O ‘ zbek tili



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,85 Mb.
#222240
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163
Bog'liq
ozbek tili 10

Lug‘at
iroda – воля
tarbiyalamoq – воспитывать
tayyorlanmoq – готовиться
chalg‘itmoq – отвлекать
mustahkamlamoq – крепить,
укреплять
qiziqish – интерес, увлечение
o‘z o‘rnini topmoq – найти свое место
intilmoq – стремиться
Mustaqil ish. Ona tilingizga tarjima qiling va daftaringizga ko‘chiring.
Iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilari ko‘p bo‘lgan yurt boy yurt hisoblanadi.
O‘z kasb-hunarini sevgan, iste’dodli, ishchan kishi, baxt-saodatga erishadi.
Iqtidor alohida olganda osh tuzidan ham arzon. Muvaffaqiyatga erishgan inson 
bilan iqtidorli inson o‘rtasidagi yagona farq – mashaqqatli mehnatda. 
(Stiven King)
59


3-dars 
 Adabiy o‘qish
 5-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Ishning ko‘zi
Mahallamizda Mashrabxon ota ismli nuroniy oqsoqol yashardi. Yoshi yuzga 
borib  qolsa  ham  bozor-o‘charga  o‘zi  qatnar,  bir  xurmacha  qimiz  ola  kelishni 
unutmasdi. Kunlardan bir kun u bozordan qilgan xaridlarini ko‘tarib o‘z uyiga 
kirarkan, xang-mang bo‘ldi, hayronlikdan xurma-chasi qo‘lidan tushib chil-chil 
sindi…
– Nima qiliq bu, nima qilyapsizlar? – dedi u chinnidey hovlisining o‘rtasini 
kavlayotgan mardikorlarning yoniga borib.
Hovuz qilyapmiz, – dedi ularning biri. – O‘g‘lingiz buyurdi.
– «Bas qilinglar!» – deb buyurdi-da, Mashrabxon ota ularni mehmonxonasiga 
taklif qildi va bir choynak choydan keyin bo‘y pulini sanab berib mardikorlarni 
jo‘natib yubordi. Mardikorlardan xabar olgani kelgan o‘g‘li Fayzixon ham dar-
vozasi oldida xang-mang bo‘lib qoldi… Dada!... – degancha ichkariga yugurdi.
–  Nima bo‘ldi? Mardikorlar qani? 
– Haqqini berib jo‘natvordim.
– Nega? 
– Ishning ko‘zini bilmaganing uchun.
– Bironta ishim yoqmaydi sizga. «Ishning ko‘zini bilmaysan» deganingiz de-
gan. Ishning ko‘zi qanaqa bo‘ladi? ... Uni biron kimsa ko‘rganmi o‘zi? 
Otasi o‘g‘liga hech so‘z qotmadi, ammo ishning ko‘zini amalda ko‘rsatmoqchi 
bo‘ldi. Ertalab mardikor bozoridan g‘isht quyishga ikki yigitni boshlab keldi, 
yo‘l-yo‘lakay bir xurmacha qimiz olib kelishni unutmadi.
–  G‘ishtni  mana  shu  turpoqdan  quyasizlar.  –  dedi  u  g‘ishtchilarga  hovlida 
sochilib yotgan tuproqni ko‘rsatib. – Bular tamom bo‘lgach, tuproqni shu chu-
qurlikdan kavlab olasiz. Aytib qo‘yay, chuqurlikning bo‘yi uch metr, eni ikki 
metr …tekis va soz bo‘lsin. Quyilgan g‘ishtni ko‘chadagi yo‘lakchaga terasiz.
G‘isht quyuvchi mardikorlar ikki kunda uch metrlik chuqurlikdan uch mingta 
xom g‘isht quydilar… hovlida hovuz qurildi, tuprog‘idan quyilgan xom g‘ishtni 
qo‘shnilar naqd pulga sotib oldilar.
Ertasiga otasi odatdagiday xurmacha ko‘tarib qimiz bozoriga yo‘l olgandan 
60


O‘zbek tili 10-sinf
keyin o‘g‘li hovliga chiqdi. Top-toza hovli, tayyor hovuzga qarab o‘ylanib qol-
di. Qiziq, shuncha ish tekinga tushdi… yana yuz ellik so‘m sof foyda…
Qimiz ko‘tarib bozordan qaytgan otasi o‘g‘lini hovlidagi yangi qazilgan ho-
vuz oldida uchratib, xurmachasini yerga qo‘ydi-da, o‘g‘lining oldiga keldi.
– Hovuzcha qalay bo‘pti? 
– Aytganimdan ziyoda bo‘pti, dada. Qizig‘i shundaki, shuncha ishni tekinga 
tushirdingiz. Pulimiz yonimizda qoldi.
– Sezganlaring shu xolosmi? 
– Boshqa tomonlarini ham sezib turibman. Bir kesak bilan ikki quyonni ur-
dingiz. Hovuzdan chiqqan tuproq g‘ishtidan qo‘shimcha yuz ellik so‘m sof foy-
da oldingiz…
Otaxon xulosa chiqarganday, o‘g‘liga dedi:
– Xali ham nodon ekansan, eng asosiy mulkni ko‘rmayapsan. Men senga ish-
ning ko‘zini ko‘rsatdim. Sen ko‘r-ko‘rona ish qilayotgan eding. Bir ishni uch ish 
qilarding. Mardikoring hovlini turpoqqa bostirardi. Keyin mardikor solib ko‘chaga 
tashitarding. So‘ngra mashina kira qilib ko‘chadan oldirarding. Hammasi ovora-
garchilik, hammasi pulga tushardi. Yaxshiroq qara. Ishning ko‘zi esa mana bu!
Ibrohim Rahim

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish