egat
kabi scfzlarni bilib oladilar. Qishloq maktabgacha ta’lim muas-
sasalaridagi bolalar esa suratlar yordamida shahar hayoti bilan tani-
shadilar va bekat, shohko‘cha, chorraha, haykal, yodgorliklar, sve-
tofor
kabi so‘zlar va ularning ma’nosini bilib oladilar. Shuningdek,
suratlardan bolalami sayohatda, sayrda kuzatganlari yuzasidan olgan
bilimlarini aniqlash va mustahkamlash maqsadida foydalaniladi.
Bolalar hayotda ko‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va
hodisalami suratda ko‘rib, tez bilib oladilar va tushunadilar, bevosita
kuzatish vaqtida aniqlay olmagan, ko‘rish imkoni bo‘lmagan belgi-
lami, qismlami bilib oladilar. Masalan, uy hayvonlarini, qushlami,
transport vositalarini va boshqalami kuzatganda ko‘p narsalar bolalar
uchun noaniq bo‘ladi. Aytaylik, bolalar maqsadli sayrga chiqqanla-
rida tovuqlami kuzatadilar. Mana shu kuzatishda bolalar xo‘rozning
baqbaqasini, tojini yoki oyoqlaridagi panjalarini, panjalaridagi tir-
noqlarini sezmay qolishlari mumkin. Suratda esa bu aniq tasvirlan-
gan bo‘lib, bolalar xo‘rozning tashqi tuzilishini tasvirlashganda bu
ularning diqqat markazida turadi va pat, toj, baqbaqa, panjalari
kabi
so‘zlar bilar. lug‘atlari yanada boyiydi. Suratda tasvirlangan narsani
to‘g‘ri tushunish fikrlash mas’uli bo‘lib hisoblanadi. Bolalar surat yu
zasidan yuri :gan fikrlarini, hosil qilgan tushunchalarini, taassurotlari-
n tso ‘z vositisida boshqalarga bildiradilar. Suratda tasvirlangan narsa
va buyumlarni, hodisalaming nomlarini, ularning belgilarini, sifat va
xossalarini >o‘z bilan ifodalaydilar, sayr va sayohatda ko‘rgan narsa-
lari bilan taqqoslaydilar, suratdagi tasvirlar haqida gapirib beradilar.
«Suratlar ko‘rsatish va ularning mazmunini gapirib berish tar
biyachining bolalarga yaqinlashuvida eng yaxshi vositadir», - deb
ko‘rgazmali ishni yuqori baholaydi K.D.Ushinskiy. Suratlami
ko'zdan kechirish va u haqda suhbat mashg‘ulotlari har oyda bir
marta rejalashtiriladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun
mashg‘ulotlarda foydalaniladigan suratlar maxsus nashr etiladi.
Y.G.Baturinaning «Biz o‘ynayapmiz», «Avtobusda ketyapmiz», «Uy
quryapmiz» « 0 ‘rtog‘imizga ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqar-
yapmiz», «Chana uchyapmiz» suratlari, O.I.Solovyovaning «Bizning
Tanya», «Tanyaning kabutarlari», «Kimning qayiqchasi?», «Yozda»
suratlari, S.A. Veretennikovaning «Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari
242
bilan», «Quyonlar», «Echki bolalari bilan», «Ot toychog‘i bilan»,
«Qo‘ylar qo‘zichoqlari bilan», «Tovuqlar» suratlari shular jumlasiga
kiradi. Ushbu suratlar bo‘yicha mashg‘ulotda bolalar likopcha, kosa,
Do'stlaringiz bilan baham: