Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Ахмаджонова Ё.Т. PISA –ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ МЕЗОНИ 
// Аграр фан назарияси амалиётидаги дозарб муаммолар ва уларнинг 
ечимлари.-2020.T-821 бет. 4 том. 
2.Ахмаджонова Ё.Т. PISA: “Студентов нужно научить думат, а не 
запоминать» // Научный журнал “Гуманитарный трактат”, выпуск 
№101,с.12-15 
3.Yaxshieva Z. Z.,Ahmadjonova Yo. T.,PISA : “O‘QUVCHIGA YODLASHNI 
EMAS, 
FIKRLASHNI 
O‘RGATISH 
KERAK”//INNOVATSION 
RIVOJLANISHDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING DOLZARB 
MASALALARI.-2020. 33-35 bet. 
O’QUVCHILARINGIZNI BAXOLAYAPSIZMI? 
(yoki bu borada 20 - maslahat) 
A.V.QAYUMOV-(JDPI) 
O’qituvchi uchun eng muhum sifat – insonparvarlik fazilatidir. 
Insonparvarlik munosabatlari o’quvchi shaxsiga qiziqish, unga xayrixoxlik 
ko’rsatish, yordam berish, fikrini hurmat qilish, qobiliyat va iste’dodlarini 
namoyon qilishiga sharoit yaratish kabilarda o’z ifodasini topadi. Olimlar 
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning guvoxlik berishicha, 85% o’quvchilar 
o’qituvchining adolatligini birinchi o’rinda qadrlaydilar. Adolatparvarlik esa – 
o’qituvchilik kasbining ajralmas qismidir. Faoliyat taqozosiga ko’rsa o’qituvchi 
o’quvchilarning bilimi, malakalari va xatti – harakatlarini muntazam baxolab 
borishi lozim. Aynan mana shunga qarab o’qituvchiga nisbatan o’quvchilarda 
munosabat (ijobiy - salbiy) tarkib topadi. Bundan boshqa hech bir narsa 


318 
adolatlilikchalik o’qituvchi hurmatini va jamoadagi mavqeasini yuksaltira (yoki 
aksi) olmaydi. Demak, o’z o’rnida adolatsizlik tarbiyaga katta zarar yetkazadi. 
O’qituvchining o’z ishiga yuzaki munosabati va baxolashdagi adolatsizligi 
o’quvchilarda nafrat va kinoyali kulguni keltirib chiqaradi. 
Endi savol: Biz o’qituvchilar o’quvchilar bilimini adolatli 
baxolayapmizmi? Baxolashning adolat mezonlariga har doim ham rioya 
qilayapmizmi? Adolatsizlik oqibatida o’quvchilarni ta’limdan bezdirib 
qo’ymayapmizmikin? 
O’quvchilar bilimini to’g’ri, tartibli hisobga olib borish – maktabda ta’lim 
– tarbiya ishlari sifatini yuhori ko’taradigan muhim tadbirlardan biridir. 
O’quvchilar bilimini adolatli baholash va uning natijalari ta’lim samaradorligini 
oshiruvchi omil sifatida bir necha xulosalar mavjud. Ular quyidagilar: 
1. O’quvchilar bilimiga baxo qo’yish - o’tilgan dastur materialini ularning 
qanchalik o’zlashtirib olganini va bu o’zlashtirishning sifatini (ongli ravishda, 
mustahkam, chuqur yoki yuzaki, mexanik ravishda) sinab ko’rish demakdir. 
2. O’quvchilar bilimini hisobga olishda ularning bilimidagi kamchiliklar o’z 
vaqtida aniqlanadi va ularni bartaraf etish choralari ko’riladi. Bu tadbirning ham 
samara berishi tayin. 
3. O’quvchilar bilimiga baxo qo’yishning yana bir yaxshi tamoni shundaki, 
o’quvchilar ilgari o’tilgan mavzularni ma’lum darajada takrorlaydilar. 
Takrorlash esa ta’lim sifatini oshiradi.
4. O’quvchilardan o’tilgan mavzu so’ralayotgan jarayonda, ular o’z 
o’rtoqlarining javoblarini tinglaydilar va natijada o’z bilimlarini to’ldirib borish 
imkoniyatiga ega bo’ladilar.
5. O’qituvchi o’quvchilar bilimini xisobga olish natijasida va javoblarni 
eshitish bilan birga o’tilgan mavzu qanchalik o’zlashtirilganligini aniqlaydi. Bu 
xulosa o’z o’rnida yangi materialni qachon va qay tartibda o’tish, avval o’tilgan 
materiallarning qaysilarini takrorlash va mustaxkamlash lozimligini belgilaydi. 
6. O’quvchilar bilimiga o’z vaqtida baxo qo’yib borishning tarbiyaviy 
axamiyati ham katta. Bu ish o’quvchilarni qunt bilan tuntazam ishlashga, darsda 
diqqat bilan o’tirishga, berilgan vazifalarni o’z vaqtida sifatli bajarishga 
odatlantiradi.. 
7. O’quvchilar bilimini doimiy baxolab borish ularning ota – onalari bilan 
yaqindan aloqa bog’lash vositasi bo’lib xizmat qiladi. 
8. O’quvchilar bilimini o’z vaqtida baxolab borish maktab ma’muriyatining 
o’quvchilarning darslarni qanday o’zlashtirib borayotganlidan xabardor bo’lib 
turishiga va o’qitish sifatini yanada yaxshilashda raxbariyatning o’qituvchilarga 
yordam berishga imkoniyati vujudga keladi. 
9. O’quvchilar bilan doimiy ravishdagi savol – javoblar, ularning fikrlarini 
kuzatish va o’z vaqtida adolatli baxolab borish o’qituvchi bilan o’quvchi 
o’rtasida bevosita mustahkam aloqa o’rnatishga xizmat qiladi. 
10. O’quvchilar bilimini so’rash – sinash jarayonidagi savol – javoblar 
bolalar nutqini rivojlantiradi, bu esa davr talabi. 
11. Mantiqiy to’g’ri tuzilgan savol o’quvchining aniq va ijodiy fikrlab javob 
berishiga sabab bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda savoldagi har bir so’zning 


319 
o’quvchiga tushunali bo’lishi zarur, savolda notanish yoki kam ishlatiladigan 
so’zlar, maxsus kasbga oid atamalar va istemoldan chiqib ketgan so’zlar 
bo’lmasligi kerak.
12. O’quvchi savolga to’la yoki aniq javob qaytarmasa, yordamchi savollar 
berish zarur. Bu toifadagi savollar asosiy savolga yoki topshiriqqa to’g’ri javob 
berishni osonlashtirishi lozim.
13. O’qituvchining sinash savoli tasodifiy bo’lmaslilik kerak. CHuqur 
o’ylanmagan va yo’l – yo’lakay paydo bo’lgan savollar o’quvchini chalg’itadi, 
baxolanishning adolatsizligiga olib keladi. O’qituvchi darsga tayyorlanganida 
kimdan nimani so’rashni bilib olishi lozim.
14. O’qituvchi o’quvchilarning har birini tez – tez baholab turishi zarur, 
negaki o’quvchining kam baholanishi choraklik baholarining tasodifiy baho 
bo’lib qolishiga sabab bo’ladi.
15. O’quvchilar bilimini hisobga olishni chorak oxiriga qoldirish kutilgan 
natijaga olib kelmaydi. Bu davrda deyarli hamma o’qituvchilar butun chorak 
materiallarini so’rab baholashlari natijasida o’quvchilar haddan ziyod band 
bo’lib qoladilar. Bu hol o’quvchilarni chorak davomida beparvolik bilan 
o’qishga va faqat chorakning oxiridagina shoshib ishlashga odatlantiradi.
16. O’quvchilar bilimiga baho qo’yishga loqayd munosabat. Darslik matnini 
to’g’ridan – to’g’ri, aynan aytib bergan o’quvchining yoki bergan javobida 
anchagina kamchilik bo’lgan o’quvchining bilimiga, surushtirmay yuqori baho 
qo’yish kabilar ana shunday loqaydlik ko’rinishlaridandir. 
17. “Qoniqarsiz” bahoning me’yoridan ziyod qo’yilishi har doim ham foyda 
keltiravermaydi. Bunday baho qo’yish xatodir. Negaki muntazam “ikki” bahoga 
ega bo’lgan o’quvchida o’qishga va umuman maktabga nisbatan sovish 
shakllanadi, ta’lim olishga intilish susayadi, o’ziga past baxo beradigan bo’ladi.
18. Bolalar sho’x, bolalar o’yinqaroq, ular ayrim hollarda intizomni buzishga 
ham moyildirlar. Aynan mana shunday paytlarda ayrim o’qituvchilar intizomni 
buzgan o’quvchilarga sinf jurnaliga yomon baho qo’yadilar. Bu baho haqiqatda 
uning xulqiga emas, balki bilimiga qo’yilgan baho bo’lib qoladi, ular bolaning 
xulqiga qo’yiladigan bahoni farq qilmaydilar.
19. O’quvchilarning javoblari eshitish ham o’qituvchidan ma’lum ko’nikma – 
malakalarni talab etadi. Ya’ni, javob tinglashda o’qituvchi samimiylik bilan 
boqishi, ma’qullash ma’nosidagi bosh irg’itishlar, javobdan qoniqish qiyofasini 
ifodalash kabi ko’rinishlar o’quvchini ilhomlantiradi va u to’g’ri fikrlab, javob 
berayotganligiga amin bo’ladi.
20. O’quvchi bilimiga qo’yilgan baholarni o’z vaqtida sinf jurnaliga qayd 
etish zarur. Bilimga qo’yilayotgan baxo nafaqat e’lon qilinishi, balki bahoga 
izoh (kichik bo’lsada) berish ham zarur.
Ko’rinib turibdiki, o’quvchilar bilimini hisobga olish va unga baho 
qo’yish, bahoni o’quvchilarga va ularning ota – onasiga ma’lum qilish, nihoyat, 
tekshirish natijalarini sinf jurnaliga va o’quvchilarning kundalik daftariga yozib 
borish – ta’lim jarayonining ajralmas qismidir.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish