3.
Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish. Bo
lalar hayotda ko‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va
hodisalami kuzatish orqali ulami suhbatga о‘rgatish. Bolalar turli
mavzular yuzasidan o‘tkazgan suhbatlarda hosil qilgan tushunchala-
rini, taassurotlarini so‘z vositasida boshqalarga bildiradilar. «Mening
o‘yinchog‘im» «Avtobusda sayr», «Bizning hovli» « 0 ‘rtog‘imizga
ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqaryapmiz», «Chana uchyap-
miz», «Bozorda», «Akamning kabutarlari», «Mehmonda», «Yozda»,
«Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari bilan», «Quyonlar», «Mening
onam shifokor», «Mening dadam quruvchi» va boshqa mavzulardagi
suhbatlar jumlasiga kiradi. Ushbu mavzular bo‘yicha o‘tkazilgan
suhbatlarda bolalar yangi so‘zlami bilib olishadi. Suhbatlar nati-
jasida bolalar nimalami o‘zlashtirishlari lozimligini, qaysi yangi
so‘zlami esda saqlashlarini va uning mazmunini tushunib olishlarini,
bolalar diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan
savollami tarbiyachi o‘ziga belgilab qo‘yishi lozim. Savollar qisqa
va aniq boMishi. bolalar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritish-
ni, boshlang‘ich — oddiy xulosalar chiqara olishni o‘rgatishi kerak.
Shuningdek, tarbiyachi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotni qanday
boshlash va yakunlashni o‘ylab qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos
she’rlar, topishmoqlar, maqollar, masallar, tez aytishlar, kichik hiko-
yalar ham tanlasui kerak bo'ladi.
Mashg‘ulotr i boshlashdan oldin bolalarni jonlantirish, suhbat
mazmunini yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish
suhbati o‘tkazish mumkin, Masalan: «Mushuk o‘z bolalari bilan»
nomli suhbatni boshlashdan avval tarbiyachi bolalarga: Kimning
uyida mushugi bor? Nima uchun mushuk saqlaysiz? Uni nima-
lar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi savollar beradi.
So‘ngra bolalarga: «Men sizlarga mushuk va uning bolalari tasvir-
langan suratni olib keldim» - deb suratni ularga ko‘rinarli joyga
ilib qo‘yadi va bolalar uni yaxshilab ko‘rib olishlari uchun 1-2
daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab ko‘rib olishgach, tarbiya
chi unda tasvirlanganlar bo‘yicha savollar bera boshlaydi. Savol
lar bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini
hisobga olgan holda beriladi. Chunonchi, agar birinchi va ikkin-
238
chi kichik guruhlarda ushbu surat bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilsa,
undan maqsad: bolalaming mushuk va uning bolalari haqidagi
tasavvurlarini aniqlash, tashqi ko‘rinishi, harakati, ovqatni qan
day yeyishi haqida tushuntirish va lug‘atini faollashtirish bo‘Isa,
tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatib shunday savollar beradi: Su-
ratda nima tasvirlangan? Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk
yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik
gumh bolalariga esa yuqoridagi savollardan tashqari yana ushbu
savollarni ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qan
day rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari
bor, tumshug‘ida-chi? Kulrang mushukcha nima qilyapti? U ni-
madan sut ichyapti? U sutni qanday ichyapti? Ip kalavasi bilan
o‘ynayotgan mushuk bolasini ko‘rsatib: Bu mushukcha qanday
rangda? U panjalari bilan nima o‘ynayapti? Ip kalavalari qanday
rangda? Katta va maktabga tayyorlov guruhida beriladigan savollar
esa ancha murakkablashadi. Rasmlarni ко‘rib chiqish vaqtida bo
lalar diqqati ayrim detallarga yo‘naltiriladi: Ona mushuk nimaning
ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan mushukchaning pan-
jalarida ninasi ko‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalavalari
qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Sa-
vatni kim ag‘darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar ja
vob berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining o‘zi gapirib
beradi: «Mana bu ona mushuk - Mosh». Uning mushukchalari bor.
U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushuk-
chalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rang-
dagi mushukcha esa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‘darib
yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi
va targ‘il mushukcha ko‘k rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib
o‘ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha esa ona mushukning
yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti va
«xur-xur» qilib xurillayapti». Ushbu mashg‘ulot jarayonida yan-
gi so‘zlar izohlab beriladi, qiyin so‘zlar jo ‘r bo‘lib takrorlanadi.
Mashg‘ulot topishmoq aytish va uning javobini topish (Kichkina
qumg‘on, o‘tirib ko‘zini yumgan), she‘r aytish (Sh. Sa’dullaning
«Mushuk» she’rini):
239
Mushugim deydi: miyov,
Sichqon doim menga yov!
Shuning uchun qo‘ymayman,
Qancha yemay to‘ymayman.
yoki qisqa hikoya o‘qib berish bilan (Habib Po‘latovning «Mosh
hikoyasi») davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda
bolalar lug‘atiga mushukchalar, ip kalavasi, panja, mo‘ylov, ichyapti,
chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyovlaydi, xu-
rillaydi va boshqa so‘zlami kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |