Babayeva d. R



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

Kutilayotgan natijalar:

•  Bolalaming bog‘langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi.

• 

«Navro‘z bayrami» mavzusida hikoya tuza oladilar.



•  Navro‘z taomlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.

•  Hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi.



Kerakli jihozlar:

«Navro‘z bayrami» surati.



Mashg‘ulotning borishi:

«Navro‘z bayrami» surati ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suh­

bat o‘tkaziladi.

Tarbiyachi: Bolalar, qanday bayram bo‘lib o‘tdi? Biz awal Navro‘z 

bayramini bog‘chada o‘tkazdik. Navro‘z ertaligi juda qiziqarli bo‘ldi. Sa- 

xiy, quvnoq bahoroy bizga sovg‘a-salomlar berdi. Hammangiz N avo‘z 

bayramini uyingizda davom ettirdingiz. Mana bu suratga qarang.

• 

Suratda qaysi bayram tasvirlangan?



• 

Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi? 

'

• 

Navro‘z bayramini odamlar qanday nishonlaydilar? 



>

• 

Suratda qanday urf-odatlar tasvirlangan?



(Doshqozonda sumalak pishirilyapti, kishilar o‘z yaqinlari, mahalla- оду, 

:  qo‘ni-qo‘shnilar bilan hamjihatlikdabayramni kutib olyaptilar, bolalar varak 

.  uchiryaptilar, kamay-sumay navolari chalinyapti, bolalar raqs tushyapti-ar)

• 

Navro‘zda tabiatda qanday o‘zgarishlami ko‘ryapsiz?



• 

Sumalakni kimlar pishiryaptilar?

• 

Sumalak pishirishda kimlar yordam berishyapti?



Hozir  biz  «Navro‘z  bayrami»  mavzusidagi  surat  asosida  hikoya 

tuzishni o‘rganamiz. Hikoya tuzishda hozir ishlatgan so‘zlardan foy- 

dalanishingiz mumkin.

Tarbiyachining namunasi.

Biz  Navro‘z  bayramini  mahallamiz  bilan  birgalikda  kutib  oldik. 

Bog‘da katta dasturxon yozildi. Qo‘shnilar dasturxonga turli xil pishiriq- 

lar  qo‘ydilar.  Qo‘shni  qiz  Feruza uyidan  lola terib  chiqdi.  Biz  lolalar- 

ni  idishga  solib  dasturxonga  qo‘ydik.  Buvimning juda  shirin  sumalak 

pishirishlarini  hamma  biladi.  Bu  yil  ham  buvim  sumalak  pishirdilar. 

Buvimga qo‘shni ayollar yordam berdilar.  Biz o‘tin,  suv tashib keldik. 

Mahallamiz qariyalariga akam choy damlab berdilar.  Kamay-sumaylar

271



chalindi. Nodir bilan Shahzoda raqsga tushdilar. Biz kattalarga yordam- 

lashib bo‘lgach, varrak uchirdik. Mening varragim eng balandda uchdi. 

Unga  hamma  o‘rtoqlarimning  havasi  keldi.  Buvim  sumalak pishgach 

qo‘shnilarga tarqatdilar. Biz hammamiz mazza qilib sumalak yedik. 

(So‘ngra 5-6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi va baholanadi). 

Tetiklashtiruvchi mashq:

So‘z va harakatni uyg‘unlashtiruvchi mashqlar: «Chuchvara» 

Yakshanba kun ertalab,

Chuchvara qilmoqchiydik.

Tog‘oraga un solib,

Ketidan suvni quydik.

Tuxum chaqib xamirga,

Yaxshilab mushtlab oldik.

Koptokcha qilib uni,

0 ‘qlovda yoyib oldik.

Go‘shtni qiyma qilamiz,

Unga piyoz qo‘shamiz.

Xamimi kes-b olib,

Qiyma qo‘yib tugamiz.

Tuzli suvni qaynatib,

Chuchvaran;  solamiz.

Do‘stlar kelgach biz uni,

Dasturxonga tortamiz.

Barcha do‘stlar kelishdi,

Chuchvarani yeyishdi.

Bizga rahmat deyishib,

Uylariga ketishdi

Bolalaming bilgan tez aytishlarini takrorlash bilan mashg‘ulotni tugatish 

mumkin. Tez aytishni awal sekin sur’atda, keyin tez sur’atda aytadilar:

Uy yasatasizmi, osh oshatasizmi?

Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi.


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish