Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Qadimgi  Ossuriya.  Miloddan  avvalgi  I  ming  yillikda  Yaqin  Sharq  xaritasi 
va  undagi  kuchlarning  o’zaro  nisbati  tubdan  o’zgargan.  Xalqaro  maydonda 
yetakchilik  uchun  yangi  da’vogar  davlatlar  shakllangan.  Ular  ichida  Ossuriyani 
alohida ajratib ko’rsatish mumkin. 
Miloddan avvalgi VIII asrning birinchi yarmi Ossuriya uchun chuqur inqiroz 
va tushkunlik davri bo’ldi. Inqiroz holati uning xalqaro mavqeiga ham salbiy ta’sir 
ko’rsatgan. Ossuriya davlatining  tashqi siyosiy qudrati  Tiglatpalasar  III (mil. avv. 
745–727-yy.)  davrida  tiklangan.  U  asosiy  e’tiborni  G’arb  mamlakatlariga  qaratdi. 
Janubda  ham  unga  omad  kulib  boqdi.  Xaldey  qabilalari  ustidan  g’alaba  qozondi. 
Tiglatpalasarning o’zi Pulu nomi bilan Bobilda toj kiygan.  
Sinaxxerib  (mil.  avv.  705–681-yy)  o’z  hujumlarini  asosan  ikki  yo’nalishda 
(G’arbiy  va janubiy) olib bordi.  G’arbda Ossuriyaga  qarshi  ittifoq  tuzilgan bo’lib, 


11 
Sinaxxerib  uni  jangda  mag’lubiyatga  uchratgan.  Ittifoq  ishtirokchilari  birma-bir 
jazolangan  va  ularning  hududi  Ossuriyaga  qaram  bo’lib  qolgan.  Hukmronligining 
butun  davri  davomida  Sinaxxeribning  o’y-fikrlari  Bobilga  qaratilgan.  Ossuriyaga 
qarshi  Bobil  -  Elam-  Dengizbo’yi  (O’rta  Yer  dengizi)  arablar  ittifoqi  mavjud  edi. 
Miloddan  avvalgi  689-  yilda  Sinaxxerib  Bobilni  shafqatsizlarcha  yakson  qilib 
tashlagan. Sinaxxeribning o’g’li podsho  Asarxaddon (mil. avv. 681–669-yy.)  ham 
"Bobil  masalasi"ni  hal  etishni  tashqi  siyosatning  birinchi  galdagi  vazifasi  deb 
hisoblagan. Sharqiy yo’nalishda ham Ossuriya uchun xavfli vaziyat yuzaga kelgan. 
Miloddan 
avvalgi 
674–673-yillarda 
Ossuriyaning 
Kashtariti 
(Fraort) 
boshchiligidagi  qo’zg’olonni  bostirishga  urinishi  muvaffaqiyatsizlikka  uchragan. 
Natijada  mustaqil  Midiya  podsholigi  barpo  etilgan  va  midiyaliklar  Ossuriyaga 
qarshi  tuzgan  ittifoq  tuzganlar.  Bu  ittifoqqa  manneylar,  kimmeriylar,  skiflar  va 
boshqalar kirgan. Biroq Ossuriya diplomatiyasi ittifoq a’zolarini bir-biridan ajratib, 
ularni  yengishga  muvaffaq  bo’lgan.  Miloddan  avvalgi  674  va  671-  yillarda  Misr 
zabt etilgan, ammo Ossuriyaning Misr ustidan hukmronligi mustahkam bo’lmagan 
va uzoqqa cho’zilmagan. 
Asarxaddon o’g’li Ashshurbanapal (mil. avv. 668–626-yy.) davrida qarshilik 
ko’rsatuvchilar  va  qo’zg’olonchilar  ustidan  shafqatsiz  jazolar  evaziga  hamda 
josuslik  faoliyatining  mohirona  tarzda  yo’lga  qo’yilganligi  va  tajribali  diplomatik 
harakatlar tufayli Ossuriya gegemon maqomini vaqtinchalik saqlab qolgan. Bunga 
kimmeriylar va skiflar bilan tuzilgan ittifoq ham yordam bergan. Miloddan avvalgi 
VII asr o’rtalarida  mamlakatda siyosiy  inqiroz avj olgan. Ossuriyaga qarshi  yangi 
ittifoq  shakllanib,  elamliklar,  xaldey-aramey  knyazliklari  va  O’rta  Yer  dengizi 
bo’yi  qabilalari,  Suriya,  Finikiya  va  Ossuriyaning  viloyatlarida  keng  ko’lamli 
qo’zg’olonlar  avj  olgan.  Ossuriya,  ittifoqchilarning  o’zaro  ziddiyatlaridan 
foydalanib, bu safar ham qo’zg’olonni shafqatsizlarcha bostirishga erishgan. 
Biroq,  ich-ichidan  yemirilgan  Ossuriya  Bobil  va  Midiyadan  iborat  qudratli 
ittifoqqa qarshi dosh berolmagan va parchalanib ketgan.  


12 
Ossuriya  diplomatiyasi  tarixiga  oid  manbalarda  talaygina  va  rang-barang 
ma’lumotlar  mavjud.  Manbalar  ichida  eng  yirigi  qadimgi  Nineviya  harobalaridan 
topilgan Ashshurbanipalning ulkan kutubxonasi hisoblanadi.  
Ossuriya va unga qaram bo’lgan davlatlar o’rtasida shartnomalar og’ishmay 
bajarilishi  lozim  edi.  Shartnomani  tuzish  marosimi  sexr-jodu  va  turli  amallar, 
xudolarni  o’rtaga  qo’yib  qasam  ichishlar  bilan  amalga  oshirilgan.  Shartnomani 
buzish  eng  tabarruk  qoidalaridan  xatlab  o’tishni  anglatgan  va  shafqatsizlarcha 
jazolangan.  Lekin  shartnomalar  ossuriyaliklarning  o’zlari  tomonidan  tez-tez 
buzilishi oddiy hol hisoblangan. 
Turli davlatlar bilan do’stona munosabatlarni qadrlagan Ossuriya podsholari 
sulolaviy  nikoh  va  hukmron  xonadonlar bilan  qarindoshlik aloqalarini o’rnatishga 
alohida  e’tibor  qaratganlar.  Ossuriya  davlati  hukmronligi  davrida  garovga  olish 
amaliyoti  tinchlik  munosabatlarini  kafolatlash,  imzolangan  shartnomalarga  rioya 
qilish,  Ossuriya  hokimiyatiga  bo’ysunish  elementlaridan  biri  sifatida  ko’p  bora 
qo’llangan. Tobe podsholar o’z o’g’illarini, yaqin qarindoshlarini sodiqlik kafolati 
sifatida  Ossuriya  hukmdorlari  saroyiga  yuborishga  majbur  bo’lganlar.  Boshqa 
davlatlardan  kelgan  shoh  nasliga  oid  qochoqlar  hukmdor  tomonidan  juda  yaxshi 
qabul  qilingan  va  saroyda  ushlab  turilgan.  Ulardan  siyosiy  o’yinlar  vaqtida 
foydalanganlar. 
Ish yuritish Ossuriya davlatida ikki tilda – akkad tilining ossuriya shevasida 
va  aramey  tilida  olib  borilgan.  Davlat  nomidan  muzokaralarni  podsholar, 
shahzodalar,  taxt  vorislari,  podsho  amaldorlari  olib  borganlar.  Oliy  tabaqaga 
mansub  elchilar  “abarakku”,  “rabshaku”,  oddiy  choparlar  “mar  shipri”  deb 
nomlangan.  Ossuriyada  josuslik  xizmati  yo’lga  qo’yilgan  bo’lib,  bu  ish  bilan  taxt 
vorisi shug’ullangan.  

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish