Firmaning marketing muhiti - firmadan tashqarida faoliyat ko‘rsatuvchi
hamda marketing xizmati rahbariyatining maqsadli mijozlar (hamkorlar) bilan
muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o‘rnatish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatish
mumkin bo‘lgan kuchlar va faol sub’ektlar majmui. Marketing tizimi makro va
mikromuhitdan tarkib topadi.
Xizmat - 1) bozorga kirib keluvchi, narsa ko‘rinishiga ega bo‘lmaydigan
iste’mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyat
yoki ne’matlar turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |