O ‘ zbek tili


-mavzu. Yaxshi fazilat – inson ko‘rki



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,85 Mb.
#222240
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   163
Bog'liq
ozbek tili 10

12-mavzu. Yaxshi fazilat – inson ko‘rki
(Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar)
1-dars 
 1-topshiriq. Rasmlar asosida foydalanish uchun berilgan so‘z birikmalari 
yorgamida gaplar tuzing.
Foydalanish uchun berilgan so‘z birikmalari: tashqi go‘zallik, ma’naviy boylik, 
axloq-odob, insoniy fazilatlar, qo‘pollik.
 2-topshiriq. Matnni o‘qing va berilgan savollar asosida o‘zaro suhbat-
lashing.
Xushchehralik va xushmuomalalik
Xushchehralik – biror kishi sizga iltimos bilan murojaat qilganda kayfiyatingiz 
yomonligini,  vaqtingiz  ziqligini  sezdirmay,  darhol  chehrangizni  ochib,  uni  ilti-
fot bilan tinglash, kerakli javobni samimiy izhor eta bilishdir. Yoshligidan odob 
o‘rganmagan, xushmuomalalik, shirinso‘zlikka odatlanmagan kishilar ham, agar 
ko‘nglida odamiylik xislati bo‘lsa, bu kamchilikni tuzatishi mumkin. Chunki sen 
ham bir og‘izdan, siz ham bir og‘izdan chiqadi. Qo‘rs, jahldor insonlar johillik 
bilan o‘zlariga ham, o‘zgalarga ham faqat zarar keltiradilar. So‘zning inson hayo-
tidagi o‘rni, ahamiyati beqiyosligini buyuk bobomiz Alisher Navoiyning quyidagi 
fikrlaridan bilish mumkin: «Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, bilki guhari sha-
rifroq yo‘q ondin». Shunday ekan, muomalada madaniyati, hamisha ochiq chehra-
li va xushmuomala bo‘lishga intiling.
99


 Bilib oling!
Qo‘shma gaplar o‘zaro bog‘lovchisiz bog‘lanishi ham mumkin. Bunday gaplar 
o‘zaro faqat mazmun va ohang yordamida bog‘lanadi va vergul, tire, ikki nuq-
ta kabi tinish belgilari bilan yoziladi. Ular ikki va undan ortiq gapdan tashkil 
topishi mumkin. 
Masalan: Suv keldi – nur keldi. Yaxshiga yondosh, yomondan qoch. Orzuim 
shu: o‘chmasin yongan chirog‘ing. 
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar maqollar va she’rlarda ko‘p ishlatiladi.
 1-mashq. Berilgan qo‘shma gaplarni qismlarga ajrating va tinish belgilari-
ning qo‘yilishiga e’tibor qiling.
1. Jahl dushman, aql do‘st. 2. Aytganing – kumush, aytmaganing – oltin. 
3. Hamma ishlaringizda to‘g‘ri bo‘ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli 
bo‘lsin. 4. Bilmaganini so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim. 
5. Bulbul sayrar, chumchuq chaqirar, xabar berar asli zotidan. 6. Ehtimol, sizda 
ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmiga og‘ganda uyg‘onib ketasan kishi.
 2-mashq. Ikkinchi ustundan maqollarning juftini toping va zarur tinish bel-
gisini qo‘yib ko‘chiring.
1. Yomon qopib gapirar 
tuyaning dumi yerga tekkanda
2. Aqlli o‘zini ayblar
oq ko‘ngil

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish