Reklama auditoriyasi - muayyan axborot manbalari orqali e’lon qilingan
reklama xabarlarini eshitishi, ko‘rishi va o‘qishi mumkin bo‘lgan barcha shaxslar.
Reklama samaradorligi - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi yoki
vositachilari manfaatlari yo‘lida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish darajasi. Reklama
murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko‘rsatuvchi
ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat
natijalari bo‘yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning
aniqligi yuqori emas, chunki savdo natijalariga reklamadan tashqari boshqa ko‘plab
omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |