Oʻquv rejasi
U 1994-
yilning yozida oʻlimga mahkum etilganidan xabar topdi. Oʻtmishga nazar tashlar
ekan, Morri qandaydir ko
ʻngilsizlik yaqinlashayotganini ancha oldin sezganini yodga oladi.
Buni raqs tushishni toʻxtatgan kuniyoq anglab yetgandi.
Keksa professorim doim raqs tushishga ishtiyoqmand boʻlgan. Unga qanday musiqa
qoʻyilishining farqi yoʻq edi. Rok-n-rol, big bend, blyuz. Hammasi yoqardi. U koʻzlarini yumar
va masʼud tabassum ila xayolidagi maqomga monand yoʻrgʻalay boshlardi. Harakatlari har
doim ham chiroyli koʻrinmasdi. Morri sherikka muhtojlik sezmasdi. U yolgʻiz raqs tushardi.
Har chorshanba oqshom u Garvard maydo
nidagi cherkovda uyushtiriladigan “Bepul raqsga
tush” nomli qandaydir kechaga borardi. Oq futbolka va qora ishton kiyib, boʻyniga sochiqcha
tashlab olgan Morri miltiroq chiroqlar va ovoz kuchaytirgichlar bilan jihozlangan, asosan
talabalar bilan gavjum xon
ada aylanib yurar va qanday musiqa qoʻyilsa, shunisiga oʻynab
ketaverardi. U Jimi Hendriks ashulasi qoʻyilsa, lindi raqsi harakatlarini bajarardi.
Amfetamindan kayfi oshib qolgan dirijordek qoʻllarini silkitar, jiqqa terga botmagunicha
eshilib-bukilardi. U yerda hech kim uning yillab tajribaga ega universitet professori va bir
nechta eʼtiborga molik kitoblar yozgan atoqli jamiyatshunoslik fanlari doktori ekanini bilmasdi.
Shunchaki, esi ogʻib qolgan chol deb oʻylashardi.
Bir kuni u oʻzi koʻtarib kelgan tango musiqasi yozilgan kassetani qoʻydirdi. Keyin esa davrani
egallab, ehtirosli ispan oshigʻidek xona boʻylab xirom aylay boshladi. U raqsini
yakunlaganda, hamma qarsak chalib yubordi. U shu lahzalarda bir umr qolishni istardi!
Biroq tez orada ra
qs tushishdan voz kechishiga toʻgʻri keldi.
Morri oltmishdan oshganda koʻksov kasalligini orttirib oldi. Nafas olishi qiyinlashdi. Bir kuni
Charlz daryosi boʻyida sayr qilib yurganida, toʻsatdan turgan sovuq shamoldan nafasi qaytib,
3
boʻgʻilib qoldi. Uni zudlik bilan shifoxonaga olib ketib, adrenalin ukoli yordamida qutqarib
qolishdi.
Bir necha yildan soʻng yurishi ham qiyinlashdi. Bir doʻstining tugʻilgan kun bazmida besabab
qoqilib, yiqilib tushdi. Boshqa bir kechada teatr zinapoyasidan yiqilib, yonida turganlarni
choʻchitib yubordi.
– Unga havo yetishmayapti! Havo kerak! – deya baqirib yubordi kimdir.
Bu paytga kelib u yetmish yoshni urib qoʻygandi, shu sababli odamlar “Qarilik-da...” deb
shivirlagancha, uning oyoqqa turishiga koʻmaklashishdi. Ammo ichki aʼzolarining holatini
bizdan koʻra yaxshiroq his qilgan Morri muammo qarilikda emasligini bilardi. Qarilikdan
tashqari yana nimadir bor edi. U oʻzini muntazam horgʻin sezar, uxlashga qiynalardi.
Tushlarida oʻlayotganini koʻrib chiqardi.
Morri shifokorlarga
qatnay boshladi. Koʻp shifokorlarga uchradi. Ular Morrining qonini
tekshirishdi. Peshobidan namunalar olishdi. Orqa teshigidan moʻralab, ichaklarini koʻzdan
kechirishdi. Oxir-oqibat hech narsa topilmagach, bir shifokor Morrining boldiridan kichkina
boʻlakcha kesib olib, mushaklar biopsiyasiga yubordi. Tahlil natijalari nevrologik muammo
borligini koʻrsatdi. Morrini yana yangitdan tekshiruvlar oʻtkazishga olib ketishdi. Shunday
koʻriklarning birida Morrini elektr kursiga oʻxshash maxsus moslamaga oʻtqizib, elektr toki
yuborish orqali uning nevrologik reaksiyalarini oʻrganishdi.
– Chuqurroq tekshirishimiz kerak, – dedi shifokor, natijalarga koʻz yugurtirarkan.
– Nega? - soʻradi Morri. – Nima dard ekan oʻzi?
– Hali aniq bilmaymiz. Reaksiyalaringiz sust.
Reaksiy
asi sust? Bu nima degani boʻldi?
Va nihoyat, 1994-yil, issiq va nam avgust kunlarining birida Morri xotini Sharlotta bilan
nevrolog huzuriga tashrif buyurdi. Shifokor yangilikni aytishdan avval ulardan oʻtirib olishlarini
soʻradi: Morrida yon amiotrofik skleroz (ALS), asab tizimining beshafqat xastaligi – Lu Gerig
kassaligi aniqlanibdi.
Hali bu kasallikning davosi topilmagandi.
– Bu dardni qanday orttirdim? – soʻradi Morri. Hech kim buni bilmasdi.
– Kasallik oʻlimga olib boradimi?
– Ha.
– Demak, oʻlaman?
– Ha, – dedi shifokor. – Juda ham afsusdaman.
U deyarli ikki soat davomida sabr bilan Morri va Sharlottaning savollariga javob berdi.
Xayrlashish chogʻida shifokor ularga ALS haqida maʼlumotlar yozilgan mitti broshyuralarni
4
berdi. Ular bankda hisob raqami ochishda taqdim etiladigan broshyurachalarni eslatardi.
Tashqarida quyosh charaqlar, odamlar oʻz tashvishlari bilan yugurib yurardi. Ana, bir ayol
avtoturargoh hisoblagichiga tanga tashlashga oshiqmoqda. Boshqasi esa bozor-
oʻcharini
yelkalab olgan
. Sharlottaning xayolida minglab oʻylar gʻujgʻon oʻynardi: “Qancha vaqtimiz
qoldi ekan? Endi nima qilamiz? Qanday kun koʻramiz?”
Keksa professorim esa bu paytda atrofda hayot bir maromda davom etayotganidan hayratda
edi. “Hayot toʻxtab qolishi kerakmasmidi? Nahotki odamlar menga nima boʻlganidan bexabar
boʻlishsa?”
Biroq hayot toʻxtab qolmadi, u Morrining ahvoliga eʼtibor ham bergani yoʻq. Morri madorsiz
qoʻllari bilan mashina eshigini ochar ekan, oʻzini tubsizlik qaʼriga qulayotgandek his qildi.
– Endi nima boʻladi? - oʻyladi u.
Keksa professorim savollariga javob izlar ekan, kasallik uni tobora yengib borardi: kundan-
kun, haftama-
hafta… Bir kuni ertalab mashinasini garajdan olib chiqayotib, tormoz pedalini
bosishni zoʻrgʻa uddaladi. Shu bilan mashina haydashdan ham voz kechildi.
Hadeb qoqilavergach, hassa sotib oldi. Shu tarzda mustaqil yurishga ham yakun yasaldi.
U muntazam Yosh nasroniylar jamiyatiga suzishga qatnardi, lekin endi mustaqil yechinishni
ham eplolmay qoldi. Ilk marta shaxsiy yordamchi yollas
higa toʻgʻri keldi – Toni ismli ilohiyot
fanlari talabasi uning suv havzasiga tushib-chiqishi va suzish kiyimini kiyib-yechishiga
yordam beradigan boʻldi. Yechinish xonasidagi suzuvchilar oʻzlarini ularga qaramayotgandek
tutar, biroq bari bir tomosha qilis
hdan tiyila olmasdi. Shu bilan hayotini begona koʻzlardan
yashirish imkoni ham boy berildi.
1994-
yilning kuzida Morri Brandeys kampusiga universitetdagi soʻnggi kursini oʻtib berishga
keldi. Kelmasa ham boʻlardi. Universitetdagilar tushunishardi. Shuncha odamning koʻz
oʻngida azob chekib nima qilasan? Uyda oʻtir. Bitmagan ishlaringni yakuniga yetkaz. Ammo
Morri ishdan ketishni xayoliga ham keltirmasdi.
Morri oʻttiz yildan ortiq unga ikkinchi uy vazifasini oʻtagan auditoriyaga oqsoqlanib kirib keldi.
Hassa yordamida yurgani sababli kursisiga yetib olishga bir muncha vaqt ketdi. Va nihoyat
kursiga joylashib oldi; koʻzoynagini tushirib, unga jimgina tikilib oʻtirgan yosh chehralarga
qaradi.
– Doʻstlarim, barchangiz bu yerga ijtimoiy psixologiya fanini oʻrganish uchun yigʻilgansiz
degan fikrdaman. Men yigirma yildan beri shu fandan dars berib kelaman va bugun birinchi
marta bu kursga yozilish tavakkalchilik ekanini aytib qoʻyishni lozim topdim, chunki tuzalmas
dardga chalinganman. Umrim semestrni yakunlashga yetmay qolishi mumkin. Buni
muammo deb hisoblaganlarning darslarimga qatnashishdan voz kechish istagi boʻlsa,
tushunaman.
5
U jilmaydi.
Shu bilan uning dardga chalingani ham ortiq sir boʻlmay qoldi.
ALS yonayotgan sha
mga oʻxshaydi: asab tolalaringizni eritib, tanangizni bir uyum mum
holiga keltiradi. Koʻpincha, u ishni oyoqlardan boshlaydi va sekin-asta yuqorilab boradi.
Avvaliga son mushaklaringiz oʻzingizga boʻysunmay qoʻyadi va tik turish qobiliyatidan
mahrum boʻlasiz. Keyin esa butun tana mushaklaringiz nazoratini yoʻqotasiz va oʻtirish
baxtidan ham mosuvo boʻlasiz. Alaloqibat, agar shunda ham tirik boʻlsangiz, tomogʻingizni
teshib oʻrnatilgan naycha orqali nafas olasiz, hali mutlaqo uygʻoq ruhingiz esa, oʻz tanasi
ichida qotib qolgan ilmiy-fantastik film qahramonlari kabi, kiprik qoqish yoki tilni qimirlatishga
zoʻrgʻa yaraydigan majruh qobiq ichida tutqunlikda qoladi. Mazkur dardga yoʻliqqaningizdan
besh yil oʻtar-oʻtmas, shu holatga tushasiz.
Shifokorlar Morrining yana ikki yilcha umri qolganini taxmin qilishdi. Morri esa ikki yildan
kamroq vaqti qolganini bilardi.
Keksa professorim qatʼiy qarorga kelgan, bu qaror, u oʻlimi muqarrarligidan xabar topib,
shifokor qabulidan chiqayotganidayoq yetila boshlagandi. “Jimgina soʻlib, yoʻq boʻlib
ketaveramanmi yoki qolgan vaqtimdan unumli foydalanib qolamanmi?” – deya oʻziga savol
berdi.
U soʻlmaydi. U oʻlayotganidan uyalmaydi.
Aksincha, oʻlim uning soʻnggi loyihasi – qolgan sanoqli kunlarining markaziy nuqtasi boʻladi.
Oʻlim hammaning ham boshida bor ekan, uning tajribasi boshqalar uchun oʻta ahamiyatli
boʻlishi mumkin, shunday emasmi? Uning oʻzi tadqiqot obyekti boʻladi. Jonli oʻquv
qoʻllanmasi. Sekin-asta soʻnib borishimni tadqiq qiling. Menga nimalar boʻlayotganini
Do'stlaringiz bilan baham: |