Talabalari uchun darslik


  0 ‘simlik  irsiyatini  gen  injeneriyasi  usuli  bilan  o‘zgartirish



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet378/465
Sana31.12.2021
Hajmi6,24 Mb.
#221188
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   465
Bog'liq
Genetika (A.G'ofurov, S.Fayzullayev)

5.  0 ‘simlik  irsiyatini  gen  injeneriyasi  usuli  bilan  o‘zgartirish
Klassik genetika asosida yangi nav chiqarish jarayonida xo‘jalik belgilari 
bilan bir-biridan farq qiluvchi organizmlar chatishtirilib,  ularni  eng yaxshi 
belgi-xossalarini  duragay  organizmda  mujassamlashtirish  maqsad  qilib 
olinsada,  changchi,  urug‘chi  o ‘simliklarning  yaxshi  belgi-xossalari  bilan 
bir  qatorda  duragay  o ‘simlik  ko‘pgina  salbiy  belgi-xossalarga  ham   ega 
bo‘ladi.  G en  injeneriyasi  qo‘llanilganda  esa  bu  muam m oni  yengil  hal 
qilsa  bo‘ladi.  Buning  uchun  rejalashtirilayotgan  nav  hujayrasiga  m a‘lum 
foydali gen kiritiladi va bu hujayradan yetuk o‘simlik hosil qilinadi. 
0
‘simlik 
hujayrasiga  m uayyan  bir  genni  kiritish  u ch u n   tu p ro q   bakteriyasi 
agrobakterium   hujayrasidagi  plazm idadan  vektor  m olekula  sifatida 
foydalaniladi.
Tabiatda  agrobakteriumning  bu  turi  o ‘simlik  hujayrasini  pala-partish 
bo‘linishi  natijasida  shish  hosil  qiladi.  Bu  shishni  77  (ti  ay)  plazmida 
genom ining  T -D N K   (shish  hosil  qiluvchi  D N K )  b o ‘lagi  chaqiradi. 
Agrobakteriumning  77  plazmidi  birm uncha  yirikroq.  U  20  m ingdan 
ortiqroq nukleotid juftligidan iborat.  Shunga  ko‘ra undan gen  injeneriyasi 
maqsadida  foydalanish biroz qiyinroq.  Shu sababli  o ‘simlik irsiyatini gen 
injeneriyasi  usuli  bilan  o ‘zgartirish  uchun  plazmidani  T -D N K   qismi 
maxsus  restriktaza  fermenti  bilan  kesib  olinib  PBR  322  —  pi-bi-ar  322 
plazmidasiga ko‘chirib o ‘tkaziladi.  Bunday sun’iy plazmida Ti plazmidiga 
nisbatan birmuncha kichik bo‘lib, ulardan ya’ni vektor konstruksiyalardan 
foydalanish  birm uncha  oson  va  unumliroq.  Vektor  konstruksiyaning  T- 
D N K  qismi  kesilib,  unga o ‘simlik geni  kiritiladi.  Oqibatda T -D N K  shish 
hosil  qilish  xossasini  yo‘qotadi.  Chunki  yot  gen  T -D N K   ni  ikkiga  b o ‘lib 
yuboradi. Tarkibida T -D N K  va yot genga ega vektor konstruksiya genomidan 
T -D N K  qismi  olib tashlangan o ‘simlik uchun  zararsiz maxsus Agrobacte
rium  shtammlari  kiritilganda,  agrobakterium  yot  genni  o ‘zining  maxsus 
transformatsiya apparatidan foydalanib,  o ‘simlik genomiga o ‘tkazadi  (75- 
rasm).  So‘nggi  yillarda  vektor  molekula  tarkibiga  kiritilgan  yot  genlami 
o ‘simlik  yoki  hayvon  hujayrasiga  kiritish  usullari  ishlab  chiqilgan.  Lekin 
bu  usullar  texnik  jih atd an   murakkab  va  qim m atligi  sababli  maxsus 
hollardagina  ishlatiladi.
Genetik  transformatsiya  qilingan  o‘simlik  hujayrasini  maxsus  oziqa 
muhitida  o‘stirib  undan  transgen  o‘simJik  rivojlantiriladi.  Buning  uchun 
transformatsiya  qilingan  o ‘simlik  hujayrasi  uchun  maxsus  oziqa  muhiti 
tayyorlanadi.  Unda o ‘simlik hujayrasi bo‘linib,  m a’lum bir dastur b o ‘yicha 
rivojlanadigan  kallus to ‘qimasi  rivojlanadi.  Kallus to ‘qima hujayralaridan 
ayrimlari  o ‘simlik  gorm oni  va  boshqa  regulyator  m oddalar  ta ’sirida 
bosqichma-bosqich o ‘simlik embrioni to‘qimasi va barcha jihatdan  normal, 
voyaga yetgan  transgen  o ‘simlikni  hosil qiladi.  Transgen  o4simlikning har 
bir  hujayrasida  ko‘chirib  o ‘tkazilgan  gen  bo‘ladi.  Shu  sababdan  transgen 
o ‘simlik jinsiy yo‘l bilan  ko‘paytirilganda yot gen  nasldan-naslga beriladi.
H ozirgi  paytga  kelib  dunyo  b o ‘yicha  ekilayotgan  soyaning  54,
www.ziyouz.com kutubxonasi


makkajo‘xorining  28,  g‘o ‘zaning 

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   465




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish