Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

 
Keywords: PISA, international research, international assessment program, creativity, 
cognition, interdisciplinary integration 
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 
natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha 
sohalarda malakali kadrlar va etuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada 
oshirmoqda.
Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish 
va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishini 
talab etadi. 
Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat 
xorijiy mamlakatlardagi kabi, ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va 
monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni 
sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. 
Ta’lim sifatini baholash halqaro tadqiqotlarda ishtirok etish O‘zbekistonga 
nima beradi? 
• Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro 
standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar 
chiqarish imkonini beradi. 
• Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish 
hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishga 
zamin bo‘ladi. 
• Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
• Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy 
baholash tizimini yaratish imkonini beradi. 
• O‘zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan 
holda 
xalqaro 
tadqiqotlarda 
ishtirok 
etish 
orqali 
mahalliy 
mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati 
rivojlanadi, 
ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga 
moslashuviga olib keladi. 


316 
• Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro 
tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab 
chiqish imkonini beradi 
Dastur 1997 yilda joriy etilgan bo‘lib, har uch yilda bir marta o‘tkazib 
kelinadi. Birinchi marta 2000 yilda 43 mamlakat o‘quvchi-yoshlari o‘z 
bilimlarini sinab ko‘rgan bo‘lsa, 2018 yilda 78 ta mamlakat qatnashdi. 2021 
yilda ishtirokchi davlatlar orasida O‘zbekiston ham bo‘ladi.[1,824] 
2018 yil 12 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini 
nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot 
tashkiloti o‘rtasida xalqaro o‘quvchilar bilimini baholash (PISA) dasturida 
ishtirok etish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi. 
PISA – o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha 
xalqaro dastur bo‘lib, dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o‘quvchilarning 
o‘qish savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik 
darajalarini turli xil testlar ko‘rinishida baholashdan iborat.
Ushbu loyiha o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, olgan 
bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu 
ko‘nikmalarni ularda hosil qilishga undashdir. Bu dasturda qatnashish , testlarni 
o‘tkazish yoki o‘quvchilarni testga tayyorlash emas, bugungi kun talablariga 
javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni nazarda tutadi. 
Ayni paytda respublika bo‘yicha 15 yoshli o‘quvchilar soni taxminan 600 
ming nafarni tashkil etadi. PISA dasturi imtihoni uchun turlicha imkoniyatga 
ega maktablardan teng ravishda tasodifiy saralash orqali ishtirokchilar tanlab 
olinadi va mana shu o‘quvchilar butun mamlakat vakili sifatida ishtirok etishadi. 
2021 yilda O‘zbekistondan taxminan 300 ga yaqin maktab va taxminan 12 
mingdan ortiq o‘quvchi sinovda ishtirok etadi [2,14]. 
Aynan 15 yoshli o‘quvchi yoshlar o‘rtasida dasturni amalga oshirilishini, 
sababi esa ushbu yoshda aksar iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga 
a’zo davlatlarning o‘quvchi yoshlari majburiy ta’limning oxirgi bosqichiga 
o‘tishadi. 
Ushbu dasturning mukammalligi shundaki ushbu dastur butun dunyo 
bo‘yicha aynan 15 yoshli o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikma darajalarini 
o‘lchovchi yagona dastur bo‘lib xizmat qiladi. 
Oldimizdagi dolzarb vazifalar Xalqaro miqyosdagi test sinovlaridan 
o‘tishga tayyorlayotgan o‘g‘il-qizlarimiz, shu talabga javob beradigan bilim, 
malaka, ko‘nikmani egallagan va ularda shunga muvofiq kompetensiya 
shakllangan bo‘lishi lozim:[3,34] 
• O‘qish (ona tili), matematika va tabiiy fanlarni (fizika, kimyo, biologiya, 
geografiya) o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv 
metodlardan samarali foydalanish; 
• Tabiiy fanlarni (fizika, kimyo, biologiya, geografiya) o‘qitish jarayonida 
fanlararo integratsiyani kuchaytirish, fanni turli sohalarga va hayotiy 
jarayonlarga bog‘lab o‘qitish; 
• Fizika, kimyo va biologiya fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni (laboratoriya, 
masalalar echish) yanada samarali tashkil etish ; 


317 
• Sinfdan tashqari fan to‘garaklarida o‘quvchilarning kognitivlik va 
kreativlik xususiyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzularda 
mashg‘ulotlar olib boorish; 
• O‘quvchilarning kognitivlik va kreativlik xususiyatlarini aniqlashga 
yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarini yaratish va joriy, oraliq, yakuniy 
nazoratlarda muntazam ravishda qo‘llash; 
• Aniq, tabiiy va filologiya yo‘nalishdagi tayanch maktablari seminarlarida 
xalqaro baholash dasturlari, ularda foydalanadigan topshiriqlar bo‘yicha 
mashg‘ulotlar olib borish; 
• Umumta’lim maktablarini zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari, 
internetdan foydalanish imkoniyatini va sifatini yaxshilash; 
• Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini 
shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda 
o‘tkazib borishdir. 
Yuqoridagi 
vazifalarning 
o‘z 
vaqtida 
va 
sifatli 
bajarilishi 
mamlakatimiz ta’lim 
tizimining 
xalqaro 
ta’lim 
jarayoni 
bilan 
integratsiyalashuvini ta’minlaydi, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini tarkib 
toptirish va rivojlantirish , kelgusida ularning ongli ravishda kasb tanlashi, 
mustaqil hayot va jamiyatda faol fuqoro sifatida o‘z o‘rnini topishiga imkon 
beradi. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish