2-dars
3-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.
O‘quvchi: Mumkinmi, savol bersam? Iqtidor nima?
O‘qituvchi: Har bir insonda iqtidor bor. Bu tinimsiz mehnatning mahsuli. Qizi-
qishlaringga ko‘ra to‘g‘ri yo‘lni tanlaysan, o‘qiysan. To‘xtamay, mashg‘ulotlarga
qatnashasan. Shu harakatlaring natijasida yutuqlarga erishasan.
O‘quvchi: Men kech qolmadimmi? Nimadan boshlay?
O‘qituvchi: Bilim va hunarni yoshlikdan o‘rganish kerak. Buning kechi yo‘q.
Ota-onangning maslahatlarini, ustozlarning sabog‘ini olgin. Ular kutgan darajadan
ortig‘ini bajargin. Shunda natija bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |