidlagan.

2. 


Abdulla Avloniy (1878-1934) -ja m o a t va siyosat arbobi, shoir 

ham da pedagog bo‘lib, Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya 

berish  haqidagi  qarashlari.  Abdulla  1908-yilda  kambag‘allammg 

ifarzandlari  uchun  maktab  ochadi.  Uning  o‘zi  shu  maktabda  yangi 

ta’lim usullarini qo‘llagar.  holda ona tilidan dars beradi.

Avloniyning  xalq  ta’liaii  sohasidagi  faoliyati  uning yozuvchi  va 

shoir,  iqtidorli  yoshlar tef .trining tarbiyachisi hamda sahnalashtiruv- 

chi rejissyori sifatidagi faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir.

1916-yilda  Rossiyada  va  Turkistonda  milliy  ozodlik  harakatlari 

avj  ola boshlaydi. A. Avloniy bunda harakat rahbarlaridan biri sifati­

da faol ishtirok etadi.  1917-yilning yozidan boshlab Avloniy «Turon» 

gazetasini chiqara boshlaydi.  Ushbu gazeta sahifalarida Avloniyning 

xalq maktabini tashkil etish, o ‘qituvchi kadrlami tayyorlash va dars- 

liklar chop etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari bosi- 

ladi. Ayniqsa,  u o‘zbek qizlariga ta’lim-tarbiya berish va ular uchun 

maxsus  maktablar tashkil etish muammosiga  alohida  e’tibor beradi. 

Ushbu  yillarda Avloniy  «Adabiyot»  (I-IV  kitoblar),  «Turkiy  gulis- 

ton», «Maktab gulistoni» kabi kitoblarini yozadi va chop etadi.

A.Avloniy  dunyoqarashining  shakllanishida  ilg‘or  rus  adabiyoti 

va  madaniyati  muhim  rol  o‘ynaydi.  U  A.S.Pushkin,  L.N.Tolstoy, 

M.Gorkiyning  ijodiy  meroslariga  katta  hurmat  bilan  munosabatda 

bo‘lgan va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosini yuqori baholagan.



40


U muayyan muddat mobaynida Turkiston Kompartiyasi Markaziy 

Qo‘mitasining  matbuot  bo‘limini  boshqargan,  so‘ngra  xalq  ta’limi 

bo‘limlari  ishini  boshqarishga  o‘tib,  ko‘plab  yangi  maktablar  quri- 

lishiga  rahbarlik  qiladi,  o‘qituvchilami  savodsizlikni  bartaraf  etish 

ishlariga jalb qiladi.

Avloniy  pedagogika  bilim  yurti,  0 ‘zbekiston  0 ‘lka  ma’rifat 

instituti,  Toshkent  harbiy  bilim  yurti,  0 ‘rta  Osiyo  davlat  univer- 

sitetida ishlagan kezlari ham m a’rifat tarqatish ishiga butun kuch- 

g‘ayratini sarfladi.

Tarbiya qiluvchi muallimlaming o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, sho- 

girdlariga ham bergan darslarini  amal ila chaqishtirib  o‘rgatmoqlari 

lozim. Bu ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlaming diliga 

tez ta’sir qilib, ular ilmli, odobli bo‘ladilar.

Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tar­

biya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘Isa, bu shogirdlar axlo- 

qiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.

0 ‘zbek olimi,  shoiri, professor, jamoat arbobi Abdulla Avloniy -  

o‘gitlaridan namunalar:

«Hayo, nomus omonat dalildur,

Hayosiz doimo xoru zalildir».

«Ко ‘paygan so ‘zni bo ‘lg ‘ay to ‘g  ‘risi oz,

Shakaming ко 'pidan ozi bo ‘lur soz».

«Aql egalari,  vijdon sohiblari har vaqt ко ‘rgan, qilgan va bilgan- 

larining haqiqatini va to ‘g  ‘risini s o 'zlaydilar»...

«G'azabning awali jinnilik,  oxiri nadomatdir».

«Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, 

yo saodat - y o  falokat masalasidir».

«Dars ila tarbiya faslida bir oz farq bo ‘Isa ham,  ikkisi bir-biri- 

dan ayrilmaydurgan,  birining vujudi biriga boylangan jo n   ila tan 

kabidur».

«Turkiy guliston yoki axloq», «Maktab guliston» va boshqa asar- 




Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish