Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


“To’qqiz  davlat  shartnomasi”ning  vujudga  kelishi  va  Xitoy



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

“To’qqiz  davlat  shartnomasi”ning  vujudga  kelishi  va  Xitoy.  AQSh 
davlati  Tinch  okean  va  Uzoq  Sharqda  o’z  pozitsiyalarini  mustahkamlashga, 
Angliya  va  Yaponiyaning  harbiy-dengiz  flotidagi  vaqtincha  ustunligini  yo’qotish 
va  zo’r  berib  qurollanish  uchun  vaqtdan  yutish  maqsadida  dengiz  qurollarini 
“cheklash”ga,  Parij  sulh  konferensiyasining  Uzoq  Sharqqa  doir  qarorlarini  qayta 


161 
ko’rib  chiqishga,  Parij  konferensiyasidagi  mag’lubiyat  uchun  qasos  olishga 
kirishdi.  
1921-  yil  martda  hokimiyat  tepasiga  kelgan  prezident  Garding  boshchi-
ligidagi  respublikachilar  hukumati  Parij  konferensiya  sining  Uzoq  Sharqqa  doir 
qarorlarini qayta ko’rib chiqishni o’zining asosiy vazifalaridan biri qilib qo’ydi. 
AQSh  Angliyaning  dengizdagi  hukmronligini  yo’qotishga,  Angliya-
Yaponiya  ittifoqini  tugatishga,  Yaponiyaning  Xitoyda  kuchaygan  pozitsiyasiga 
putur yetkazishga hamda Xitoyda “ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” prinsipiga 
rioya  qilish  bahonasi  bilan  Xitoyning  AQSh  tomonidan  asoratga  solinishi  uchun 
sharoit yaratishga zo’r berib intildi.  
AQSh  o’zining  iqtisodiy  va  moliyaviy  quvvatiga  tayanib,  o’zidan  boshqa 
kapitalistik  davlatlarning  Uzoq  Sharq  rayonidagi  ziddiyatlaridan  foydalandi. 
AQSHning  tashabbusi  bilan  yangi  xalqaro  konferensiya  –  Vashington 
konferensiyasi  chaqirildi.  Bu  konferensiya  1921-  yil  12-  noyabrdan  1922-  yil  6-
fevralgacha  davom  etdi.  Konferensiyada  9  ta  davlat:  AQSh,  Angliya,  Fransiya, 
Italiya,  Belgiya,  Gollandiya,  Portugaliya,  Yaponiya  va  Xitoy  qatnashdi.  Bu 
konferensiyada ham AQSh asosiy rol o’ynadi.  
Konferensiyaning  asosiy  hujjatlaridan  biri  –  AQSh,  Angliya,  Fransiya  va 
Yaponiyaning  1921-  yil  13-  dekabrda  qabul  qilgan  “To’rt  davlat  shartnomasi”dir. 
Bu  shartnomada  mazkur  davlatlarning  Tinch  okeandagi  orollarining  daxlsizligi 
ko’rsatildi.  Ular  bu  orollarga  boshqa  bironta  davlat  xavf  solgan  taqdirda  o’zaro 
maslahatlashish  to’g’risida  kelishib  oldilar.  Bu  shartnomada  1902-  yilda  tuzilgan 
Angliya-Yaponiya  ittifoqi  tugatildi,  u  o’z  kuchini  yo’qotgan  deb  hisoblandi. 
Natijada AQSh Angliyani Yaponiyadan ajratib, katta diplomatik yutuqqa erishdi.  
Konferensiyaning  asosiy  yutuqlaridan  yana  biri  –  AQSh,  Angliya, 
Yaponiya,  Fransiya  va  Italiyaning  1922-  yil  6-  fevralda  qabul  qilgan  “dengiz 
qurollarini  cheklash  to’g’risida  shartnoma”  degan  “Besh  davlat  shartnomasi”dir. 
Bu  shartnomaga  muvofiq,  AQSh  Angliya  flotining  o’z  floti  bilan  teng  darajada 
bo’lishiga,  Yaponiya  flotining  AQShnikidan  ortiq  bo’lmasligiga,  Angliya  bilan 


162 
Yaponiyaning  o’zlarining  Tinch  okeandagi  orollarida  harbiy-dengiz  bazalari 
qurmaslik majburiyatini olishiga erishdi.  
Konferensiyaning  hujjatlaridan  yana  biri  1922-  yil  6-  fevralda  qabul 
qilingan  Xitoyga  nisbatan  siyosat  to’g’risidagi  “To’qqiz  davlat  shartnomasi”dir. 
Bu  shartnomaga  muvofiq,  mazkur  davlatlar  Xitoyning  suverenitetini,  mustaqilligi 
va  territorial  daxlsizligini  tanish  “majburiyati”ni  oldilar.  Ular  Xitoyda  “teng 
imkoniyatlar”  prinsipiga  rioya  qilib,  Xitoyda  alohida  imtiyozlar  va  huquqlarga 
erishish  uchun  urinmaslik  va  ta’sir  doiralari  vujudga  keltirmaslik  “majburiyati”ni 
oldilar. Yaponiya Shandundan, Angliya Vey Xayveydan voz kechdi. Bu shartnoma 
Xitoyda AQSh hukmron doiralarining “ochiq eshiklar” va “teng imkoniyatlar” deb 
atalgan  doktrinasini  mustahkamladi.  Amerika  imperialistlarining  Xitoyga  suqilib 
kirishlari uchun qo’shimcha imkoniyatlar vujudga keldi.  
Vashington  konferensiyasida  qabul  qilingan  shartnomalar  “Vashington 
tizimi” deb ataldi. Vashington tizimi Versal tizimining davomi bo’ldi.  
Versal-Vashington  tizimi  mamlakatlar  o’rtasida  mustahkam  tinchlik 
munosabatlari  o’rnatmadi.  Tinch  okeanda  kuchlar  nisbatini  tenglashtirish  tartibi 
mutlaqo beqaror edi.  
Kapitalistik  dunyoda  Sovet  Rossiyasiga  nisbatan  ikki  xil  tendensiya 
vujudga  kelgan  edi:  birinchi  tendensiya  Sovet  Rossiyasi  bilan  iqtisodiy  aloqa 
o’rnatish  tendensiyasi  edi.  Bu  tendensiyadagi  davlatlarning  ko’pchiligi  Sovet 
rejimining  aynib  ketishiga  va  keyin  uni  taqsimlab  olishga  umid  bog’lar  edi.  Bu 
tendensiya  vakillari  (Angliyada  Lloyd-Jorj,  Fransiyada  Errio,  AQShda  senatorlar 
Bora,  Uiler  va  Gudrich)lar  edi.  Ikkinchi  tendensiya  qulay  imkoniyat  topib,  Sovet 
Rossiyasiga qarshi yana qurolli intervensiya qilish tendensiyasi edi. Bu tendensiya 
vaqti-vaqti bilan oshkora ko’rinib turdi. AQSh prezidenti Garding, davlat sekretari 
Yuz, Angliyada Cherchill, Kerzon, Fransiyada Klemanso, Puankare, Germaniyada 
Lyudendorf  va  boshqalar  bu  tendensiyani  zo’r  berib  qo’llab-quvvatladilar. 
Kapitalistik  dunyoda  birinchi  tendensiya  ikkinchi  tendensiyaga  nisbatan  ustun 
chiqdi.  


163 
Demak,  shuni  qayd  etish  mumkinki,  Vashington  konferensiyasi  Xitoy 
masalasiga  katta  ahamiyat  berdi.  Xitoy  hududidagi  sobiq  nemis  yerlarini 
Yaponiyaga  berilganligi  sabab,  Versal  kelishuvini  imzolashdan  bosh  tortdi. 
Konferensiyada  Xitoyga  qarashli  yerlarni  qaytarish  masalasi  ko’rildi.  Oxir-oqibat 
Yaponiya ba’zi yerlarni (Sindao va Shandun) Xitoyga qaytarishga majbur bo’ldi. 
1922-  yil  6-  fevralda  Vashington  konferensiyasi  ishtirokchilari  Xitoy 
siyosati  to’g’risida  kelishuv  imzolashdi.  Besh  davlat  kelishuvida  Xitoy 
daxlsizligini va “Ochiq eshiklar” siyosatini saqlash aytildi. 
Rasmiy  ravishda  Yaponiyaning  Xitoyga  nisbatan  “21  talabi”  bekor 
qilinmadi. Yaponlar “hal qilingan masalalarga” qaytmaslikni talab qildi.  
Buyuk  davlatlar  Xitoyni  teng  huquqliligini  xohlashmasdi  va  uni 
mustamlaka davlat sifatida qolishini  istashardi. Biroq, bu davlatlar Xitoydagi  xalq 
ozodligi  kurashini  to’xtata  olmadi.  Vashington  konferensiyasi  Uzoq  Sharqdagi 
dunyo  bo’linishiga  nuqta  qo’ydi.  Bu  ma’noda  u  Versalni  to’ldirdi.  Biroq,  1919-
yilda  Fransiya  va  Angliya  AQSh  diplomatiyasini  ilgarilab  o’tishga  muvaffaq 
bo’ldi.  Vashington  konferensiyasida  esa  anchayin  ustunlikka  ega  bo’ldi. 
Vashington  konferensiyasi  buyuk  Tinch  okeani  davlatlari  SSSR  va  Xitoyni 
zarariga qaratildi. 
Birinchi  jahon  urushi  tugab  kelayotgan  va  Rossiyada  Oktabr  sotsialistik 
revolutsiyasi  g’alaba  qozongan  paytda  ham  Xitoy  qoloq,  yarim  feodal  va  yarim 
mustamlaka  mamlakat  edi.  Qishloqda  pomeshchik  va  quloqlar  hukmronlik  qilar, 
iqtisodiy  hayot,  jumladan,  savdo-sotiq  chet  el  monopoliyalari  nazorati  va 
qaramligida edi. Lekin shunga qaramay, Xitoyda milliy sanoat rivojlana boshlagan, 
kapitalistik  uklad  shakllanayotgan  edi.  Milliy  burjuaziya  bilan  chet  el  kapitali 
o’rtasida  ziddiyatlar  kuchayib  bordi,  proletariat  saflari  o’sdi.  To’qimachilik 
sanoatidan tashqari mamlakatda yengil sanoatning boshqa tarmoqlari va oziq-ovqat 
sanoati  vujudga  keldi,  qazilma  boyliklar  qazib  chiqarish  ortdi.  Milliy 
burjuaziyaning  iqtisodiy  va  siyosiy  pozitsiyalari  mustahkamlanib,  uning  ilg’or 
vakillari orasida kapitalizm taraqqiyotiga g’ov bo’layotgan feodal munosabatlar va 
chet el kapitali hukmronligiga qarshi kayfiyatlar o’sib bordi. 


164 
Oktyabr  inqilobining  g’alabasi  tufayli  Sharq  mamlakatlari,  jumladan, 
Xitoyning  xalqaro  ahvoli  tubdan  o’zgardi.  O’sha  paytda  imperialistik  davlatlar 
Xitoy  ishlariga  aralashishni  kuchaytirib  yuborgan  edilar.  Ayniqsa  AQSh 
imperializmi  o’zining  “ochiq  eshiklar”  va  “teng  imkoniyatlar”  siyosati  bilan 
mamlakatning  savdo-sotiq  va  moliya  ishlariga  hukmron  bo’lib  olishga  intilar  edi. 
AQSh  va  Yaponiya  Xitoyning  antisovet  siyosat  yuritishiga  erishish  uchun  sovet-
xitoy  muzokaralari  (1919-  yil)ni  buzish  maqsadida  Pekin  hukumatining  reaksion 
doiralaridan  foydalandilar.  Yaponiya  va  AQSh  imperializmi  va  mahalliy 
reaksionerlarning ikki yoqlama zulmi hamda antisovet siyosati Xitoy xalq ommasi 
keng tabaqalarini g’azablantirar edi. 
1919-  yil  mayda  boshlangan  keng  milliy-ozodlik  harakati,  avvalo,  AQSh 
yordamida  harakat  qilayotgan  yapon  imperializmiga  qarshi  qaratilgan  edi.  “4–5 
may  harakati”  deb  mashhur  bo’lgan  bu  harakat  Xitoy  xalqi  ozodlik  kurashining 
yangi  davrini  boshlab  berdi.  1919-  yil  4-  mayda  5  ming  pekinlik  student  Versal 
konferensiyasi  Germaniyaning  Shandundagi  konsessiya  huquqlarini  Yaponiyaga 
berganligiga  qarshi  norozilik  bildirdi.  Studentlar  va  71  ta  demokratik  ruhdagi 
ziyolilarning  “4–5-  may  harakati”  “Xitoy-xitoyliklar  uchun!”  shiori  ostida, 
Yaponiyaning  “21  talabi”ga  bo’ysunmaslik  ruhida  ko’tarildi.  Namoyishlar 
politsiya  va  qo’shinlar  tomonidan  bostirildi.  Hukumatning  studentlardan  bunday 
o’ch olishi harakat ko’lamini yanada kengayishiga, butun mamlakatga yoyilishiga, 
tashkiliy tus olishiga olib keldi. 
1919-  yil  25-  iyulda  Xitoy  hukumatiga  qarata  qilgan  murojaatida  Sovet 
hukumati  o’zining  Xitoy  bilan  do’stona  aloqalar  o’rnatishga  tayyor  ekanligini,  u 
bilan  tuzilgan  ilgarigi  noteng  huquqli  shartnomalardan  voz  kechishini,  Xitoyning 
tengligi  va  suverenitetini  hurmat  qilishini  tantanali  suratda  e’lon  qilgan  edi.  Bu 
murojaatni keng xitoy tabaqalari zo’r xursandchilik bilan kutib oldilar. 
Oktabr  rezolyusiyasi  va  uning  bevosita  ta’siri  ostida  1921-  yilda  Xitoy 
Kommunistik  partiyasi  tuzildi.  Partiya  keng  xalq  ommasi  orasida  ish  olib  borgan 
marksistik  to’garaklar  negizida  tashkil  topgan  edi.  1921-  yil  1-  iyulda  Shanxayda 
Xitoy  Kompartiyasining  II  s’yezdi  ochildi.  S’yezd  partiya  Ustavini  qabul  qildi. 


165 
Rahbar organlarni sayladi, Xitoy Kommunistik partiyasining tashkil topishida V. I. 
Lenin asos solgan Kommunistik Internatsional ham katta ta’sir ko’rsatdi. 
Xitoy  tarixining  bu  davri  uchun  1921–1922-  illarda  bo’lib  o’tgan, 
talonchilik  xarakteridagi  Vashington  konferensiyasi  ham  alohida  o’rin  tutadi. 
Konferensiyadagi  “9  davlat  shartnomasi”da  Xitoyning  mustaqilligi,  territorial 
butunligi rasmiyat uchungina e’tirof etildi. AQShning “ochiq eshiklar” siyosati o’z 
kuchini saqlab qoldi. 
Xitoy  Kompartiyasining  II  s’yezdi  (1922-  yil,  may)  partiyaning 
Kominternga  kirishi  haqida  qaror  va  partiyaning  yaqin  fursatdagi  vazifalarini 
belgilagan  programm-manifest  qabul  qildi.  Xitoy  dehqonlar  ommasining 
uyg’onishi  kompartiya  faoliyati  bilan  chambarchas  bog’langandir.  Xitoy 
Kompartiyasi  mamlakatdagi  progressiv  kuchlarni  yagona  frontga  birlashtirish 
yo’lini  tutdi,  Gomindanga  kirishga  qaror  qildi.  Bunda  partiyaning  g’oyaviy, 
tashkiliy mustaqilligini saqlash va mustahkamlash zarur edi. 
SSSR  bilan  Xitoy  o’rtasida  normal  diplomatik  munosabatlarni  o’rnatishda 
Sovet-Xitoy  muzokaralari  katta  rol  o’ynadi.  AQSh,  Yaponiya,  Fransiya 
diplomatiyasi  muzokaralarni  buzishga  bir  necha  bor  urindi.  Biroq,  Xitoy 
jamoatchiligi  sovet-xitoy  bitimi  tuzishni  qat’iy  talab  qilardi.  1924-  yil  31-  mayda 
mamlakatning  xalqaro  aloqalari  tarixida  yangi  davr  ochgan  sovet-xitoy  bitimi 
imzolandi. Xitoy tarixida birinchi  marta  ulug’ davlat bilan teng  huquqlilik, o’zaro 
manfaatdorlik va suverenitetni hurmat qilish asosida bitim tuzilgan edi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish