O‘quvchi: Rahmat, ustoz.
O‘qituvchi: Men senga ishonaman, bir kun kelib, albatta, katta olim bo‘lasan. Fa-
qat xalqimizning «Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin», – degan naqlini unutma.
O‘quvchi: Menga bildirgan ishonchingiz, bergan bilimingiz uchun rahmat.
4-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.
Intilganga tole yor
Har bir inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi kerak. Bu maqsad kishi iroda-
sini tarbiyalashga yordam beradi. Sizning o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingiz,
avvalo, maktabni muvaffaqiyatli tugatishdir. Buning uchun har bir darsga puxta
57
tayyorgarlik ko‘rishingiz, fikiringizni chalg‘itadigan narsalardan voz kecha oli-
shingiz kerak. Agar shunday qila olsangiz, irodangiz ham mustahkamlanadi, ja-
soratli bo‘lib yetishasiz, maqsadga ham yetasiz. Siz uchun yana bir narsa – o‘z
qiziqishlaringizni aniqlab olish juda muhim. Bu sizga kelajak yo‘lingizni to‘g‘ri
tanlab olishingizga yordam beradi. Kimki o‘z sevgan kasbini egallash uchun as-
toydil o‘qib-o‘rgansa, kelajak hayotda o‘z o‘rnini topishi oson bo‘ladi. Demak,
intilganga tole yor bo‘ladi.
Yuqoridagi so‘zlarimiz dalili sifatida siz bilan o‘z maqsadlari sari olg‘a in-
tilib yuqori cho‘qqilarni zabt etgan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi haqiqiy
a’zosi (akademigi) geolog olim, davlat va jamoat arbobi Habib Muhamedovich
Abdullayevning hayot yo‘li bilan tanishamiz. Habib Abdullayev – geologiya-
minerologiya fanlari doktori, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti la-
ureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
U 1912-yilning 31-avgustida tug‘ilgan. O‘rta Osiyo Industriya institutining
konchilik fakultetini tamomlagan. Moskva geologiya-razvedka instituti aspiran-
turasida o‘qigan. Shu institutning foydali qazilmalar kafedrasida assisent, O‘rta
Osiyo Industrial instituti tog‘ fakultetidagi foydali qazilmalar kafedrasida dot-
sent, shu institutning direktori lavozomlarida ishlagan.
O‘zbekiston Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston fanlar akade-
miyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.
Habib Abdullayev endogen ruda hosil bo‘lishi nazariyasi ustida ish olib bor-
di. Olim birinchi bo‘lib O‘rta Osiyoni alohida metologenik zona sifatida ajrat-
di. Uning tadqiqotlari O‘zbekiston geologiya fani rivojiga ulkan hissa bo‘lib
qo‘shildi.
Hozirda ham ulardan foydalanib
kelinmoqda. Habib Muhamedovich
o‘zining betinim izlanishlari, mashaq-
qatli mehnati, yuzga yaqin shogirdlar-
ning mehribon ustozi sifatida iqtidori va
mehnati bilan O‘zbekiston ilm-fanining
rivojiga katta hissa qo‘shgan olimdir.
Bir necha xorijiy geologiya jamiyat-
lari a’zosi H. Abdullayev 1962-yilda va-
fot etdi.
58
O‘zbek tili 10-sinf
Do'stlaringiz bilan baham: |