Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 6 ноябрдаги 
“Ўзбекистоннинг янги тараққиёт даврида таълим-тарбия ва илм-фан 
соҳаларини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПФ-6108-сон 
Фармони; 
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 3 майдаги 
“Иқтидорли ёшларни аниқлаш ва юқори малакали кадрлар тайёрлашнинг 
узлуксиз тизимини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида” ПҚ-4306-сон 


331 
қарори; 
3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 26 ноябрдаги 
“Замонавий мактаб”ларни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”
ПҚ-4537-сон қарори; 
4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 13октябрдаги 
“Алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган болаларга таълим-тарбия бериш 
тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПҚ-4860-сон 
қарори; 
 
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATN TAHLILINI XALQARO 
TADQIQOTLAR TALABIGA MOS TASHKIL QILISH USULLARI 
M.Hazratqulov. - SamDU o’qituvchisi, 
M.Berdiqulova. - SamDU 2-bosqich talabasi 
Annotatsiya: Ushbu maqola matn tahlili uchun beriladigan PIRLS savol va 
topshiriqlarni xalqaro tadqiqotlar talabiga mos tarzda tuzishni o’rgatadi
.
Kalit so’zlar: Matn tahlili, tadqiqotlar talabi, PIRLS, Davlat ertagi, fikrlash.
Bolalarda fikrlar va g’oyalar ustida ishlash ko’nikma va malakalarini 
rivojlantirishda matn tahlili muhim rol o’ynaydi. Afsuski, o’quvchilar o’qish 
darslarida matn tahlili deganda ko’pincha matnni yoki she’rni tinish belgilariga 
rioya qilgan holda ifodali o’qib, tutilmasdan aytib berishni va matn yakunida 2-3 
ta sodda tuzilgan savollarga javob berish kerak degan yanglish tushunchaga 
egadirlar. Bu yanglish tushuncha esa ularni she’r yoki matnning mazmunini
chuqur anglash, mohiyatini tushunish, uni boshqa hikoya yoki she’rga
qiyoslab o’rganish imkonidan mahrum etadi. Buning natijasida o’quvchilar
matn tahlili jarayonida fikrlamaydilar. 
Har qanday matn ham bejizga yaratilmaydi. Undagi har bir so’z, har bir 
qahramon yoki epizod, hattoki arzimas bir detal ham shunchaki qatnashmaydi. 
Ularning barchasi o’quvchiga nimadir o’rgatishga xizmat qiladi. Bularni 
ko’rishi, sezishi uchun o’quvchi matnni qayta-qayta e’tibor bilan o’qishi kerak. 
Ammo aksariyat hollarda bunga ko’pchilik o’quvchilar ahamiyat bermay o’tib 
ketishadi. Oqibatda matn tahlili biz kutgan natijani bermasligi mumkin.
Misol uchun hammaga birdek tanish bo’lgan “Egrivoy va To’g’rivoy” 
ertagi qahramonlarinining xulq-atvori va tabiatiga xos bo’lgan asosiy 
xususiyatlarni aniqlash uchun ularning turli vaziyatlarga tushish sabablari, 
bunday holatlarda o’zlarinini qanday tutushi, vaziyatdan qay yo’llar bilan chiqib 
ketishi kabi holatlar o’rganiladi. Aksari hollarda matnnig bu qismi uchun 
o’quvchilarga beriladigan savollar bir xil bo’ladi. 
Masalan,1.Ertak yoki hikoya qahramoni bunday vaziyatga qanday tushib 
qoldi? 2.U bu vaziyatda o’zini qanday tutdi? 3.U bu vaziyatdan qanday chiqib 
ketdi? Ammo biz o’quvchilarga shunchaki matnni ichidan topib o’qib beradigan 
savollar emas, aksincha, ularga matnda e’tibor bermay o’tib ketgan joylaridan, 
ularni o’ylantiradigan, fikrlashga majbur etadigan savollar berishimiz kerak. 
Masalan, ertakning ushbu qismi uchun yuqoridagi talablarga mos quyidagicha 
savollar berishimiz mumkin: 1.Bir o’ylab ko’rinhgchi, Egrivoy nima uchun 
mana shunday salbiy xislatlarga ega ekan? Bunday xislatlar unda qachondan 
paydo bo’gan deb o’ylaysiz? 3.Shuncha yomonlik qilishiga qaramasdan 
To’g’rivoy Egrivoyga yana yordam beradi. Ushbu holatdan kelib chiqib siz 


332 
To’g’rivoyga nisbatan nima his qilyapsiz? 4.Siz To’g’rivoyni yaxshi tomonga 
o’zgarishini xohlarmidingiz? Buni qanday amalga oshirgan bo’lardingiz? kabi 
savollar tuzish mumkin. Aynan mana shu savollarga javob bera olgan 
o’quvchigina ertak qahramonining yangidan-yangi qirralarini ochib boroladi. 
Ana shunda o’quvchida mustaqil fikrlash paydo bo’la boshlaydi. Matn 
tagzaminidagi tarbiyaviy ta’limni tushunish va uni idrok qilish natijasida 
o’quvchilar matn tahlili jarayoniga sekin-asta kirib borishadi. 
PIRLS tadqiqotining asosiy maqsadi ham o’quvchilarning dars jarayoni va 
maktabdan tashqari vaqtdagi o’qish savodxonligini baholashdir. Ushbu o’qish 
savodxonligini baholashdagi matn tahliliga xalqaro tadqiqotning o’z talablari 
mavjud. 
Boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini 
baholashda PIRLS savol va topshiriqlaridan foydalaniladi. Ushbu savol va top-
shiriqlar tadqiqot talabiga mos tarzda tuziladi. Tadqiqotning konseptual 
qoidalariga muvofiq badiiy va informatsion matnlarni o’qish qobilyatining 4 ta 
guruhi baholanadi. 
Ular quyidagilar: 
1.Aniq ko’rsatilgan ma’lumotlarni topish. 
Test shaklida tuzilgan savollarga o’quvchilardan aniq ko’rsatilgan javobni 
topib belgilash talab etiladi.
2.Xulosalarni shakllantirish.
Bunda o’quvchilar matnni yaxshilab o’qib chiqqach o’z xulosalarini 
shakllantiradilar. 
3.Ma’lumotni talqin va sintez qilish. 
Bunda o’quvchilarga siz nima deb o’ylaysiz? Bir o’ylab ko’ringchi, 
sizningcha kabi so’zlar bilan tuzilga savollar beriladi, o’quvchilar matnni tahlil 
qilish jarayonida o’z fikrlarini bildiradilar. 
4.Mazmuni til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash. 
Matn tahlilidagi xalqaro tadqiqotlar talabiga mos ravishda tuzilgan savol va 
topshiriqlarga na’munalarni biz 4-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin egallagan 
“Davlat” ertagi misolida ko’rib chiqamiz [1.90.]. Matn yuzasidan savol va
topshiriqlar quyidagicha tuzilishi maqsadga muvofiq sanaladi: 
1.Nima deb o’ylaysiz, bir necha yildan buyon dehqon bilan yashab 
kelayotgan Davlat nima uchun birdan ketish fikriga keldi? 
A) Chol va uning oila a’zolari uni hafa qilishgandi
B) Dehqonning uyida yashashdan zerikkani uchun
C) Dehqonning davlati ortganidan so’ng boshqa kamba’gal – 
nochorlarga ham yordam berish uchun
D) Dehqonning uyida urush -janjal ko’p bo’lgani uchun 
1. Sizningcha, dehqon Davlatga ruxsat berishi uchun uydagilari bilan
maslahatlashishi shartmidi? Siz ham biron-bir ish qilishdan oldin oilangiz, 
yaqinlaringiz bilan maslahatlashasizmi? Iltimos, tanlovingizni tekshiring!
-Ha
-Yo’q 
Siz nima uchun bunday fikrda ekanligingizni tushuntiring


333 
1.__________________________________________________________ 
Davlat odamlarga xos bo’lgan qaysi fazilatlarni yaxshi ko’rarkan? Nima 
deb o’ylaysiz, siz buni qanday bildingiz ?
1.__________________________________________________________ 
2. Hikoyada “Aqlli obraz” sifatida kimni ko’rishimiz mumkin?
A) Dehqonning kelinini
B) Davlatni
C) Dehqonning kampirini
D) Dehqonni
3. Sizningcha, insonning mol-dunyosi bo’lmasa uning holi harob
hisoblanadimi? Fikringizni qisqacha bayon eting ! 
1_________________________________________________________ 
Dehqonning ko’ngliga taskin bergan narsa nima edi? 
A) Davlat orqali mol-dunyosi ko’payganligi.
B) Davlatning dehqon uyida qolmoqchoqligi.
C) Kelinining aytgan gaplari.
D) Oilasining sog’- salomatligi.
4. 
Nima deb o’ylaysiz, inson hayotida “davlat” qanday ahamiyatga ega?
1_______________________________________________________ 
5. 
Hikoyada voqealar ketma ketligini raqamlar bilan ifodalang. 
_.Dehqonning ko’ngli sal bo’lsa-da taskin topdi.
_.Dehqon Davlatga ruxsat berdi.
_.Davlat dehqonni kutib mehmonxona eshigi oldida turardi. 
_.Davlatning sharofati bilan dehqonning mol-dunyosi ko’paygandi. 
_.Davlat dehqon xonadonida umrbot qoldi.
_.Dehqon oilasi bilan maslahatlashib ko’rishini aytdi.
6. Qissadan-hissa chiqarishga urunib ko’ring, muallif bu hikoya orqali 
sizga nimalarni tushuntirmoqchi bo’lyapdi, deb o’ylaysiz?
A) Oilada hamma ahil-inoq bo’lib xursand yashasa, o’sha yerda
davlatning bo’lishi. 
B) Hamma bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishi.
C) Oiladagi birlik , hamma ishni maslahatlashib bajarish kerakligi.
D) Tozalik, poklik, tinchlik bo’lgan yerda barakaning bo’lishi.
7. Hikoya yakunida davlatda dehqonning oilasiga nisbatan qanday his-
tuyg’u paydo bo’ldi?
A) Vafodorlik 
B) Mehr
C) Aybdorlik 
D) Minnatdorlik 
8. Bir o’ylab ko’ringchi, dehqonning shuncha mol-davlati, yerlari bo’la 
turib nima uchun Davlatning ketishini xohlamadi, axir uning shuncha boyligi 
umrining oxirigacha yetardi-ku?
1._________________________________________________________ 
9. Muallif bizga “davlat”ning shaxs yoki ramziy obraz ekanligini aytib 
o’tmadi. Davlat ramziy obraz ekanligiga bitta misol keltiring . 


334 
1._______________________________________________________
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish kerakki, xalqaro tadqiqot talablari asosida 
tuzilgan PIRLS topshiriqlari o’quvchilarni kengroq fikrlashga, ularning bilim 
saviyasini oshirishga juda katta yordam beradi. Yosh avlodga vaqtida berilgan 
yetarlicha e’tibor va to’g’ri tarbiya ularni haqiqiy “komil inson” qilib 
tarbiyalaydi. Bunday insonlarda faqat yangi g’oyalar va yaratuvchanlikka 
intilish bo’ladi. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish