FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekistonning yangi
tarqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm – fan sohalarini rivojlantirish chora –
tadbirlari to`g`risida”gi 6108 sonli Farmoni. 6-noyabr 2020-yil. 2-bet.
2.
Pedagogik kompitentlik fanidan o`quv uslubiy majmua. Jizzax -
2020
3.
Pedagogik mahorat darslik AAXoliqov. O`zR Oliy va o`rta
maxsus ta`lim vazirligi “Iqtisod moliya” 2011
4.
Pedagogik kompitentlik va kreativlik asoslari. N.Muslimov,
M.Usmonboyeva, D.Sayfurov, A.Yo`rayev. Toshkent-2015
5.
www.zamin.uz
BOSHLANG`ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA MILLIY
O’YINCHOQLARDAN FOYDALANISHNING TARBIYAVIY
AHAMIYATI
ATABAYEV SHAPULAT ESHPULATOVICH-
136
Jizzax davlat pedagogika institutiBoshlang`ich ta`lim
metodikasi kafedrasi o`qituvchisi
TURG`UNOVA SHAXZODA IBRAGIMOVNA-
Jizzax davlat pedagogika institutiBoshlang`ich ta`lim
fakil`teti I-bosqich talabasi
Аннотация
Мазкур мақолада бошланғич таълим технология дарсларида миллий ўйинчоқлар
асосида дарсларни ташкил этишдан кутилаётган мақсад ва вазифалар, миллий
ўйинчоқларнинг маънавий-маърифий аҳамияти ҳақида фикр юритилган.
Аннотация
В статье рассматриваются цели и задачи организации уроков на основе
национальной игрушки на уроках технологии начального образования, духовное и
воспитательное значение национальных игрушек.
Annotation
The article discusses the goals and objectives of organizing lessons on the basis of
national toys in the lessons of primary education technology, the spiritual and educational
value of national toys.
Tarixdan ma’lumki, xalqimizning tarbiya an’analarida milliy o’yinchoq va
qo’g’irchoqlardan unumli foydalanilgan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, milliy hunarmandchilik va xalq
amaliy san’atini tiklash borasida milliy qo’g’irchoqlarni tiklashga ham e’tibor
qaratilmoqda.
Xalq o’yinchoq va milliy qo’g’irchoqlari xalqimiz hunarmandlari
tomonidan turlicha yo’nalishda tayyorlangan. Yog’ochdan tayyorlangan
o’yinchoqlar, yumshoq matodan qilingan o’yinchoq va qo’g’irchoqlar, hamda
teatr qo’g’irchoqlari.
Qo’g’irchoq teatrlari tomoshalarining mazmuni, qo’g’irchoqlarni o’ynatish
usuli bilan bir – biridan farq qiluvchi 3 turdan tarkib topgan. Biri “Chodir jamol”
bo’lib, qo’g’irchoqlarni qo’lga kiyib, ijrochining beliga bog’langan chodirdan
chiqarib o’ynatilgan. Ikkinchisi “Chodir xayol” bo’lib, qo’g’irchoqlar iplar
yordamida sahna tepasidan turib harakatga keltirilgan. Uchinchisi “Fonus xayol”
qo’g’irchoqlarning soyasi fonuslar yordamida oq matoga tushirilgan. Ijrochilar
“qo’g’irchoqchi” yoki “lo’batboz” deb atalgan.
Chodir jamolda xayotiy voqealar, chodir xayolda xayoliy afsonaviy
voqealar yoritilgan. Fonus xayolda esa ham ma’naviy, ham romantik voqealar
aks ettirilgan. Har turning o’z qahramoni bo’lgan. Bugungi kunda ham milliy
qo’g’irchoqlarning bola tarbiyasidagi ahamiyati juda ham katta, chunki bu
ovunchoqlar nafaqat o’yin timsolida gavdalanadi, balki milliy qadriyatlarimiz,
urf – odatlarimizni o’zida aks ettiradi. Bolalarimizni kattalarga hurmat, e’tibor
ko’rsatish ruhida tarbiyalaydi. Aytaylik, siz farzandingizni do’konlarga yetaklab
borib boring-da, qo’g’irchoqlar tanlab olishni ular ixtiyoriga qo’ying. Albatta!
Qizalog’ingiz xorijdan keltirilgan qandaydir behayolarcha kiyintirilgan “Barbi”
qo’g’irchoqlarini emas, balki, qop – qora sochlari mayda o’rilgan, boshida gilam
do’ppisi bor, atlas ko’ylakli o’zbekona qo’g’irchoqni jon deb tanlab olgan bo’lar
edi. (Agar ular bizning do’konlarimizda sotilganida!) Bu haqda Yurtboshimiz
137
I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida ham shunday
yoziladi: “Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar
asosida shaklllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim
masala xususida to’xtalib o’tishni o’rinli deb o’ylayman. U ham bo’lsa dunyoga
hayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zga ma’no topishga intiladigan murg’ak
farzandlarimizning qiziqish va hissiyotlariga mos qo’g’irchoq va o’yinchoqlar
ishlab chiqarish masalasidir”. SHuni e’tiborda tutish kerakki, o’yinchoq va
qo’g’irchoqlar bolani jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishdan tashqari, milliy
ruxda tarbiyalashi va milliy o’zligini anglatishga xizmat qilishi lozim.
Maktablarning texnologiya darslarida yoki to’garaklar faoliyatida milliy
qo’g’irchoqlarning o’quvchilar ko’z o’ngida, ular bilan birgalikda yasash
jarayonlari yo’lga qo’yilsa, aslo foydadan xoli bo’lmas edi.
Dastlab, o’quvchi o’z qo’l mehnati bilan bajara oladigan, matolardan
tayyorlanadigan qo’g’irchoqlarni yasashni o’rganadi, turli mato qiyqimlaridan
foydalanadi. Sochlari ip yoki ipakdan, ko’ylagi milliy mato: atlas, adras
qiyqimlaridan, tana qismi esa yengil, farzandingiz bemalol o’ynashlari uchun
qulay bo’lgan, ichimlik suvlaridan bo’shagan (tsellofan) yelim xaltalaridan
foydalanish mumkin. Faqat qo’l mehnati yordamida qo’g’irchoqninghxar bir
jarayoni tikib bitiriladi.
Bunday dars mashg’ulotlaridan o’quvchilar estetik zavq oladilar, milliy urf
– odatlarimizni, qadriyatlarimizni qadrlashni o’rganadilar. Qo’g’irchoq yasashda
biron bir ertak qahramonlari obrazini gavdalantirish mumkin.
Masalan: “Ur to’qmoq”, “Egri va to’g’ri”, “Zumrad va Qimmat” kabi.
O’quvchi qizlar qo’g’irchoq tikish bilan bir qatorda, kiyim – kechaklar tikish
jarayonida,
milliyligimizga
xos
kiyinish
madaniyatini,
orastalikni,
qadriyatlarimizga hurmat hissini o’zlariga singdira boradilar.
Zumradning ijobiy fazilatlari oddiy, kamtarona,, orasta kiyimlarida aks
etganini, Qimmatni esa palapartish ust – boshi, zebu – ziynatga o’chligi, dangasa
va qo’polligini ularning yuz ko’zlarida tasvirlashga harakat qiladilar (5 – 6
sinflarda).
Qo’g’irchoqlarni yasashda soddalikdan murakkablikka qarab o’tib boriladi.
O’quvchilarda asarlar qaxramonlarini yaratishga qiziqish ham tobora orta boradi
(7 – 9 sinflarda). Misol uchun: A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” asari
qahramonlari obrazlari: Kumush, Otabek, Zaynab, O’zbekoyim ko’rinishidagi
qo’g’irchoqlarni yasab, zamonasining go’zal, iffatli, iboli qizi bo’lgan
Kumushbibining siymosini yaratish, albatta, qiziqarli. SHuningdek, boshqa
qahramonlarni ham. Kumush qo’g’irchoqlarni yasash jarayonida, albatta,
o’quvchi qizlar to’g’ridan – to’g’ri ishga kirishib ketavermaydilar. Ular yana bir
bor “O’tgan kunlar” asariga murojaat qiladilar. Asar qahramonlarning kiygan
liboslarini va ularning zamonasiga xos bo’lgan tikilish uslublarini bilishga
qiziqadilar. Qarabsizki, farzandingiz hunarli, badiiy adabiyotga bo’lgan
bilimlarini asar qahramonlarining sharqona odob – axloqini o’zlarida
shakllantira boradilar. Ko’rinadiki:
Adabiyot + san’at + estetika + tarix + mehnat – bular barchasi fanlararo
bog’liqlikni yuzaga keltiradi. Bu, albatta, o’quvchilarning yutug’idir. Mehnat
138
darslarida faqat tikish jarayoni bilan shug’ullanib qolmay, o’quvchilar uchun
o’qituvchi tomonidan “dam olish daqiqasi” e’lon qilinadi.
“Javohirlar olami” o’yini tashkil etiladi. O’quvchi tomonidan xalqimizning
hamda ulug’ donishmandlarning kasb – hunarga oid maqollari yozma tarzda
tarqatiladi va tezkorlik bilan sharhlab beriladi.
Masalan: Hunari bor kishining, unari bor ishining.
Olim kishini ezgu tutib, so’zini eshit,
Hunarini o’rganibon amal qilgin.
(M.Koshg’ariy)
O’qib o’rganilgan har bitta hunar,
Hunarmandga bir kun foyda keltirar.
(N.Ganjaviy)
Aql ko’pga yetkazar,
Hunar – ko’kka.
Tekin boylik axtarguncha,
O’zingga boq, hunar top.
- kabi so’z ko’rki bo’lgan mazmundor maqollar o’quvchining so’z
boyligini, nutq madaniyatini o’stiradi, yoshlarni mehnat, kasb – hunar, ilm –
fanga befarq qaramaslikka o’rgatadi, bu esa darsning interfaol usullaridan
biridir.
Umuman, milliy qo’g’irchoqlarni o’rganish o’quvchilarga ko’plab
ma’lumotlar beradi. Ularni darsdan bo’sh paytlarida ham hunar bilan mashg’ul
bo’lishlariga, izlanishlariga, o’z ajdodlari merosiga hurmat ruhida tarbiya
topishlariga, ularning yetuk, zukko bo’lishlariga muhim omil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |