Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords: Poetic function, poetic means, literary character , literary work, trend.

  

 

 

Soʻz bajaradigan vazifalar ham insonning madaniy ongi bilan birga oshib 



bormoqda. Bunday vazifalar ichidan asoslilarini saralab, ilmiy va amaliy tahlil 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

300 


qilish  adabiyot  sohasida  izlanuvchilar  uchun  muhim.  Ulardan  biri  soʻzning 

poetik  vazifasi  boʻlib,  bu  vazifa  soʻzdagi  ifoda  vositalari  tizimi  bilan 

xarakterlanadi.  Adabiyot  nazariyasi  sifatida  poetika  badiiylik  darajasi 

oʻrtasidagi ichki bogʻlanish va oʻzaro munosabat qonuniyatlarini tadqiq etuvchi 

alohida nazariya ham sanaladi.  

Poetik vazifauch xil yoʻnalishda namoyon boʻlib, umumiy, tavsifiy yoki 

tarixiy  poetik  xususiyatlarni  namoyon  qilishi  mumkin.  Umumiy  poetik 

xususiyat  har  qanday  asarning  badiiy  vositalari  va  qurilish  qonuniyatlarini 

janrga,  adabiy  tur  va  jinslarga  karab  muallif  niyatining  mujassamlanish 

usullarini  ifoda  qiladi.  Tavsifiy  poetik  xususiyat  ayrim  olingan  bir  muallif 

asarlarining  yoki  davrlar  va  yoʻnalishlarning  oʻziga  xos  xususiyatlarini 

namoyon  qiladi.  Tarixiy  poetik  xususiyat  esa,  badiiy  vositalar  taraqqiyotini 

obrazli  ifodalar,  shakllar,  qofiyalar  orqali  va  kategoriyalarni  badiiy  qilib 

berilgan zamon, makon, ritm vositasida yetkazib berishdir. Musulmon Sharqi 

adabiyotida soʻzning poetik vazifasi asosiy uch ilmning yuzaga chiqishi orqali 

baholanadi. Bular: ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi badi’a. Shayx Ahmad Taroziyning 

"Funun  ul-balogʻa",  Atoulloh  Husayniyning  "Ba-doi’  ussanoyi’"  asarlari  ayan 

shu ilmlarni oʻrgangan. 

Badiiylikning muayyan qonun-qoidalari ayrim adabiy yoʻnalish, oqim va 

maktablarda, alohida xalqlarda, tasavvuf she’riyati poetikasi, xalq dostonchiligi 

poetikasi,  ma’rifatparvarlik  adabiyoti  poetikasi,  Sharq  adabiyoti  poetikasi, 

oʻzbek adabiyoti poetikasi kabi yoʻnalshlarda va buyuk qalam sohiblari ijodida 

sayqal topgan.  

Aristotelning  "Poetika"  asari  badiiy  asar  va  uning  tiliga  oid  nazariy 

masalalarni yoritishda dastlabki manbalardan hisoblanadi. Farobiy ham ushbu 

asar  ta’sirida  "Shoirlar  san’ati  qonunlari  haqida  risola"sini  yozgan.Fransuz 

olimi  va  shoiri  N.  Bualonning  "Poetik  san’at"  asarida  ham  soʻzning  badiiylik 

xususiyatlariga xos boʻlgan belgilar va poetik vazifalar tadqiq etiladi. Oʻzbek 

adabiyoti tarixida soʻzning poetik vazifasi boʻyicha dastlabki kuzatishlar Yusuf 



 

301 


Xos Xojibning  "Qutadgʻu  bilig",  M.  Koshgʻariyning  "Devonu  lugʻotit-turk" 

asarlaridan uchraydi.  

Soʻzning poetik vazifani bajarishi va bu jarayonni nazariy tadqiq etishda 

asosiy  obyekt  sifatida  badiiy  asar  olinadi.  Adabiyotning  turli  rivojlanish 

davrlarida poetik vazifa ham turli koʻrinishlarda namoyon boʻlib, davrlar bir-

biridan  yuqorida  tanishib  chiqqanimiz,  umumiylik,  tavsifiylik  yoki  tarixiylik 

xususiyatlarining darajasi va soʻzning lugʻaviy shakllanish sifatlariga koʻra farq 

qilib  boradi.  Bu  jarayonni  koʻrib  chiqish  uchun  XX  asrdagi  oʻzbek  va  gʻarb 

adabiyotini tahlil qilish yaqqol na’munalarni bera oladi.  

XX asr oʻzbek adabiyotida poetik vositalarning asosiy vazifasi millat, yurt 

ozodligi  uchun,  uning  ma’rifatli  boʻlishi  uchun  jonini  ham  tikishga  tayyor 

qahramon  obrazini  yaratish  va  uning  ta’sirchanlik  xususiyatini  oshirish 

edi.Choʻlpon va Fitrat she’rlarida bu holatni kuzatish mumkin. Bundan koʻrinib 

turibdiki,  badiiylikka  jangovarlik,  mardlik,  yengilmaslik  va  daxldorlik  kabi 

gʻoyalarni shunday singdirish kerak ediki, badiiy asarning har bir oʻquvchisi 

adabiyotdan jamiyatga bogʻlanish koʻprigi sifatida foydalana olishi lozim edi.  

Urushdan keyin va to 60-yillarning oʻrtalariga qadar adabiyotdagi poetik 

vazifa ancha oqsab qoldi. Chunki har bir davr badiiy asarga muayyan gʻoyaviy, 

badiiy,  estetik  va  ma’naviy  yuk  bera  olsagina  kuchli  poetik  vositalar  paydo 

boʻladi.  Badiiylikni  ifoda  qilishda  obraz  yaratish  juda  muhim  masala.  Obraz 

muallif va tashqi dunyo oʻrtasidagi oʻziga xos aloqa vositasidir. U bir vaqtning 

oʻzida soʻzdagi poetik ta’sirchanlikni yanada oshiradi.  

60-yillarning oʻrtalarida yangilangan poetik tafakkurning mevasi boʻlgan 

yangi poetik vositalar soʻzning poetik vazifasini yana bir karra kuchaytirdi. Bu 

paytda  adabiy  maydonga  kirib  kelgan  badiiy  obraz  oʻzligini  tan  olishdan 

choʻchimaydigan qahramon edi. 70- va 80 – yillarga kelib esa adabiyotda yana 

bir  badiiy  oʻsish  paydo  boʻldi.  Unda  adolatparvarlik  va  vatanparvarlik  60-

yillardan  ham  kuchliroq  berila  boshlandi.  90-yillarga  kelib,  adabiyot 

zimmasidagi ayrim ijtimoiy buyurtmalardan xolos boʻlib, azaliy tamoyillarga 



 

302 


yuz  burildi.Bu  jarayon  soʻzga  yuklangan  badiiylik  vazifasini  ham  birmuncha 

qoliplardan chiqarib, insonning ichki olamiga qaratdi. 

Gʻarb adabiyotida XX asrning yangi oqimlari, yangi gʻoya va mavzulari, 

yangicha tafakkur va yondashishlar dastlab adabiyot va san'atda, keyinchalik 

esa ilm-fan  va  ijtimoiy  hayotda  oʻz  aksini  topdi.  Natijada  adabiyot  va  san’at 

ahllari oʻz davri ruhini ifoda etuvchi vositaga aylandi. Kishilar aqli va ruhiyatida 

chuqur  va  keskin  oʻzgarishlar  roʻy  berdi.  Bu  oʻzgarishlar  avvalo  Gʻarb 

she’riyatida  [“Men  ham  ravnaq  topaman,  men  ham  Amerikaman”,  Langston 

Hujes, “Men ham” Poetry foundation] oʻz aksini topdi. 

Tomas  Mann  qalamiga  mansub  “Doktor  Faustus”,  Maksim  Gorkiyning 

“Klim  Samginning  hayoti”,  Romen  Rollanning  “Jan-Kristof”  singari  romanlar 

yaxlit  holdagi  ma’naviy  dunyoqarashlar  majmuini  mujassamlantirgan 

boʻlsalar-da,  ma’naviy  va  ruhiy  hayotdagi  voqea-hodisalarni  chetda 

qoldirmasdan, real tasvirlab berdilar. 

Albatta, XX asrda yashab oʻtgan barcha yozuvchilar ijodini batafsil tahlil 

qilishga nafaqat imkoniyat, balki bunga ehtiyoj ham sezilmaydi. XX asr adabiy 

jarayonini  yangilashda  koʻproq  hissa  qoʻshgan,  unga  yangicha  ruh 

bagʻishlaganlar  bular  modern  yozuvchilardir.  Vaholanki,  badiiy  adabiyotga 

haqiqiy  yangilik  olib  kiruvchilar uchun nima soʻzlashdan koʻra, qanday  qilib 

soʻzlash  ancha  muhimroqdir.  Aynan  mana  shu  holatda  poetik  vazifaning 

ahamiyati maydonga keladi. 

Ular  ijodida  voqelikni  tasvirlash,  haqiqiy  hayotni  aks  ettirishning 

modernistik  uslubi  bevosita  badiiy  matn  orqali  namoyon  etildi;  bunda 

umummadaniy  yoki  sub’ektiv  holatlar  miflar  vositasida  badiiy  mazmun 

negizini tashkil qildi. 

XX asrning ziddiyatli va shafqatsiz dunyosida shaxsning yolgʻizligi, oʻz 

insoniy qiyofasini yoʻqotishlik mavzusi 30-yillar Gʻarb adabiyotida peshqadam 

mavzuga aylandi. Ayniqsa, Gʻarb adiblarining birinchi jahon urushi va uning 

ishtirokchilari  taqdirini  tasvirlovchi  asarlarida  ushbu  mavzu  oʻta  ta’sirchan 

yangradi, kitobxon yodida qolarli yorqin obrazlarda tasvirlandi. 




 

303 


Hatto jahon adabiyotshunosligi maydonida ham tarixiy-poetik jarayon 

uchun tom ma’noda yangilik bergan, oʻzidan oʻlmas kashfiyotlar qoldira olgan 

olimlar soni unchalik koʻp emas. Aslida qadimdan bugunga qadar yashashda 

davom etayotgan yuzlab mutafakkirlar silsilasida oʻziga munosib oʻrin topmoq, 

“shunday ulugʻlarning kahkashonida” (A.Oripov ta’biri) chin olim, kashfiyotchi-

adabiyotshunos  maqomini  olishning  oʻzi  boʻlmaydi.  XX  asr  dunyo 

adabiyotshunosligida  shunday  yuksak  maqomga  munosib  olimlardan  biri 

Mixail  Baxtindir.  Zotan,  zamonaviy  dunyo  adabiyotshunosligi,  ayniqsa, 

adabiyot nazariyasida biror bir jiddiy tadqiqot yoʻqki, uning kashfiyotlaridan 

ulgi  olmagan  boʻlsin.  Bu  borada  XX  asr  oxiri,  XXI  asr  boshlari  rus 

adabiyotshunosligi, olimning qonuniy merosxoʻri oʻlaroq, oldingi safda turadi 

[Uzoq Joʻraqulov, “Jahon adabiyoti” jurnali, 2013–7]. 

XX  asr  adabiyotida  modernistlarning  shakl  bobidagi  izlanishlarini  aks 

ettiruvchi  koʻplab  oqimlarni  koʻrsatish  mumkin.  Har  bir  oqimda  soʻzga 

qoʻyilgan poetik vazifa yuqori boʻlgan holda bir-biridab farq qiladi.  

Ekzistensializm-  XX  asrdagi  ana  shu  nomdagi  falsafa  asosida  vujudga 

kelgan modernistik oqim. Ushbu falsafa markazida inson hayotining ma'nosi, 

shaxs  erki  va  mas'uliyati  muammolari  turadi.  Adabiy  oqim  sifatida 

ekzistensializm borliq va insonning gʻaroyib sirli-sehrlijihatlarixususida bahs 

yuritadi.  Ushbu  adabiyot  namunalarida  insonning  jamiyatga  begonaligi, 

yolgʻizligi, mahkumligi muammosi koʻtariladi. 

Ekspressionizm- Birinchi jahon urushi va inqilobiy toʻntarishlar davrida 

san'at  va  adabiyotda  vujudga  kelgan  oqim.  Ushbu  oqim  vakillari  hissiyotga, 

tuygʻuga  alohida  e'tibor  beradilar,  qahramonning  tasavvurlari,  taassurotlari 

ifodasi  yetakchilik  qiladi,  hissiyotga,  kechinmaga  urgʻu  beriladi. 

Ekspressionizm koʻproq she'riyat va dramada namoyon boʻlgan. 

Impressionizm  -  XIX  asr  oxiri  -  XX  asr  boshlarida  Fransiyada  vujudga 

kelib,  tasviriy  san'at,  adabiyot,  musiqada  oʻzini  namoyish  qilgan  oqim. 

Impressionistlar insonning biron hodisa ta'sirida tugʻilgan taassuroti, hissiyoti, 



 

304 


hayajoni,  ruhiy  holati  san'atning  diqqat  markazida  turishi  kerak  deb 

hisoblaganlar. 

Demak, har qanday davr adabiyotini olib qarasak, aniq boʻladiki, har bir 

davrning  oʻziga  xos  uslubi,  ifoda  yoʻsini,  ohangi,  gʻoyalari  oʻziga  xos  siyosiy-

tarixiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  ma’naviy  oʻzgarishlari  yotadi  va  soʻzning  poetik 

vazifasi ham shularga mos ravishda oʻzgarib boradi. Ijodkorning kuchli badiiy 

vositalar  va  obrazlarni  qoʻllay  olishi,  badiiy  asarning  zamon  va  makon 

sinovidan  oʻtishida  asosiy  omil  boʻlib  qolishi  mumkin.  Shu  bilan  birga  faqat 

yuksak  adabiyotgina  badiiy  asarga  ulkan  gʻoya  va  dunyoqarash  bilan  birga 

shakllangan poetik vazifani ham yuklay oladi. Bu talablarga javob bera olgan 

asar oʻz davridan keyingi davrlarda ham meros sifatida yashab qolishga qodir 

boʻladi.


  

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish