Babayeva d. R


Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  axloqiy  tarbiyalash-



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  axloqiy  tarbiyalash- 

ning  mazmuni  va  metodlari.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga 

ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari  bolalami jismoniy,  aqliy 

va  ma’naviy  jihatdan  rivojlantirishdan,  ularning  tug‘ma  layoqati, 

qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va 

umum insoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyor- 

lashdan iborat.

Bolada  kattalar  bilan  muloqot  jarayonida  axloqiy  xulq-atvor- 

ning  dastlabki  tajribalari  shakllanadi.  Muloqotga  bo‘lgan  ehtiyoj  -  

muhim ijtimoiy ehtiyoj bo‘lib, katta yoshli kishi bu ijtimoiy ehtiyojni 

qondimvchi  manba  hisoblanadi.  Axloqiy  his-tuyg‘ular  va  odatlami 

tarbiyalash shunday zaruriy asos hisoblanadiki, usiz bola shaxsining 

murakkabroq xususiyatlarini, ma’naviy kamolotni ta’minlash, mam- 

lakatning  ijtimoiy  hayot hodisalari  hadidagi  tasavvurlami  va  ularga 

ijobiy munosabatni shakllantirib bo‘lmaydi.

Maktabgacha bolalikning dastlabki bosqichlarida tarkib toptirilgan 

insonparvarlik  asoslari  uning  ijtimoiy  yo‘nalganligi  bolalarda  asta- 

sekin shaxsning jamoatchilik belgilari: xulq-atvor odatlari, munosabat- 

lari va tasavvurlarini shakllantirish uchun asos boiib xizmat qiladi.

Awalo  bolalar  muassasasida  jamoaning  katta  yoshli  a’zolari 

o‘rtasida to‘g‘ri  o‘zaro  munosabat uslubini  vujudga  keltirish  kerak.

225



0 ‘zaro  hurmat  va  g‘amxo‘rlik,  ishga  muhabbat,  mamlakatning  si- 

yosiy  va  mehnat  hayotida  ishtirok  etish  -   bulaming  barchasi  zarur 

uslubni  ta’minlashi  lozim.  Pedagogik jamoa  va ota-onalar jamoala- 

rining to‘g‘ri munosabatlari uslubi ham muhim ahamiyatga ega.  Bu 

uslub  esa bolalar bog‘chasining  ota-onalar  bilan muntazam  ish  olib 

borishi, oila tarbiyasi tajribalarini o‘rganish natijasida tarkib topadi.

Kattalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlaming yuksak 

darajasi -  muvaffaqiyatli axloqiy tarbiyaning majburiy shartidir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmu­

ni va metodlari bu yoshdagi bolalarning xususiyatlariga mos kelishi 

va u  eng  yaqin vaqtdagi  axloqiy  rivojlanish jarayonini  ko‘zda  tuti- 

shi  kerak.  Masalan,  agar 4  yoshli bolalar  o‘z tengdoshlariga  asosan 

tarbiyachining maslahati, ko‘rsatmasi ta’sirida baholi-qudrat yordam 

ko‘rsatsalar,  5 yoshga to‘layotganda bunday yordamni  o‘z xohishla- 

riga ,ko‘ra ko‘rsatishlari lozim.

Oilagar.xos bo‘lgan  muhabbat,  o‘zaro  e’tibor,  g‘amxo‘rlik muhiti 

bola  his-tjiyg‘usini  shakllantirishga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Oilada  qaror 

topdriladigan ijtimoiy his-tuyg‘ular bolaning kichik yoshdan boshlab 

to‘t,‘ri axloqiy rivojlanishining muhim asosi hisoblanadi.

«Salomatlik va xayrixohlikni  tarbiyalashning chinakkam maktabi -  

bu oiladir; Otaga, onaga, buvaga, buviga, aka-ukalariga, opa-singillariga 

munosabat insoniylikning sinovi hisoblanadi»,- degan allomalarimiz.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining muhim vazifasi

-   ota-onalarga  bola  shaxsini  shakllantirishda  ulaming  alohida  rol 

o‘ynashlarini tushuntirishi, zarur pedagogik bilim va ko‘nikmalami 

egallashlarida  ularga  yaqindan  yordam  berishdan  iborat.  Bolalar­

ning ma’naviy kamolotini ta’minlashda mahallaning о‘mi ham kat- 

tadir.  Mahalla,  aw alo,  sog‘lom ijtimoiy muhitdir.  Bu yerda kuchli 

ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri  mahalla ahlining xulq-atvori 

o ‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartib- 

ga solib turadi. Mahalla ijtimoiy kelib chiqishi, millati, mijozi turli 

xil bo‘lgan va oilalami tashkil qilgan odamlardan iborat.  Mana shu 

oilalaming  boshlarini  biriktirish,  ulami  ma’naviy  va  moddiy-jis- 

moniy jihatdan  mustahkamlash,  yoshlami  tarbiyalash kabi muhim 

vazifalar ham mahallada  amalga  oshadi.  Oilalarni  bir jamoaga,  ij-

226



timoiy  guruhga,  muassasaga,  aynan  mahalla  birlashtiradi.  Ularda 

ahillik,  hamjihatlik,  hamkorlik,  hamdardlik,  his-tuyg‘ularini  shakl- 

lantiradi, kamol toptiradi.

Har  bir  fuqaroning  hayotida  «Shaxs-oila-mahalla»  uchligi  katta 

ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  sharqona  turmush  tarzimizning  o‘ziga  xos 

tizimidir va eng muhimi,  msorming jamiyat hayotiga singib, ijtimoiy 

munosabatlar ishtirokchisiga aylanishida muhim vositadir.

Insonning  oilada  shakllangan  imon-e’tiqodi,  odobi,  oriyati,  vij- 

doni,  tafakkuri  mahalla muhitida yanada  yuksalib  xalq manfaatlari, 

o‘zaro inoqlik va hamkorlik his-tuyg‘ulari bilan uyg'unlashib, jami- 

yatda sog‘lom munosabatlaming shakllanishiga olib keladi.


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish