Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

7.5. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilish uslublari 
 
Umuman bashoratni aniqlash ma’lum ob’ektning bo‘lajak holatini, ilmiy asosda 
obrazini yaratish demakdir.  
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart: 
1.Kelajakda bozor kon’yunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda 
ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish. 
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning natijalari 
bir xil yoki yaqin bo‘lishi. 
3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo‘lishi. 
4.Xulosalarni  aniq  va  ravon  tilda,  ayniqsa  qaror  qabul  qiluvchilarga  tushunarli 
ishlanganligi. 
5.Bozor  kon’yunkturasi  istiqboli  o‘z  vaqtida  aniqlanishi  va  korxona, 
assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‘llaniladi. 
Bozor kon’yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo‘likmaslik, muvozanatiga erishish 
sharti hisoblanadi. 
Bozor  kon’yunkturasini  prognoz  qilish  uslublarini  4  ta  katta  sinfga  bo‘lishimiz 
mumkin. 
1.  Faktografik  uslublar.  Bu  prognoz  qilishning  shunday  uslubiki,  unda  o‘tgan 
davrda  bo‘lib  o‘tgan  haqiqiy  omillardan  axborotli  asos  sifatida  foydalaniladi.  Bu 
ma’lumotlar  miqdor  va  sifat  xarakteriga  egadir.  Bozor  kon’yunkturasini  prognoz 
qilishning  faktografik  uslublari  o‘z  navbatida  3  turga  bo‘linadi.  Birinchi  turi 
ekstropolyasiya  va  interpolyasiya  uslublari  yig‘indisidan  iborat  bo‘lib,  bu  turdagi 


 
131 
modellar  uchun  chiziqli  funksiyalarni  tuzishda  boshlang‘ich  axborotdan  foydalanish 
xarakterlidir.  Ikkinchi  turi  statistik  uslublar  bo‘lib,  ular  ikki  va  undan  ortiq 
o‘zgaruvchan  prognoz  qilish  ob’ektlarining  o‘zaro  aloqalarini  tadqiq  qilishda 
qo‘llaniladi.  Uchinchi  turi  mazkur  ob’ektlarning  kelgusidagi  rivojlanishini  shunga 
o‘xshash ob’ektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo‘yicha tadqiq qilishga asoslanadi. 
2.  Ekspert  uslublar  u  yoki  bu  sohadagi  mutaxassis-ekspertlarning  fikr  va 
mulohazalarini  qayta  ishlashga  asoslanadi.  Prognoz  qilishning  ekspert  baholash 
uslubi intuitiv va analitik uslubni o‘z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb 
qilishga,  amalda prognoz qilish  ob’ektini  rivojlantirish jarayonlarini aniqlash  hamda 
shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o‘zgarishni baholashga asoslangan 
uslublar  kiradi.  Analitik  uslublarga  prognoz  qilish  ob’ektini  tadqiq  qilish  jarayoni 
modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi. 
Bozor  kon’yunkturasini  prognoz  qilishda  ekspert  baholash  uslublari,  ayniqsa, 
intuitiv uslublar keng qo‘llaniladi. 
3.  Ekstropolyasiya  uslubi.  Ekstropolyasiya  uslublari  bozor  kon’yunkturasining 
turli ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini prognoz qilishda qo‘llaniladi. Ekstropolyasiya 
formalar  yoki  jarayonlarning  kelgusidagi  holati  qonunlari,  nazariyalari  hamda 
tajribasini keng yoyishni takozo qiladi, ya’ni bu holda ekstropolyasiya prognoz qilish 
amalga oshirilayotgan ob’ektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi. 
Ekstropolyasiyaning  bozor  tadqiqotlarida  qo‘llaniladigan  asosiy  modellaridan 
biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o‘zgarishning 
asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. 
4.  Ekonometrik  modellar.  Ekonometrik  modellar  iqtisodiy  jarayonlar 
paramerlarining  stoxastiklarini  nazarda  tutgan  holda  bozor  kon’yunkturasining  turli 
ko‘rsatkichlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalar  va  proporsiyalarni  miqdoriy  bayon 
qiladigan  regression  va  balans  tenglamalari  tuzish  orqali  ifodalanadi.  Ekonometrik 
modellash  bozor  kon’yunkturasini  prognoz  qilishda  keng  qo‘llaniladi.  Ular  ishlab 
chiqarish  va  unga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar,  bozordagi  narxlar  darajasi,  raqobat  va 
unga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar,  iste’molchilarning  ehtiyojlarini  tahlil  qilish, 
marketing  tadbirlarini  amalga  oshirish  va  unga  ta’sir  qiluvchi  omillar  o‘rtasidagi  va 


 
132 
boshqa  jarayonlar  o‘zgarishni  matematik  modellar  yordamida  tahlil  qilishga  hamda 
prognoz qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy holi korrelyasion 
va regression modellashdir. 
Bozor kon’yunkturasini tahlil va prognoz qilish natijalari firmaning biznes - reja 
tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda 
keng qo‘llaniladi. 
 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish