muhabbatsiz tasavvur eta olmaydi. U sadaf yonida “durri g‘alton” boʻlmasa,
465
Komil muhabbatni inson qalbidagi eng qimmatli ma’dan deb ta’riflaydi.
U samimiy muhabbat orqali insonparvarlik g‘oyalarini, doʻstlik, vafodorlik,
sadoqat kabi insoniy fazilatlarni targ‘ib qiladi. Shoir g‘azallarida oshiqning qalb
toʻlqinlari juda sodda, hayajonli tasvirlanadi. Traditsion ma’shuqa obrazi esa,
Komil g‘azallarida yuksak badiiy hayotiylik qozonadi.
G‘azal aksariyat ishq haqida yoziladi. Ishq esa ikki mazmunni: “Ishqi
ilohiy”, “Ishqi majoziy”ni anglatadi. Birinchisi Alloh ishqi, ikkinchisi yerdagi
goʻzalga oshiqlik edi. Har ikkisining ifoda vositalari, obraz timsollarida
oʻxshashlik bor. Qolaversa, tasavvuf ta’limoti boʻyicha, borliq, inson yoki goʻzal
yor ham Haq jamolining jilvasi. Demak, unga muhabbat Allohga boʻlgan ishq
darajasiga yetishi kerak.
Shoirlar oʻz salohiyatlarini koʻproq mana shu doirada namoyish etar
edilar. Komil g‘azallarida ham bu mavzu keng oʻrin egallaydi.
“Ayn”u “shin”u “qof”inga to boʻldi koʻnglum mubtalo
“Dol”u “ro”u “dol”u hajringdin dame erman judo, -deb boshlanadi
shoirning bir g‘azali. Ya’ni “ayn”, “shin”, “qof” - “ishq”inga koʻnglum mubtalo
boʻlganidan buyon “dol”, “ro”, “dol”- “dard”u hijroningdin bir nafas (dame) ham
holi emasmen, demoqda shoir. She’r boshdan oxirigacha shu tarzda harflar
oʻyini bilan davom etadi. Bunday usulni sharq she’r ilmida kitobat san’ati
deganlar. Mana yana bir bayt:
Yuzung mus’hafi sharhi oʻlg‘ay necha –
Kitobu kitobu kitobu kitob.
Mus’haf Qur’ondir. Shoir yor yuzini muqaddas Qur’on sahifasiga tashbeh
etyapti. U sharh etilgudek boʻlsa, necha-necha kitob boʻladi demoqchi.
Mazmunda Ilohiy ishq jilva qilyapti. Muayyan soʻzning muayyan oʻrindagi
takrori ham san’at. Bunday usulni mukarrar san’ati deydilar. U kerakli fikrni
kuchaytirishga хizmat qiladi.
Shoir yor ta’rifida an’ana izidan borib, chiroyli tashbehlar, manzaralar
yaratdi:
Jonbaxsh la’ling ustida ul holi hindularmudur,
466
Yo chashmai hayvon uza zog‘i siyahmoʻlarmudur.
La’l - qizil qimmatbaho tosh, yoqut. Uni shoirlar yorning labiga qiyos
qilganlar. Bu la’l oshiqqa jon bag‘ishlaydi.
Labning jon baxsh etishi va xolning qoraligini hinduga oʻxshatish
an’anaviydir. Lekin Komil goʻzalning xoli, koʻzi, sochi, kipriklarini har baytda
ikki xil oʻxshatish orqali tasvirlab, oʻzining lirik tasvirdagi mahoratini
bundayaqqol namoyish etadi. Goʻzal ma’shuqaning labini “chashmai hayvon” –
ya’ni hayot chashmasiga oʻxshatsa, lab ustidagi xolni hayot chashmasidan suv
ichgani kelgan qora zag‘chalarga qiyoslaydi. Uning jamolini koʻrkam boqqa
oʻxshatsa, koʻzlarini bog‘dagi kishilarga oʻxshatadi. Yana yuzini Xoʻtan gulzoriga
oʻxshatsa, koʻzini bu gulzorda sayr etgan ohularga oʻxshatadi.
Ma’shuqaning ishqida iztirob chekayotgan oshiqning koʻnglini Komil
yorning sochiga oʻxshatgan. Chunki goʻzal boshidagi soch goh boshda jam
qilinsa, ya’ni chambarak qilinsa, gohida yoyiq holda boʻladi:
Koʻnglum gahi jam boʻlsa, gah boʻlsa parishon, ne ajab,
Gah boshda jam boʻlsa, gahi yuzda parishon kokiling.
Mana shunday jonli va ehtirosli tasvirlar Komil she’rlarining badiiy
yuksakligidan dalolat beradi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, Komil Xorazmiy oʻzbek klassik
adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan shoirdir. Shoir g‘azallarida
koʻzga tashlanadigan fikrning emotsionnaligi, tasvirning yorqin boʻyoqlarga
boyligi kabi xususiyatlar an’anaviy traditsiyalarning yorqin davomi sifatida
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: