Quyosh aksimudir hayvon suyida yo koʻrunmishdir
Ravonosomay ichra soqiyi gulchehra ruxsori. ( A.Navoiy)
Ushbu gʻazalda gulchehra soʻzi senekdoxa usulida ma’no koʻchgan
Ona tili fani har bir oʻquv muassasasida oʻqitilishi inobatga olinsa,
albatta, oʻqitish metodlari ham yosh jihatidan farqlanadi. Axir, maktab
oʻquvchisi bilan oliygoh talabasiga bir xil koʻnikma shakllanmagan. Yosh
jihatidan olib qaraydigan boʻlsak maktab oʻquvchilarining psixologiyasidan
kelib chiqib dars oʻtish maqbul yoʻldir. Oʻtilgan mavzu boʻyicha savol-javob
754
qilinar ekan, toʻgʻri javob bergan har bir oʻquvchini ragʻbat kartichkasi bilan
ragʻbatlantirish mumkun. Ana shunda bolalarda darsga boʻlgan qiziqish yana
ham ortadi. Bu metodni hatto psixologlar ham dasrda qoʻllash foyda berishini
ta’kidlashgan. Oʻsib kelayotgan oʻsmir psixologiyasida har doim birinchi
boʻlish, koʻproq ragʻbat olish istagi ustun boʻladi. Yoki darsda musiqa qoʻyib
eshittirish, kuyning soʻzlari oʻrqali gapning ega kesimini topish yoxud mavzuga
oid topishmoq kabi ‘aqliy hujum’ metodlarini qoʻllash mumkun.
Oʻquvchi kelajakda qanday kasb egasi boʻlishidan qat’i nazar ona tilida
ravon gapiradigan, xatosiz yozadigan boʻlishi kerak. Bu esa oʻquvchiga ta’lim
berayotgan pedagog ma’suliyatini talab etadi. Avvalo, oʻquvchilarni imloviy
xatosiz, orfografik tamoyil asosida bilimini shakllantirish uchun nashrdan
chiqayotgan ona tili dasrliklariga e’tibor qaratish lozim. Darslikni oʻzbek tili
lugʻatidan har mavzudan soʻng kamida 10 ta soʻz yodlash uchun yoziladi va
ularning izohi beriladi. Bu ham, albatta, oʻquvchilar savodxonligiga xizmat
qiladi. 5- sinfdan 11- sinfgacha ona tili oʻtiladi. Har bir darsda taxminan 25- 30
ta mavzu boʻlishini inobatga olsak, har bir mavzudan keyingi imloviy soʻzlarni
yod olgan oʻquvchi kamida 170- 210 ta soʻzni xatosiz yoza oladigan boʻladi.
Bugungi kunda berilayotgan ta’lim, ona tili darslari milliy
ananalarimizga sodiq qolgan holda zamonaviy uslubda oʻtilishi darkor. Buni
bugungi zamon taqazo etadi. Dars jarayonida ilgʻor pedagogik texnalogiyalarga
asoslangan zamonaviy dars turlarini qoʻllash ta’lim oluvchilarni ta’lim
jarayonidagi oʻrni, ta’limga yangicha munosabatini taminlash demakdir. Ilgʻor
pedagogik texnalogiyalarga asoslangan bir necha dars oʻtish metodlari mavjud
bular:
•
Musobaqali darslar (bunda talaba muloqot jarayonida til
imkoniyatlaridan foydalana olish, tez va aniqlikni oʻrganadi)
•
Muammoli savol dars – bunda talaba izlanish, tadqiqot qilish va mustaqil
fikrlashni oʻrganadi
755
•
‘Mualliflik’ (ya’ni amaliy mashgʻulotda oʻqituvchi emas, mavzuga tayyor
talaba ustoz rolini bajaradi) – bunda talabalar darsga mas’uliyat va
pedagogik koʻnikmaga ega boʻladi.
Yuqorida sanab oʻtilganlar ham noananaviy turdagi darsga kiradi. Ta’lim
oluvchilarning ona tili sirlarini yanada ochish va erkin fikrlash koʻnikmasini
shakllantiradi.
Ona tili darslarining oldiga qoʻygan vazifasi qachonki samarador usullar
bilan ta’lim oluvchiga tushuntirilsa, shundagina kutilgan natijalarga erishish
mumkun. Ona tili fanidan har bir boʻlim, har bir kursning oʻzining oʻrganish
metodi mavjud. Masalan: Fonetika boʻlimini olaylik. Fonetikada asosan nutq
tovushlari, ularning paydo boʻlishida ishtirok etadigan nutq a’zolari, hosil
boʻlish oʻrni usuli kabi mavzularda bahs yuritiladi. Shunday ekan, ta’lim
oluvchilarni ushbu boʻlimda koʻproq talaffuz bilan ishlash, alifbodagi harflar
ustida ishlash, undosh va unlilar oʻrtasidagi farqni oʻrgatishda interfaol metod
turlarining grafik organayzerlaridan foydalanish mumkun. Bularga: ‘Baliq
skleti’, ‘Jadvalli topishmoq’, ‘T- jadval’ kabilar kiradi.
Masalan: Keltirilgan soʻzlardan undoshlarning hosil boʻlish usuliga koʻra
farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarini jadvalga yozing. Soʻzlarda qatnashgan
unlilarning ogʻiz ochilish darajasiga koʻra farqli va birlshtiruvchi belgilari bilan
jadvalni toʻldiring.
Bunday hollarda interfaol usullarning qoʻllanilishi yuqorida aytib
oʻtganimizdek talabalarning darsni oʻzlashtirish salohiyatini oshiradi.
Ta’limda zamonaviy innavatsion texnalogik metodlarni qoʻllash dars
samaradorligini oshirib, ta’lim oluvchilarni bilimlarni mustaqil egallashga
undaydi. Bunday metodlarga muvofiq oʻquvchi darslik materiallarini tayyor
holda oʻzlashtirmay, izlanadi, ijodiy faoliyatini koʻrsatadi. Oʻzi orqali bajarilgan
topshiriq tez xotiraga muhrlanadi, oʻtilgan mavzuni yodda tutish imkonini
beradi.
Yaponlarda shunday maqol bor: ‘Hamma narsa unutilganda ham talim
esda qoladi’. Shiddat bilan rivojlanib ketayotgan asrdan bir qadam ham ortta
756
qolmaslik, kelajak avlodga mukammal bilim berish, ularni salohiyatli kadr
boʻlib yetishishida har bir pedagogning oʻrni bor. Ona tilimizni ham
yuksaltirishda, fanlar tizimidagi oʻrnini mustahkamlashda biz yoshlardan
tinmay oʻrganib, fanning yangi qirralarini kashf etish talab etiladigan
mas’uliyatli vazifadir. Bizning iftixorimiz, milliyligimiz ramzi boʻlgan tilimizni
yosh avlodga oʻrgatish, gʻubor yetkazmay mukammal yetkazish har birimizning
burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |