Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Qadimgi Hindiston. Qadimgi hind tashqi siyosat nazariyasi bo’yicha asosiy 
manba  miloddan  avvalgi  IV  asrda  yozilgan  Kautilyaning  “Artxashastra”  asari 
hisoblanadi.  “Artxashastra”  –  sanskritcha  so’z  bo’lib,  “moddiy  boylik,  siyosiy 
kuch  va  siyosiy  iqtisod  haqida  kitob”  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Ushbu  asarda 
davlat  tuzilishi,  ma’muriy-xo’jalik  boshqaruvi,  sud  ishlari,  harbiy  va  diplomatik 


13 
san’at  bo’yicha  qimmatli  ma’lumotlar  mavjud  bo’lib,  unda  “mandala”  (“doira”, 
“davlat doirasi”) konsepsiyasi ilgari surilgan. 
Mandala  –  bu  tashqi  siyosatga  oid  muayyan  harakatlar  va  chora-tadbirlar 
majmuasi  bo’lib,  uning  asosiy  g’oyasi  “buyuk  davlat  barpo  etish”dan  iborat  edi. 
Buyuk  davlat  (“jahon”  saltanati)ning  barpo  etilishi  siyosatning  oxirgi  maqsadi 
hisoblangan. 
Dushman  va  uning  ittifoqchilari  orasida  adovatni  keltirib  chiqarish,  raqib 
ittifoqchilari  bilan  separat  (boshqalar  bilan  kelishilmagan,  bir  tomonlama) 
shartnomalar  imzolash  yoki  ularga  to’g’ridan-to’g’ri  harbiy  yordam  ko’rsatish, 
ya’ni  dushman  mandalasini  parchalab  tashlash  g’olib  chiqishning  eng  muhim 
vositasi sifatida tan olingan. 
“Artxashastra”ga  binoan,  ittifoqchining  asosiy  xususiyati  foyda  keltirish  va 
itoatkorlik  hisoblangan.  Siyosat  sa’natini  egallagan  podsho,  birinchi  galda 
shartnomalarning  murakkab  tizimiga  tayanib,  yakka  hokimlikka  intilishi  lozim 
bo’lgan.  Siyosiy  maqsadlarni  ro’yobga  chiqarish  maqsadida  turli  xil  tinchlik 
bitimlari imzolash – siyosatning eng muhim vositasi deb ta’lim berilgan. 
“Artxashastra”  muallifi  garovga  olish  amaliyotiga  eng  qulay  usul  sifatida 
baho  bergan.  “Tinchlik”  davlatlarning  uzoq  va  doimo  birga  mavjud  bo’lishini 
anglatmagan.  Vaqtinchalik  tinchlikka  erishish  -  kuchliroq  dushman  ustidan  g’olib 
chiqishning  eng  yaxshi  vositasi  sifatida  tavsiya  etilgan.  Asarda  "siyosatning  to’rt 
usuli" ham tilga olingan: 
1. O’gitlar, pand-nasihatlardan foydalanish. 
2. Sovg’a-salomlar tarqatish. 
3. O’zaro nizo urug’ini sepish. 
4. Kuch ishlatish.. 
Diplomatik 
xarakterdagi 
turli 
xil 
shartnomalarning 
ta’rifiga 
“Artxashastra”da  katta  e’tibor  qaratilgan.  Ular  orasida  teng  huquqli  va  tengsiz, 
foydali  va  foydasiz,  shartlari  mavjud  va  shartlari  yo’q  shartnomalar  alohida 
belgilab ko’rsatilgan. 


14 
Urush  barcha  usullardan  foydalanib  bo’lgandan  keyingina,  oxirgi  vosita 
hisoblangan. Podshoga g’alabalarga imkon qadar jangsiz erishish tavsiya qilingan, 
chunki tinch yo’l bilan bo’ysundirish kamroq kuch va xarajat talab qiladi. 
Miloddan  avvalgi  I  mingyillikning  birinchi  choragiga  oid  manbalarda 
“Duta” (“elchi”) tilga olinadi. 
“Artxashastra”  elchining  vazifalariga  bag’ishlangan  bob  mavjud  bo’lib, 
uchta  turga  ajratilgan:  “muxtor”,  “cheklangan  vakolatlarga  ega”  va  “choparlar” 
(maktublar yetkazuvchi). 
Elchining  mahalliy  aholi  bilan  aloqa  qilishi  podsho  farmoniga  ko’ra,  man 
etilgan yoki cheklangan. Siyosiy asarlarda elchiga ko’proq sukut qilish va eshitish 
qat’iy  tavsiya  etilgan.  Maxsus  diplomatik  muassasa  shakllanmagan  bo’lsa  ham, 
elchilik  vazifalarini  podsho  nomidan  oliy  mansabdor  shaxslar  olib  borgan. 
Elchilardan nomalarni yetkazib berish niqobi ostida raqibni yoki uning eng qudratli 
amaldorini yo’q qilish maqsadida ham foydalanilgan. 
Shuningdek,  elchilar  dushmanning  joylashuvi,  kuchlari,  zaxiralari  haqida 
ham  ma’lumotlar  to’plagan.  “Artxashastra”  da  turli  xil  nomalar  (maktublar  va 
xatlar)ning, shu jumladan, diplomatik tusdagi yozishmalarning qoidalari berilgan. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish