Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

7.2.Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha 
 
Kon’yunkturani  o‘rganish  marketing  xizmatini  ajralmas  qismini  tashkil  etadi. 
Bizning  mamlakatimizda  kon’yunkturani  o‘rganish  20  yillarda  tashkil  etildi. 
«Kon’yunktura» lotincha so‘z bo‘lib, holat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda 
ularning  o‘zaro  aloqasidan  olingan  shartlarning  yig‘indisi,  o‘tar  sharoit, 
predmetlarining joylashishidir. 
Bozor kon’yunkturasi – bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab bilan 
taklif o‘rtasidagi nisbatdir. 
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy, 
siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi. Hozirgi kunda 
deyarli  hamma  yirik  firmalar  xususiy  kon’yunktura  xizmatlariga  egadirlar,  ular 
o‘zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda kon’yunkturani rivojlanishini 
kuzatishadi.  Iqtisodiy  kon’yunktura  bu  omillar  va  qayta  ishlash  sharoitlarining 
rivojlanishi va o‘zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir 
ko‘rinishdir. Bu ko‘rsatilgan aniqlik o‘z ichida kon’yunktura tushunchasining barcha 
amaliy sifatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.  


 
125 
Birinchidan,  unda  iqtisodiy  kon’yunktura  predmeti  ko‘rsatilgan,  ya’ni  bozor, 
ayirboshlash  sohasidagi  kon’yunkturani  avval  olib  borilayotgan  ishlar  bilan 
bog‘laydi.  
Ikkinchidan,  kon’yunkturani  faqat  ayirboshlash  sohasidagini  emas,  balki  butun 
ishlab  chiqarish  jarayonini,  ya’ni  (ishlab  chiqarish,  taqsimlash,  muomala,  iste’mol, 
bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o‘z ichiga qamrab oladi.  
Uchinchidan, kon’yunktura dinamik o‘sish davrlarida ko‘riladi.  
To‘rtinchidan,  kon’yunktura  ishlab  chiqarish  jarayoni  aniq  tarixiy  sharoitlari 
bilan  bog‘liq,  har  bir  ishlash  jarayonining  yangi  bosqichi  uchun  omillarning  va 
kon’yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o‘ziga xosdir.  
Beshinchidan,  uning  ko‘rinishining  asosiy  shakli  talab,  taklif,  va  narx 
dinamikasining  nisbatidir.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  ayni  shu  omillar  bozorning 
holatini  va  dinamikasini  aniqlashda  markaziy  bo‘g‘in  bo‘lib  hisoblanadi. 
Kon’yunktura  tadqiqotining  ikkita  ob’ektiga  ko‘ra  -  ya’ni  iqtisodiy  kon’yunktura 
tushunchasidagi xo‘jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi.  
1) umumxo‘jalik kon’yunkturasi  
2) tovar bozori kon’yunkturasi.  
Umumxo‘jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar 
bozorlarining va ko‘plab o‘zaro munosabatlar kon’yunkturasini yig‘indisi deb qarash 
mumkin.  Tovar  kon’yunkturasi  umumxo‘jalik  kon’yunkturasini  tashkil  etadi, 
umumxo‘jalik kon’yunkturasi esa tovar bozorlari kon’yunkturasini keltirib chiqarida. 
SHuning  uchun  ham  umumxo‘jalik  kon’yunkturani  uni  tashkil  etuvchi  tovar 
kon’yunkturalarini  xususiyatlarining  arifmetik  summasi  deb  hisoblab  bo‘lmaydi. 
Tovar  bozorlari  kon’yunkturasini  umumxo‘jalik  kon’yunkturasini  elementi  sifatida 
birlashuvi,  bir  butun  kabi  tovar  kon’yunkturasini  tashkil  etuvchilarga  mavjud 
bo‘lmagan yangi sifatni beradi. SHunday qilib, uning butun qismi va bo‘g‘inlarining 
belgilari  o‘zaro  ta’sirchanligi  va  o‘zaro  aloqadorligi  shakllarining  fe’l  -  atvorini, 
umumxo‘jalik va tovar kon’yunkturasini rivojlanishni aniqlaydi. 
Bozorni  va  avvalo  butun  bozorni  kon’yunkturasini  kompleks  izlanishlar 
ishbilarmonlar  doirasining  fikriga  ko‘ra,  ishbilarmonlarga  ularning  xo‘jalik 


 
126 
qarorlarini  qabul  qilishda  xatoga  yo‘l  kuymasligi  uchun  tavakkalchilikni 
pasaytirishda  qurol  hisoblanadi.  Iqtisodiy  kon’yunkturani  izlash,  faqatgina 
ayirboshlash  sohasini  rivojlanishi  va  uning  qayta  ishlab  chiqarish  jarayonining 
boshqa  bosqichlari  bilan  o‘zaro  aloqadorligining  umumiy  qonunchiligini  o‘rganish 
bilan  chegaralanib  qolmaydi.  U,  u  yoki  bu  tovar  bozorda  vujudga  keladigan 
asoslangan tahlil va prognoz qilishni amalga oshirishga qaratilgan. 
Tovar  bozori  o‘zida,  birinchidan,  ma’lum  bir  tovarni  ishlab  chiqaruvchilar  va 
iste’molchilar  o‘rtasida,  ikkinchidan,  ishlab  chiqaruvchilar  guruhi  va  iste’molchilar 
guruhi  o‘rtasida  iqtisodiyotchilar  aloqalarining  tizimini  o‘zida  aks  ettiradi. 
Aloqalarning asosiy ko‘rinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar 
bozorlari  tarmoqlararo  raqobatning  mexanizmi  orqali  o‘zaro  ta’sirga  egadir  va  u 
milliy  bozorni  butunlay  shakllantiradi.  Bozor  munosabatlarning  tarixiy  rivojlanishi 
davomida  milliy  chegara  doirasidan  chetga  chiqmaydi  va  xalqaro  tovar  bozorlari 
shakllanadi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish