Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 Keywords:  First  beginning,  writings  kills,  creative  style,  the  novel  “Genetics”,  a 

combination of beginning and end.  

 

 



Bir asar orqali (xoh u hikoya, xoh u roman boʻlsin) oʻquvchi qalbiga kirib 

borish,  soʻz  orqali  ta’sir  qilish  ulkan  mahoratni  va  iste’dodni  talab  qiladi. 

Ayniqsa, nasriy asarlarda bu vazifani bajarish bir oz mushkul boʻladi. Asarda 

yozuvchining ovozi, oʻqirmaniga aytmoqchi boʻlgan qalb soʻzlari sezilarli ifoda 

etilmasa, bu asarning umri qisqa boʻladi.  

Kitobni  ochganda  har  birimiz  asar  muqaddimasiga  diqqat  qilamiz. 

Oʻqilajak asar berk sandiq boʻlsa, ilk boshlanma uning kalitidir. Yozuvchi oʻz 

oʻquvchisiga  shu  sandiqqa  mos  tushadigan  kalitni  topib  berishi  lozim.  Aks 

holda ochilgan kitob darhol yopilishi tayin. Filologiya fanlari boʻyicha falsafa 

doktori, ustoz Komiljon Hamrayev ham ilk boshlanma butun asarning taqdirini 

hal  qilishi  va  buda  yozuvchining  mahorati  naqadar  muhim  oʻrin tutishi 

borasida  quyidagicha  fikr  bildiradi:  “…”Boʻladigan  bola  boshidan  ma’lum”, 

deganlaridek, badiiy asarning birinchi jumlasini oʻqib to oxirgi jumlaga qadar 

bosh koʻtarmasdan  mutolaa  qiladiganlar,  ilk  jumlani  oʻqib-oʻqimasadan 

hafsalasi  pir  boʻladiganlarning  topilishi,  shubhasiz,  yozuvchining  badiiy 

mahorati bilan bog‘liq”. [2. 133-bet] 

Shu  sababli  ham  butun  asarning  yuki  ilk  boshlanmaning  yelkasida 

boʻladi.  Ilk  boshlanma  yozuvchi  va  oʻquvchi  oʻrtasidagi  tanishuv  vositasidir. 

Yozuvchi  tanishish  uchun  turli  usullardan  foydalanishga  harakat  qiladi.  Shu 

orqalii  jodkorning  oʻz  uslubi  shakllana  boshlaydi.  Qaysidir  yozuvchi  turli 

maqol,  aforizmlar  bilan  asarni  boshlasa,  ba’zilari  tabiat  tasvirlari  bilan, 

shuningdek, qandaydir tarixiy, ilmiy, zamonaviy manbalar, voqealar orqalii jod 

mahsulini  yoritishga  urinadi.  Oʻzbek  adabiyotining  bir  qator  namoyondalari 

ham  bu  borada  oʻziga  xos  uslub  yarata  olgan.  Masalan,  Abdulla  Qahhor 

hikoyalarining ilk boshlanmalariga nazar solsak, uning asarlaridagi ilk jumlalar 

sizga  xuddi  “tomdan  tarasha  tushganday”  vaziyatlar  bilan  boshlanib, 

oʻquvchini  beixtiyor  “qitiqlab”  voqea  ichiga  olib  kirib  ketadi.  Abdulla 



 

331 


Qodiriyning romanlarini kuzatsak, unda yozuvchi asar boshida oʻqirman bilan 

“kichik  suhbat”  uyushtirib  olib,  asar  soʻnggida  yana  yozuvchining  oʻzi 

suhbatdoshi bilan fikrini xotimalaydi.  

Zamonaviy  oʻzbek  nasrida  oʻziga  xos  uslub  yarata  olgan  Isajon  Sulton 

ijodidagi  ilk  boshlanmalar  yozuvchi  va  oʻquvchi  oʻrtasida  koʻprik  vazifasini 

bajarishga xizmat qiladi. Bu fikrni uning “Genetik” romani orqali sharhlashga 

harakat qilamiz.  

Roman muqaddimasida Qadimgi Irq bitigidan parcha keltiriladi:”Tong 

ota boshladi. soʻng uning izidan yer yuzi yorishdi.  

Soʻng quyosh chiqdi, hamma yoq yorug‘ boʻldi.  

 

Eryigit emaklab bordi, Tangriga yoʻliqdi…”[1. 3-bet] 



Yozuvch  inega  aynan  Qadimgi  Irq  bitiktoshidagi  yozuv  bilan  asarni 

boshladi? Bu savolga javobni asar sarlavhasi va mazmuni bilan bog‘lab tahlil 

qilsak maqsadimizga erishamiz. Asar mohiyatini chuqurroq anglaganimiz sari 

Qadimgi Irq bitigidan boʻlak hech bir jumla boshlanma boʻlolmasligiga ishonch 

hosil qilamiz.  

“Genetik”  romanini  bir  daraxt  deb  olsak,  uning  ildizi  boshlanmasidir. 

Asar  mazmunidan  kelib  chiqsak,  bizning  tarixiy  ildizlarimiz,  shajaramiz 

Qadimgi  Irq  ,  Kultegin,  Toʻnyuquq  kabi  bitiktoshlari  bilan  chambarchas 

bog‘liqdir.  

Bitik tahliliga  e’tibor  qilsak,  tong  otishi  tasviri  bu  bizning  kunchiqar, 

ya’ni  Sharq  xalqlariga  tegishli  ekanligimizni  anglatadi.  Tag  ma’nosida  esa 

kunning chiqishi-nurning, yorug‘likning belgisi. Bu goʻyoki turkiy xalqlar paydo 

boʻlishi va shakllanishi ishorasidek. Hamma yoqning yorug‘ boʻlgani, bizning 

ajdodlarimiz ulug‘vor, beqiyos kuch-qudrat egasi ekanligidan dalolatdir.  

Tangriga yoʻliqish –komillik, yetukli kalomati. Balki bizning yurtimizga 

Tangrining  nazari  tushgan  deyishimizning  boisi  shundandir.  Bitik  yozuvdan 

keyin kichik hikoya keltiriladi:”Aytadilarki, bir odam daryo yoqalab kelayotib, 

kattakon  yombi  topiboldi.  Qoʻynidan  yong‘og‘ini  olib,  chaqmoqchi  boʻlib 

uringan  edi,  yombi  birnecha  boʻlakka boʻlinib  ketdi.  ”Yaltiroq  boʻlgani bilan 



 

332 


hech nimaga yaramas ekan-ku”, deya afsuslanib, uni otib yubordi-da, qirg‘oqda 

qalashib  yotgan  oddiy  toshlardan  biri  bilan  yong‘og‘ini  chaqib  yedi  hamda 

murod-maqsadiga yetib, oʻz yoʻliga ravona boʻldi”[1. 3-bet].  

Bu hikoya asar boshlanmasida va xotimasida kelishi ahamiyatli. Sababi 

voqea aynan hozirgi avlod uchun tegishlidir. Yoshlarimizda:”Yong’oq chaqish 

uchun sindirilgan yombi bilan bizning oramizda qanday bog‘liqlik bor”, -degan 

savol tug‘ilishi tabiiy. Ushbu hikoya bilan yozuvchi hozirgi avlod uchun juda 

dolzarb masalani oʻrtaga tashlagan.  

Yombi  –  bu  oddiygina  tosh  emas,  balki  necha  ming  yillardan  buyon 

tomirlarimizda  ajdoddan  avlodga  oʻtib  kelayotgan  noyob  iste’dod,  chaqnab 

turgan  yolqin,  bebaho  merosdir.  Voqeada  bebaho  iste’dodni  yong‘oq 

chaqishdek  arzimas  mayda  ishlarga  sarflamaslik  kerakligi  haqida  soʻz 

bormoqda.  Har  birimizda  qaysidir  ajdodimizdan  meros  qolgan  uchqun-

iste’dod  bor.  Oʻsha  uchqunni  olovga  aylantirish  oʻrniga  oyog‘imiz  ostidagi 

begona toshlarga almashtirmasligimiz ajdodlar oldidagi avlodlik burchimizdir.  

Yombining  vaqtga  oid  ma’no  qatlamlarini  ochadigan  boʻlsak,  har  bir 

fursat yombi toshi kabi bebaho. Fursatni bu dunyoning havoyi havaslari bilan 

oʻtkazib, tomirda yashirin oqayotgan iste’dodni insoniyat uchun xayrli ishlarga 

sarflamaslik,  nazarimizda,  qoʻynimizni  puch  yong‘oqlarga  toʻldirish  bilan 

barobardir.  

Shuning dek, ijodkor asarni ilk boshlanma va xotima bilan uyg‘unlashtira 

olgan  va  asarni  ajoyib  kompozitsiyaga  aylantirgan.  Muqaddimada  kelgan 

keltirilgan yombi haqidagi rivoyatga javoban yoki yozuvchi nazarida “xulosa 

boʻlsin uchun” yana shu mavzuga toʻxtaladi:”…shu qimmatbaho tosh oʻzi paydo 

boʻlgan  mahalda  roʻy  bergan  voqea-hodisalarning  xotirasida  saqlashini  ham 

bilardi. Shuning uchun avaylab qoʻyniga soldi hamda oʻzini voyaga yetkazgan 

aziz manzillarga ravona boʻldi”[1. 140].  

 Ilk boshlanmada qahramon yombini yong‘oq chaqishga ishlatgan boʻlsa, 

asar  xotimasidagi  qahramon  tafakkur  qildi,  anglab  yetdiki,  qoʻlidagi  yombi 

oddiy tosh emasdi. Shu sababli uni qoʻyniga avaylab solib qoʻydi. Chunonchi, 




 

333 


yozuvchi bu xotima orqali xalqimizga xos asriy an’analarni ham ifoda eta olgan. 

Ya’nikim,  oʻzbek  xalqi  har  bir  ishning  oxiri  xayrli  boʻlganini  yoqlaydi  va  har 

doim “oxiri baxayr boʻlsin”, -deya duo qiladi.  

Ushbu asardagi kabi ilk boshlanmalar nur bilan boshlansa, u oʻquvchi 

qalbini  yoritish  qudratiga  ega  boʻladi.  Fikrimizga  xulosa  qiladigan  boʻlsak, 

taomning  mazasi  tuzi  bilan  totli  boʻlsa,  asar  ham  sermazmun  ilk  qadami 

oʻquvchisiga azizdir.

  

 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish