Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


XVII  asr  boshlarida  yirik  davlatlar  o’rtasidagi  ziddiyatlarning



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

XVII  asr  boshlarida  yirik  davlatlar  o’rtasidagi  ziddiyatlarning 
keskinlashuvi.  XVII  asrning  xususiyati  uning  ilk  yangi  davrning  qoq  markazida 
bo’lganligidadir.  Ushbu  asrdagi  xalqaro  siyosatning  mazmuni  va  tamoyillarini 
hosil  qilgan  davlatlararo  ziddiyatlar,  bir  tomondan,  XIV  asrning  merosiga 
tayanardi,  ikkinchi  tomondan,  ushbu  siyosatning  kelgusi  asrdagi  rivojlanishini 
ma’lum  darajada  belgilab  berardi.  Ushbu  davrda  diplomatiyaning  tutgan  o’rni 
yanada  ahamiyatli  bo’lib  bordi,  diplomatik  xizmataing  oyoqqa  turishi  va 
takomillashishi  ro’y  bermoqda  edi.  Fransuz  tili  diplomatik  aloqalarning  rasmiy 
tiliga aylangan. XVII asrda paydo bo’lgan dastlabki gazeta va jurnallardan siyosiy 
va  diniy  kurashda,  demak  xalqaro  munosabatlarda  ham,  keng  foydalanilgan. 
Bundan  tashqari,  diniy  omilning  xalqaro  munosabatlar  holatiga  ta’sir  ko’rsatishi 
davom  etgan.  XVII  asrning  o’rtalarigacha  davlatlararo  ittifoqlarning  shakllanishi 
va  harbiy  to’qnashuvlarning  yuzaga  kelishi  asosan  diniy  tamoyillar  negizida  ro’y 


54 
berardi.  Ko’p  hollarda  xristian  dinidagi  turii  konfessiyalar  (yo’nalishlar  va 
oqimlar)ning  vakillari  prinsipial  raqiblar  sifatida  namoyon  bo’lgan.  Bu  esa 
Yevropa mamlakatlarini o’zaro qarama-qarshiligiga olib kelgan. 
Qudratli  buyuk  davlat  –  Usrnoniylar  imperiyasi  xalqaro  munosabatlarning 
yana  bir  omili  edi.  Ulkan  harbiy  va  moddiy  kuchga  ega  bo’igan  Istanbul 
Yevropada yuzaga kelayotgan xalqaro munosabatlar tizimida tnuhim rol o’ynagan. 
Yevropa  davlatlari  Usmoniylarga  qarshi  ittifoqlar  tuzish  yo’lidan  borishgan, 
garchand  imperiyaga  yaqin  joylashgan  mamlakatlar  tinchlikni  saqlashga  moyillik 
bildirsa ham. 
Kuchlar  muvozanatini  saqlash  g’oyasi  xalqaro  munosabatlar  tizimida 
belgilovchi  tamoyillardan  biriga  aylangan.  Yirik  davlatlar  o’rtasidagi  ziddiyatlar 
alohida  ahamiyatga  ega  edi.  Ushbu  davlatlar  o’zlarining  atrofiga  o’rta  va  kichik 
mamiakatlarni jalb etib, turii  ittifoqlar tuzishardi.  Shu  tarzda ko’plab  mamlakatlar 
diplomalik va harbiy nizolarga tortilardi. Asosiy maqsad, birorta davlatning boshqa 
davlat  evaziga  haddan  tashqari  kuchayib  ketishiga  yo’l  qo’ymaslik  va  mavjud 
vaziyatni saqlash edi. 
Tashqi siyosatning asosiy ko’rinishlaridan biri bu – davlatlar tomonidan olib 
boriladigan  urushlar  edi.  Xalqaro  nizolarni  keltirib  chiqaradigan  sabablar  orasida 
chegara  mojarolari,  sulolaviy  da’volar,  savdo  monopoliyasi  uchun  kurash  va 
boshqalami ko’rsatish  mumkin. Uzoqqa cho’ziladigan tavsifga ega bo’lgan  harbiy 
operatsiyalarning  ko’lami  kengayib  bordi.  Bu  esa  asosan  yollanma  askarlardan 
iborat doimiy armiyalarning mavjud bo’lishini talab qilardi. 
“O’ttiz  yillik  urush” (1618–1648-  yy.)  XVII asrdagi  xalqaro  hayotning eng 
yirik voqeasi bo’ldi. Bu urush umumyevropa miqyosdagi birinchi urush edi. Uning 
girdobiga ko’plab mamlakatlar tortilib ketdi. 
“O’ttiz yillik urush”ning boshlanishidan oldin Germaniyada ichki kurash ayj 
oldi. XVII asr boshida kontrreformatsiyaning hujumi kuchayib bordi. Protestantlar 
tomonidan erishgan mavqelarini birin-ketin yo’qotib borishi nafaqat umumgerman, 
balki  xalqaro  ta’sirga  ega  edi.  Germaniyada  diniy-siyosiy  vaziyatning 


55 
keskinlashuvida  Yevropa  davlatlari  orasidagi  murakkab  o’zaro  bog’liklar  va 
ziddiyatlar katta rol o’ynadi. 
1608–1609-  yillarda  bu  yerda  nemis  knyazlarining,  konfessional  (diniy) 
negizdagi ikki harbiy-siyosiy ittifoqi yuzaga keldi: Yevangeliya uniyasi (Injilchilar 
ittifoqi)  va  Katolik  ligasi.  Ikkala  ittifoq  ham  xorijiy  davlatlarning  ko’magini  oldi. 
Natijada  Germaniyadagi  har  qanday  harbiy  to’qnashuv,  davlatlar  orasidagi 
keskinlashgan munosabatlar sharoitida, xalqaro nizoga aylanib ketishi mumkin edi. 
Aynan  shunday  holat  “O’ttiz  yillik  urush”ning  boshida  ro’y  berdi  va  Germaniya 
harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 
G’arbiy Yevropaning siyosiy hayotidagi asosiy to’qnashuvi – bu Ispaniya va 
Avstriya  Gabsburglari  ittifoqining  Fransiya  bilan  qaytadan  boshlanib  ketgan 
kurashi  edi.  Ikkala  kuch  ham  qit’aning  ushbu  qismida  uslivorlikga  da’vogarlik 
qilardi.  Chexiyadagi  iokal  nizodan  boshlangan  urush  Shimoliy  Germaniyaga 
yoyildi,  keyinchalik  esa  Markaziy  Yevropaning  ulkan  hududlarini  qamrab  oldi. 
Yevropa  mamlakatlarining  muayyan  tnanfaatlari  urushning  turli  bosqichlarida 
ularning  qatnashuvini  belgilab  berdi.  “O’ttiz  yillik  urush”  to’rtta  davrdan  iborat: 
“Chexiya  davri”  (1618–1629-  yy.),  “Daniya  davri”  (1625–1629-  yy.),  “Shvedlar 
davri” (1630–1635- yy.) va “Fransuz-shvedlar davri” (1635–1648-  yy.). Dastlabki 
uch  davrda  Gabsburglarning  qo’li  baland  keldi.  Oxirgisida  esa  imperiya  va  uning 
ittifoqchilari mag’lub etildilar. 
Kurashayotgan  tomonlarning  tinkasi  quridi,  asosiy  harbiy  harakatlar  olib 
borilgan Germaniyada aholi  xonavayron etildi. Natijada armiyalarning ta’minotini 
amalga  oshirish  imkonsiz  bo’lib  qoldi.  Qolaversa,  urushayotgan  mamlakatlarning 
o’zida  ijtimoiy  vaziyat  keskinlashib  bordi.  Urushni  to’xtatish  zaruriyati  yuzaga 
keldi. 
1638-  yilning  o’zidayoq  Rim  papasi  va  Daniya  qiroli  urushni  to’xtatishga 
da’vat  etishdi.  Ikki  yildan  so’ng  Regensburgdagi  German  reyxstagi  tinchlik 
muzokaralarini  boshlash  g’oyasini  qo’llab-quvvatladi.  Biroq,  sulhni  diplomatik 
tarzda tayyoriashga kechroq kirishildi.  Faqatgina 1644-  yilda Myunsterda tinchlik 
kongressi  ochildi;  bu  yerda  imperator  va  Fransiya  o’rtasida  muzokaralar  olib 


56 
borildi.  1645-  yilda  Vestfaliyaning  Osnabryuk  shahrida  esa  shved-german 
munosabatlari muzokaralar orqali muhokama qilindi. 
1648-  yil  24-  oktyabrda  Myunster  va  Osnabryukda  imzolangan  tinchlik 
shartnomalari nafaqat ushbu o’ttiz yiilikka, balki reformatsion kuchlari va ularning 
raqiblari  o’rtasidagi  qarama-qarshiligi  davriga  yakun  yasadi.  Vestfaliya  sulhida 
Yevropada  hududiy  o’zgarishlar  masalalari  hal  etilgan  edi.  Bundan  tashqari, 
Germaniya  imperiyasining  siyosiy  tuzilishi,  uning  hududlaridagi  din  masalasi, 
Gollandiya  va  Shveytsariyaning  mustaqilligini  xalqaro  huquq  tomonidan 
tasdiqlanishi ham sulhida o’z aksini topdi. Tinchlik Yevropa davlatlari tartibiga va 
Germaniyadagi  vaziyatga  sezilarli  o’zgarishlarni  kiritgan  majburiy  yon  berishlar 
natijasida tuzildi. 
Hududiy  jihatdan  hammadan  ko’proq  Shvetsiya  foyda  ko’rdi.  Bundan 
tashqari,  Shvetsiya  katta  pul  to’lovini  qoiga  kiritdi  va  o’zining  xalqaro  mavqeini 
oshirdi.  Shvetsiya  Boltiqda  hukmronlik  qilish  maqsadiga  erishdi  va  Yevropaning 
buyuk davlatiga aylandi. 
Fransiya  ham  o’ziga  kerakli  siyosiy  natijaga  erishdi  –  Germaniya 
imperiyasining  siyosiy  mavqei  zaiflashdi  va  uning  hududiy  tarqoqligi  saqlanib 
qolindi.  Hududlarga  ega  bo’lish  masalasida  esa  Fransiya  imperiya  hisobidan 
nisbatan oz yerlarni qoiga kiritdi. 
Vestfaliya sulhi (1648- yil, 24- oktyabr’) Germaniyaning siyosiy tarqoqligini 
ikki yuz yilga mustahkamladi. Nemis knyazlari o’zaro ittifoqlar va xorijiy davlatlar 
bilan shartnomalar tuzish huquqini qo’lga kiritishdi. Bu esa ularning suverenligini 
ta’minladi.  Vestfaliya  sulhidan  so’ng  imperiyaning  o’zi,  rasman  saylanadigan 
monarx  va  doimiy  reyxstaglari  mavjud  davlatlar  ittifoqi  bo’lib  qolib,  amalda 
“imperiya mansabdorlarning” quramasiga aylandi. Katolitsizm va lyuteranlik bilan 
bir qatorda kalvinizm ham imperiyada rasmiy din  maqomini oldi. Vestfaliya sulhi 
natijasida  Ispaniya  urushlarining  bir  qismini  yakunladi,  xolos:  Fransiyaga  qarshi 
harbiy  harakatlar  davom  ettirildi.  Ular  orasidagi  tinchlik  faqatgina  1659-  yilda 
tuzildi. Gabsburglarning Yevropadagi ustuvorligiga Vestfaliya sulhi barham berdi. 
Yagona  xristian  imperiyasini  barpo  etish  g’oyasi,  hamda  Ispaniyaning  katolik 


57 
zo’ravonligi  puchga  chiqdi.  Shunday  bo’lsa  ham,  Avstriya  imperiyasining  o’zi 
urushda  mag’lubiyatga  uchramadi,  nemis  knyazlari  esa  (ham  katoliklari,  ham 
protestaritlari)  o’zlning  to’la  suverenligida  mustahkamianishdi.  Vestfaliya  sulhi, 
Yevropada  kuchlarning  yangi  nisbatini  o’rnatib,  ikki  yirik  tarixiy  davrning 
chegarasiga ayiandi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish