Servis (xizmat ko‘rsatish) - korxona marketing faoliyatining mashinalar,
asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va ekspluatatsiya qilishni
ta’minlovchi bo‘limi, quyi tizimi.
Sifat - tovarning muayyan iste’molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini
belgilab beruvchi, qo‘yilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari majmui. Oldi-sotdi
shartnomalarida tomonlar sifat ko‘rsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar sifatining
belgilangan talablarga mos kelishini tasdiklovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi
kelishib olinadi, zarur hollarda tovarni sifati bo‘yicha qabul qilish va topshirish
shartlari, shuningdek tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo‘yicha kafolatlar
belgilab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |