Boshqarish kafedrasi maktab muzeylari yoshlar ongida qadriyatlarni shakllantirish omili mavzusidagi


Yoshlarni milliy an`analar ruhida tarbiyalashda maktab muzeyi



Download 260,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana31.12.2021
Hajmi260,27 Kb.
#220507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maktab muzeylari yoshlar ongida qadriyatlarni shakllantirish omili

2.2. Yoshlarni milliy an`analar ruhida tarbiyalashda maktab muzeyi 

tadbirlarning o`ziga xos xususiyatlari. 

 

Mamlakatimizda yosh avlodni ma`naviy etuk, vatanparvar va insonparvar kishilar 



sifatida tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz muhim o`rin tutadi. Bu qadriyatlarni 

o`rganish, to`plash, zamon talablariga mos xolda rivojlantirish zarur. SHundagina 

bu qadriyatlarning qimmati oshadi, kelgusi avlodlarga yanada boyigan holda etib 

boradi. 


Ta`lim islohotlarini o`rganish jarayonida qiziq xolat ko`z oldimizda namoyon 

bo`ladi. Ma`lumki, O`zbekistonning 130 yillik asoratdagi tarixi ikki xil 

mustamlaka davriga to`g’ri keladi. Birinchisi CHor Rossiyasi, boshqasi qizil 

imperiya davri. Bu ikki xil mustamlakachilik siyosatining ham emirilishi davri bor. 

Ayni shu davrda milliy ozodlik xarakati namoyondlari, yurtning boshidagi millat 

fidoiylari ta`lim islohoti borasida fikrlaganlar,islohotni amalga oshirish, taraqqiyot 

yo`llarini qidirganlar. 

                                                            

1

 Norqo`ziev S. Maktabimiz tarixi muzeyi. Namangan. 2005. –B.10. 




 

42

CHor Rossiyasining emirilishi davri mahalliy ziyolilar – jadidlarning milliy 



ozodlik xarakatiga to`g’ri keldi. 1917 yilgacha bo`lgan mazkur xarakatlarning 

mohiyatida ta`limni isloh qilish, rivojlangan davlatlardagi ilg’or jixatlarni 

o`zimizga moslab olish g’oyasini ilgari surilgan, maktablar ochishgan, darsliklar 

chiqarib bolalarni o`qitishgan

1



SHuni ham ta`kidlash kerakki, ayrim xolatlarda O`rta Osiyoga mutaxassilar 



kelishining ijobiy jihatlari ham bo`lganligini ta`kidlash joiz. Samarqand me`moriy 

obidalari bilan tanishib qaytgan shvetsiyalik me`mor Martin Rossiya moliya vaziri 

S,Vitega yozgan xatida shaxardagi me`morchilik ansamblining jahon madaniyati 

uchun ulkan ahamiyatini ta`kidlash bilan birga, bu ulug’vor yodgorliklarni 

muhofaza qilish va o`rganishni tashkil etishni so`raydi. Natijada 1985 yili bu tadbir 

uchun ma`lum mablag’ ajratilib, o`lchash, chizmalar chizish tadqiq ishlari boshlab 

yuboriladi. “Go`ri Amir” fotoal’bomi ham shu davrda nashr etiladi

2



Ana shunday xarakatlar Namanganda ham boshlanib 1920 yil 20 avgustda 

Namangan shahridagi 1-maktabning fizika o`qituvchisi Vladimir Ivanovich Ivanov 

tashabbusi bilan birinchi maktab muzeyiga asos solingan edi

3

. (Keyinchalik bu 



viloyat o`lkani o`rganish muzeyiga aylantirilgan). 

Bundan maqsad o`quvchilarning sinf xonasida olgan bilimlarini amaliy 

mustahkamlash, tabiat mo`jizalarini ko`zi bilan idrok etish, ajdodlarimiz 

tomonidan yaratilgan uy-ro`zg’or, mehnat qurollari, xunarmandchilik buyumlarini 

o`z davri uchun ulkan tarixga ega bo`lgan bu nodir-noyob eksponatlar jamlamasini 

tashkil etish o`quvchilar kuchi bilan amalga oshirilgan bu narsa ham o`z-o`zidan 

o`quvchi yoshlarda o`tmishga bo`lgan xurmat tuyg’ularini shakllanishida katta 

omil vazifasini bajarib kelgan. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov so`zlari bilan aytganda! “Muzey 

– xalq tarixin ko`zgusi ekanligini nazarda tutgan, u shu xalqning farzandlari – 

kelajak avlod qalbida faxr-iftixor tuyg’usini uyg’ota olishi kerak. Bizning 

vazifamiz esa buyuk tariximizni mana shuday ma`rifiy maskanlar yordamida 

                                                            

1

 Karimov I.A. BArkamol avlod orzusi. T.: SHarq, 1999. –B.89. 



2

 Nuriddinova D. O`zbekistonda muzey ishi tarixi. T.: San’at. 2000. –B.14. 

3

 Mirzalieva e. Namangan viloyat o`lkani o`rganish muzeyi. Kecha va bugun. Farg’ona. 2010. –B.10. 




 

43

avlodlarimizga to`laligicha etkazib berishdan iborat”. Ha, haqiqatan bu haq gap. 



Bu borada maktab muzeylarida olib borilayotgan ilmiy ommaviy ishlar, 

tadbirlarning o`rni ahamiyati kattadir. 

Muzeylar o`zining ekspozitsiyalari ko`rgazmalari va fond kollektsiyalari 

yordamida keng aholi orasida ilmiy-ma`rifiy tadbirlarni olib boradi. Ularning 

asosiy shakllari quyidagicha: 

1.  Ekspozitsiya va ko`rgazmalar bo`yicha umumiy va mavsumiy suxbatlar 

o`tkazish. 

2.  Maktab o`quvchilari, talabalar bilan mashxur shaxslar xayoti va 

faoliyatiga bag’ishlangan uchrashuvlar o`tkazish. 

3.  “Vatan himoyachilari” 

4.  “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” 

5.  “Navro`z bayram” 

6.  “Xotira va qadrlash kuni” 

7.  “Xalqaro muzeylar kuni” 

8.  “Xalqaro bolalarin himoya qilish kuni” 

9.  “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni” 

10.  “Mustaqillik bayrami” 

11.  “Ustoz va murabbiylar kuni” 

12.  “Konstitutsiya kuni” 

Muzeyda tashkil etilgan yoki maktabda tashkil etilgan fan to`garaklarining “Yosh 

tabiatshunos”, “Yosh ekolog”, “Yosh tarixchi”, “Yosh ekskursovod” “Yosh 

qalamkash”, “Yosh musavvir” faoliyati o`quvchilarni o`zlariga jalb qilish orqali 

yoshlarda Ona-Vatanga mehr-muhabbat tuyg’ularini shakllantirishga e`tibor 

qaratilmoqda. 

Masalan, 1997 yil O`zbekiston ko`xna sharharlari Xiva va Buxoro shaharlarining 

2500 yilligi yubileyiga Namangan shahridagi 40-maktab qoshidagi o`lkashunoslik 

muzeyining to`garak a`zolari juda ko`p ishlarni amalga oshirdilar. Bunga 9-a, 6-v, 

8-a sinflari ma`naviyat daftari, ko`rgazmalar tayyorladilar va eksponatlar 

to`pladilar.  



 

44

Umuman, ma`naviyat-ma`rifat tarbiyasining qirralari katta. SHuningdek, qaysi 



maktab qanday qirralari bilan shug’ullanadi, o`sha maktabga xavola. Hech kim 

sizlar mana bu mavzu bilan shug’ullaning deb buyruq berolmaydi. 

To`garak a`zolari muzeyning ma`naviyat bo`limida “Ona Vatan O`zbekiston 

istiqloli o`zligini bilishdan iboratdir” degan yo`nalishda quyidagi ma`naviyat 

tarbiyasi rejasi bo`yicha ish olib boradi. 

1.  Vatan ma`naviyati (Konstiutsiya va huquq) 

2.  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ma`naviyat. 

3.  Ma`naviyat namoyondalari. 

4.  Urf-odatlar ma`naviyati. 

5.  Bizning qadriyatlarimiz ma`naviyati. 

6.  O`zbekiston sof tili va ma`naviyati. 

7.  O`zbekistonda umuminsoniy ma`naviyat. 

8.  Odam ma`naviyati. 

9.  Ishchi ma`naviyati. 

10. O`qituvchi ma`naviyati. 

11. Rahbar ma`naviyati. 

12. San`at ma`naviyati, ashula, raqs, adabiyotshunoslik. 

13. Rassomchilik ma`naviyati. 

14. Oila ma`naviyati va boshqa shunga o`xshagan ma`naviyat turlarini 

insoniyat maktabda, ishlash joyda o`zida mujassamlashtirsa, u inson 

ma`naviyatini tushungan bo`ladi. 

Namangan shaxridagi 40-maktab o`lkashunoslik muzeyida to`garak a`zolari 

ma`naviyat namoyondalari, urf-odatlar, qadriyatlar, tarixiy voqealar, tabiiy 

go`zalligiga ko`proq e`tibor qaratadilar, muzey uchun materiallar to`playdilar. 

1997-1998 o`quv yilida 8-9 sinflardan 62 ta o`quvchi qatnashib, tarixiy 

shaxarlarimiz Xiva va Buxoroga bag’ishlab material yig’ib, eksponat to`pladilar. 

Bularga 8a sinfdan Nodira Sattarova, Muxayyo Ahmedova va boshqalar shularga 

o`xshagan o`quvchilar 59 ta maktab muzeyi uchun eksponat materiallari 




 

45

to`pladilar. Bular ma`naviyat nomoyondalari, qadriyatlar va urf-odatlarimiz 



boyliklaridir

1



Mustaqillik tufayli maktab muzeylarimizda olib borilayotgan ilmiy-ommaviy 

ishlarning mazmun-mohiyati o`zgarishi bilan yuqori saviyaga ko`tarilganligi va bu 

borada rang-barang tadbirlar o`tkazilayotganligini ko`rishimiz mumkin. O`quvchi-

tarbiyachilar va murabbiylar esa muzey ekspozitsiyasi ko`rgazma zallari, talaba 

o`quvchi yoshlar uchun amaldagi ko`rgazmali o`quv quroli bo`lib xizmat qilishi 

mumkinligini yaxshi bilishadi. SHuning uchun ilmiy-amaliy ochiq darslarni 

bevosita muzey ko`rgazma zallarida jonli o`tkazishlari muntazam yo`lga 

qo`yilganligi o`quvchilarda nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlashlarida katta 

manbaga aylangan. 

O`quv tadbirlarni muzeyda tashkillashtirish va o`tkazishdan maqsad shuki, har bir 

tadbir jonli o`z davrining nodir, noyob eksponatlaridan foydalanib, ko`rgazmasi 

o`tkazilishi yoshlar qalbida ajdodlarimiz merosiga bo`lgan xurmat, extirom 

tuyg’ulari kuchayishida katta omil vazifasini bajaradi. 

Milliy-ma`naviy meros millat shakllanishining turli tarixiy bosqichlarida ajdodlar 

aql-zakovati, urf-odat, an`ana va qadriyatlari, ma`naviyati, dunyoni anglashi, tabiiy 

boyliklarldan foydalana bilishi borasida to`plangan ijobiy tajribalari, maxorati, 

salohiyatining majmuasidir. 

SHunga ko`ra milliy-ma`naviy meros millatning bevosita o`ziga tegishli bo`lgan 

boylik hisoblanadi. SHuning uchun ham u millatning taraqqiy qilishida unga g’oya 

va tajriba manbai bo`lib xizmat qiladi

2

. Prezidentimizning quyidagi so`zlari ham 



buni tasdiqlaydi, “Biz bugun ayrim davlatlardan moddiy nuqtai orqaroqda bo`lsak-

da, ma`naviyat nuqtai nazardan qaraganda, ulkan g’urur bilan aytishimiz mumkin: 

buyuk ajdodlarimizdan qolgan qadriyatlar va urf-odatlarga, nasl-nasabimiz va 

qonimizga singib ketgan buyuk xayotbaxsh kuchga egamiz. Bu boradagi 

ustunligimiz butun ma`rifiy dunyoda e`tirof etilgan. Ana shu qutlug’ merosga 

munosib bo`lib yashash, bu beqiyos boylikni yanada boyitib-rivojlantirib, milliy 

                                                            

1

 Nuriddinov A. O`lkashunoslik Xalq muzeyi ta`lim-tarbiya makoni. Namangan. 2001. –B.21-22. 



2

 Xayitov Z. Ma`naviy meros va milliy o`zlikni anglash. // Tafakkur. 2007. №3. –B.112-113. 




 

46

o`zligimiz va umuminsoniy qadriyatlar asosida kelajagimiz binosini barpo etish 



muqaddas burchimizdir”.

1

 



Ana shuning uchun ham muzeyda va muzeydan tashqarida o`quv yurtlari bilan 

hamjixatlikda o`lkamizdan chiqqan sharq olimlar tavallud kunlarini nishonlashni 

muntazam yo`lga qo`yilganligi quvonarli xoldir. Ahmad Farg’oniy, Bobur, 

Mashrab, So`fizoda, Ibrat, CHustiy, Xabib Sa`dulla va boshqalar shular 

jumlasidandir. 

Muzeyda o`tkaziladigan tadbirlar ichida 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni”, 9-

may “Xotira va qadrlash kuni”, 31 avgust “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni” 

alohida shukuh bilan o`tkaziladiki, har doim bu tadbirlarda uch avlod vakillari 

uchrashib, dildan suxbat quradilar. 

Maktab muzeyida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 40 yilligiga 

bag’ishlangan tadbirda 1985 yil 7 mayda o`tkazilgan 299-diviziyaXarkovdagi 

urush ishtirokchilariga bag’ishlangan uchrashuvda faxriylar o`zlarining turli foto 

suratlarni, tarixiy yodgorliklar, suvenirlari, xujjatlarini sovg’a qilishdi.  

Maktabning “SHon-shuxrat” (Xotira) xonasida har xil tadbirlar o`tkazish yo`lga 

qo`yilgan. Maktabning tarix o`qituvchisi Mukarramxon Meliboeva jasorat yo`li 

degan kecha o`tkazdi. Kecha “Otalarimiz Vatan posbonlari”, “CHet ellardan 

xabarlar” degan al’bomlar tayorlandi. SHuning uchun urush faxriylari bilan 

uchrashuv tashkil etildi. 

Maktabning rus tili o`qituvchisi Simaxon Satimbaeva shu yillarni unitib bo`lmaydi, 

Mavludaxon Vaxobova “Olovli yo`llar”, Juraxon Toshpo`latova maktabning til va 

adabiyot o`qituvchisi “Endi urush bo`lmasligi kerak” degan mavzuda al’bom 

tayyorlashdi va shon-shuxrat, mehnat xonasiga sovg’a qilib topshirdilar. 

O`zbekistonda 1986 yil 30 mart kuni o`tkazilgan birinchi xotira kunida xotira 

shon-shuxrat xonasidagi marxumlarning qilgan jasoratini xotirlash maqsadida 

alohida 27-26 mart kunlari belgilandi. O`sha kunlari turli shkaflarni xonaga olib 

kirib ota-onasi xaqida xotirlash darsi o`tkazildi. 

                                                            

1

 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot – pirovard maqsadimiz. 8-j. T.: O`zbekiston. 2000. –



B.31. 


 

47

Bundan tashqari O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan shifokor, shaxrimizda sog’liqni 



saqlash ishlarida ko`p ishlarni amalga oshirgan, Urush ishtirokchisi Murodilla aka 

Mirsaidov va Abduxalil Farxodov 1941 yil qish oyida Moskva bo`sag’asida nemis-

fashistlar xujum qilib “Moskvaga bugun kiramiz ertaga kiramiz” deb butun 

dunyoga jar solayotgan vaqtlarida bu shaxarni saqlab qolishda o`zining xissasini 

qo`shgan, Karnat tog’lari etaklaridagi jangda va Vengriya, Ruminiyani ozod 

qilishda qatnashgan urush ishtirokchilaridir. U urushgacha va urushdan so`ng turli 

mehnat tashkilotlarida ishlagan. 

Abduxalil aka xaqida 1964 yilda nashr qilingan “Mardlik xissalari” degan to`plam 

kitobda “Farxod o`g’li” sarlavxasi laxvada Abduxalil akaning jasorati xikoya 

qilingan. 

Xotira kunida Abduxalil akaning o`g’illari, qizlari, kelinlari, nabiralari bo`lib 21 

kishi kelishdi. Mirsaidovlar oilasidan 11 kishi keldi.  

Murodilla akaning umr yo`ldoshi Oliyaxon opa G’offorova bilan Namangan 

pedagogika institutida birga ishlagan filologiya fanlari nomzodi Teshaboy 

G’oziboev, marxum Oliyaxona opaning shogirdi J.Toshpo`latov, M.Maliboevlar 

qatnashib o`zlarining xotira kuniga bag’ishlangan vatanparvarlik, shogirdlik 

so`zlarini oila a`zolari o`z ustozlariga sodiqlik ramzini bildirdilar. 

Norin tumanidagi 44-o`rta maktab qoshidagi maktabimiz tarixi muzeyida 

o`tkazilayotgan tadbirlarga quyidagilar kiradi: 

1.  O`quvchilarning maktab tarixiy taraqqiyoti bosqichlari bilan mufassal 

topshirish. 

2.  Maktabda turli davrlarda ishlagan o`qituvchilarning va o`qigan 

o`quvchilarning, maktab jamoasining qishloq va maktab xayotini 

yakunlashga qo`shgan ulkan xissalarini ko`rsatib berish. 

3.  Jamiyatimizda, el-yurtimiz xizmatiga ko`plab o`qmishli, iqtidorli 

mutaxassis kadrlar etishtirib berayotgan, tuman va qishloqning bosh ziyo 

chashmasi bo`lgan maktabimiz bilan faxrlanish, uning muayan 

an`analarini o`rganish va ularni munosib davom ettirishga o`quvchilar 

ishtiyoqini kuchaytirish. 



 

48

4.  O`quvchilarni “Men ota-onam, maktabim va qishlog’im uchun, jonajon 



o`lkam uchun nima ish qilishim mumkin, nima qila olaman va xozirda 

qanday foyda keltimoqdaman” degan xayotiy sovg’aga ijobiy javob 

berishga, o`ziga xos kasb-xunar va xayot yo`lini tanlashga ko`mak 

berish, o`z kuchiga ishonch, o`z maqsadlari uchun kurashishga ijodiy va 

turtki-dalda berish. 

Ana shu maqsadlarni amalga oshirish niyatida muzey o`zining yillik ish rejasini 

tuzadi, shu rejaga muvofiq fanlar bo`yicha ochiq darslar, turli ko`rgazmalar, 

ko`rik-tanlovlar, uchrashuvlar, xotira va qadrlash marosimlari, bitiruvchilarning 5 

yillikdan tortib 50 yillikgacha yubileylarini o`tkazib turiladi. 

2001 yil avgust oyida maktabning 1991 yil bitiruvchisi, iste`dodli yosh olim, 24 

yoshida texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan Toxirjon Sultonov bilan 

uchrashuv, 1977 yil btiriuvchilaridan 96 nafar o`quvchining 25 yillik yubileyi, 

mexnat ta`limi o`quvchilaridan Zafarjon Ergashev va Ahmadjon 

Madumarovlarning 9-10 sinf o`quvchilari bilan kasb tanlash mavzusidagi ochiq 

darslari, tasviriy san`at o`qituvchisi Odiljon Mingboev tashabbusi bilan o`tkazilgan 

“YOsh ijodkor rassomlarning ishlari” ko`rgazmasi, VIII sinf o`quvchisi Oybek 

Karimovning “O`tmish tariximiz, zamonaviy dunyo va ona tabiat musavvir 

nigohida” mavzuidagi rangtasvir asarlar ko`rgazmasi, “Maktab muzeylari-

ma`naviyat o`chog’i” mavzusidagi viloyat tajriba-sinov anjumani juda maroqli va 

esda uzoq saqlanib qoladigan darajada o`tdi. 

Hozir muzeyimizda dargohimiz o`quvchilaridan tashqari, qo`shni maktablar 

o`quvchilarning, qo`shni tuman va viloyatlardan turli yoshdagi, turli kasbdagi 

mehmonlarning ekskursiyalari tez-tez bo`lib turadi. Muzey tashkil etilgan vaqtdan 

to hozirgacha 25500 dan ziyod kishi uning bo`lim va eksponatlari bilan tanishdi. 

Bularning ayrimlari muzeyning dastxatlar daftariga quyidagicha iliq fikrlarni 

bayon etishgan: 

Viloyat xalq ta`limi boshqarmasi hodimi Zayniddin Karimov “Maktabda barpo 

etilgan bu bebaho xazina Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov olg’a surayotgan 

eng dolzarb g’oyalarga yaqqol javob bo`la oladi. Ma`naviyatimiz milliy 



 

49

g’ururlarimiz, tariximiz, qadriyatlarimizni o`zida mujassam etgan bu dargoh buyuk 



kelajagimiz avlodlariga ajoyib bir mersodir”. 

SHu maktabda ishlagan sobiq o`qituvchi Nabijon BAratov “Bu muzey yoshlarni 

o`tmish bilan chuqur tanishtirish va kelajakka eltishda yo`lchi yulduz bo`la oladi”. 

Norin tumani Muqumiy nomli 35-o`rta maktab direktorining ma`naviy-tarbiyaviy 

ishlar bo`yicha o`rinbosari M.Nuriddinova “...muzey butun Namanganning so`lim 

qishlog’i – CHo`za qishlog’ining eng sara insonlarini ko`z oldingizga keltiradi. 

Domlaning o`lmas ishidan ilohmlanib, menda ham o`z qishlog’im tarixini 

yaratishga bel bog’lashdek orzu-niyat tug’ildi”. 

SHu maktabda 1946-1953 yillarda o`qigan, keyinchalik quruvchi injiner bo`lib 

etishgan Ergashali Rustamov “Maktabda bugun o`qiyotgan har bir o`quvchi o`ziga 

ibrat va namuna bo`ladigan katta ma`naviy tayanch borligini qalbdan his etadi”. 

Jurnalist Xakimjon Jambulov – Norinkapa qishlog’idan 

“Tomchida quyosh aks etganidek, mazkur maktab muzeyida butun boshli 

O`zbekiston xalq ta`limining o`ziga xos tadrijiy yo`li o`z ifodasini topibdi. Uning 

ijodkorlari, xususan, Solijon Norqo`zievning mehnatlari chinakam izzat-xurmatga 

loyiq deb hisoblayman”

1

.  


Bunday ko`ngilxush dastxatlarni ko`plab keltirish mumkin. Pedagogik jamoaning 

beminnat madadiga va salohiyatiga tayangan muzey kengashi faollari bir-biridan 

qiziqarli, mazmunli, har bir ishtirokchiga katta nafi tegadigan turli-tuman 

tadbirlarni, reja asosida o`tkazishi o`quvchi yoshlarning ongida milliy qadriyatlar, 

milliy o`zlikni anglash omillarini shakllantirishda katta manba bo`lib qolmoqda. 

YOshlar ma`naviyatini shakllantirish maqsadida mamlakatdagi barcha muzeylarda 

oyning ma`lum bir kuni “Ochiq eshiklar kuni” deb e`lon qilindi. SHu kuni 

muzeylarga o`quvchi, talaba va boshqa tomoshabinlar taklif etilib, muzey 

hodimlari tomonidan bepul xizmat ko`rsatiladi. 

Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 

sa`y-xarakatlari bilan qadimiy shaharlar: Xiva, Buxoro, SHaxrisabz, Termiz 

shaharlarining 2500-2700 yillik yubileylarinig o`tkazilishi, Amir Temur 

                                                            

1

 Norqo`ziev S. Maktabimiz tarixi muzeyi. Namangan. 2005. –B.35-36. 




 

50

tavalludining 660 yilligi, Imom al-Buxoriy, Axmad al-Farg’oniy, Jaloliddin 



Manguberdi, Kamoliddin Bexzod, Ogahiy kabi “Barxayot siymolar” 

yubileylarining o`tkazilishi, “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligi 

tantanalari, Marg’ilon shahrining 2000 yilligi yubileylari, mamlakat tarixidagi 

muhim sanalarga bag’ishlab muzeylar tayyorlab o`tkazgan ko`rgazma va tadbirlar 

yoshlarning ma`naviy-ma`rifiy tarbiyasida muhim o`rin egallashi shubxasiz. 

Sohibqiron Amir Temur dahosi bizga ajdodlar ruhini yod etish, ular xotirasini 

abadiylashtirish sabog’ini berdi. Zero, bobokolonimizning “Aziz avliyolar”, 

sahobalar maqbaralarini, qutlug’ qadamjoylarni ziyorat etishni ham farz, ham qarz 

deb bilur edim” – degan gaplari bugungi kunda yurtimizda ulug’ ajdodlarga, 

allomalarimizga munosabatlarimizning tarixiy uyg’unlikda o`z ifodasini 

topmoqda. Amir Temurning tarixiy xizmati, uning insoniyat tarixida tutgan o`rni, 

jaxon ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ta`siri nihoyatda chegarasiz

1

. YOshlarimiz har 



yili 9 aprel Amir Temur tavalludi munosabati bilan rang-barang tadbir o`tkazib, u 

bilan g’ururlanadilar va uning ruhiga ta`zim etadilar. 

Lekin yoshlarni tarbiyalashda ilg’or mamlakatlar muzeylari to`plagan ijobiy 

yutuqlarni umumlashtirib, jahon muzey pedagogika fanining bir asrdan ko`proq 

vaqt mobaynida to`plagan tajribasining ijobiy va salbiy tomonlarini taxlil etib, mos 

va xos dasturlar ishlab chiqishni bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri deb 

hisoblash mumkin. 

YOshlarni vatanga muhabbat, milliy g’oya ruhida tarbiyalashda muzeylar 

faoliyatida qanday jihatlarga ko`proq e`tibor qaratilishi lozimligini jaxon muzeylari 

tajribasidagi ijobiy xarakatlardan kelib chiqqan xolda aniqlanadi. Zero, eng ilg’or 

muzeylar yoshlar bilan  ishlashning qator belgilaridan o`tib, ushbu masalada 

nafaqat amaliy faoliyat tajribasiga ega bo`ladilar, balki qator nazariya va 

kontseptsiyalarni ham yaratadilar. Bu tajriba natijalari o`rganilib, taxlil etilar ekan, 

ularni to`g’ridan-to`g’ri, aynan qo`llash kerak deyilmaydi. 

                                                            

1

 Axmadalieva L. Faxr, g’urur, qudrat timsoli. // Iqtisodiyot va soliq. 2009 y, 10-aprel. 




 

51

Lekin xoli nazariyalar yaratish darajasiga etmagan muzeyshunoslik sohasi jahon 



muzeylari andozalaridan foydalanishi zarur. Bu borada qilingan ishlar quyida 

bosqichma-bosqich izlab boriladi

1



Bu bo`limni o`rganib, taxlilisiz bizga umumxulosalar hamda taklif istaklar 



bildirishmizga olib keldi. 

Respublika maorif tizimini takomillashtirish, jamiyat 



hayotida muzeylarni rolini ayniqsa maktab muzeylarini oshirish, 

malakali kadrlar tayyorlash; 

O`quvchi yoshlar qalbida milliy o`zlikni, milliy 



qadriyatlarni shakllantirish uchun maktab muzeylari tadbirlarini 

saviyasi va mazmunini yuksak darajaga ko`tarish; 

O`qituvchilarni ya`ni ijtimoiy fan ochiq, amaliy darslarini 



muzey ko`rgazma zallarida jonli o`tishlarini yil boshidan 

rejalashtirish va o`tishini ta`minlash; 

Taxlil shuni ko`rsatadiki hamma maktab jamoasi ham 



muzey ko`rgazmalarida o`quvchi yoshlarga tadbirlar, muloqotlar, 

ma`ruzalar tashkil etmayaptilar; 

Ayrim maktab o`quvchilarida muzey to`g’risida 



tushunchalari sayoz ekanligi ayon bo`ldi. 

 

 



                                                            

1

 Kuryazeva D. O`zbekistonda muzey ishi tarixi. T.: San’at. 2010. –B.104. 




 

52

XULOSA 

Mamlakatimizda yosh avlodni ma`naviy etuk, vatanparvar va insonparvar kishilar 

sifatida tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz muhim o`rin tutadi. Bu qadriyatlarni 

o`rganish, to`plash zamon talablariga mos xolda rivojlantirish zarur. Shundagina 

bu qadriyatlarning qimmati oshadi. Kelgusi avlodlarga yanada boyigan xolda etib 

boradi. 

Biz ko`rib chiqqanimizdek, bu vazifani bajarishda maktab muzeylari alohida 

ahamiyat kasb etadi. Xozirda o`sib kelayotgan yoshlarni ajdodlarimizning go`zal 

an`analariga sadoqat o`zbek xalqining yuksak maqsadlariga ishonch ruhida 

tarbiyalashdagi sharafli ishda faol qatnashmoqda. 

Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o`z o`rnini topdi, barcha o`quv 

maskanlarida talaba o`quvchilarga Vatan tarixini o`rgatish davlat siyosati 

darajasiga ko`tarildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning xaqiqiy tarbiyasiga 

aylanmoqda. Bu borada Prezident I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz barkamol 

kishi bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi”, 

“Tarix – Xalq ma`naviyatining asosidir”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”, 

“O`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Inson uchun tarixdan judo bo`lish 

xayotdan judo bo`lish demakdir”

1

 degan metodologik so`zlari dasturamal bo`lib 



xizmat qilmoqda. 

Mustaqillik davrida muzey ishining takomillashuvi O`zbekiston istiqloli 

respublikamiz ma`naviy xayotida muhim istiqbollarni ochdi. Xususan, jamiyat va 

inson xayotida muhim o`rin tutuvchi muzey va muzeyshunoslikka davlat siyosati 

darajasida e`tibor berildi. Ushbu qismda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 

I.Karimovning Farmoni

2

 

Vazirlar Mahkamasining mahsus Qarorlari



3

“O`zbekmuzey” tashkilotining ta`sis etilishi, “Muzeylar to`g’risida”



4

gi qonunining 

                                                            

1

 Qarang. Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T.: O`zbekiston. 1992. –B.71.: Tarixiy 



xotirasiz kelajak yo`q. T.: SHarq. 1998. –B.10-11. 

2

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12-yanvarda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini tubdan 



yaxshilash va takomillashtirish to`g’risida”gi Farmoni. // Xalq so`zi. 1998, 13-yanvar. 

3

 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini tubdan 



qo`llab-quvvatlash masalalari to`g’risida”gi Qarori // Xalq so`zi. 1998 yil 14 mart. 

4

 “Muzeylar to`g’risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni. 2008 yil 12 sentyabr // O`zbekiston Respublikasi 



Qonun xujjatlari to`plami, 2008 y, №37-38. –B.12-20. 


 

53

qabul qilinishi hamda ularning ma`naviy hayotda, muzeylar faoliyati, 



muzeyshunoslikka ta`siri, ularning ilmiy ahamiyati ochib berildi.  

Har bir xalqning qiyofasini belgilovchi o`ziga erkin turmush kechirish tarzi, 

ma`naviy qadriyatlari tarixi bor. SHu bois har qaysi xalq o`zining buyuk ajdodlari, 

ulardan meros nodir asarlari, qadimiy-me`moriy obidalari bilan faxrlanadi, 

farzandlarini ham ana shu ruxda tarbiyalashga intiladi. 

Biz yuqorida maktab muzeylarini tashkil topishi, vazifalari, fondlarini 

tashkillashtirish, boshqarish usullari to`g’risida hamda ayrim maktab qoshidagi 

muzeylar faoliyatida yoshlar ongida milliy qadriyatlar, an`analarni, milliy o`zlikni 

shakllantirishda maktab muzeylarini ko`rgazma ekspozitsiyalari va muzey 

tadbirlarining o`rnini taxlil qilishga harakat qildim. Afsuski, ushbu masalalarda 

ko`pgina muammolar va kamchiliklarni kuzatish mumkin. Xozirda aksariyat 

muzeylar faqat tashabbuskor o`qituvchi va uning atrofidagi bir guruh shogirdlari 

sa`y-xarakatlari bilan faoliyat yuritmoqda xolos. Garchi, O`zbekistonda tarixiy 

yodgorliklarni muhofaza qilish davlat siyosati  darajasiga ko`tarilgan bo`lsa-da bu 

sohadagi ishlar turli maktablarda talab darajasida emas. 

Yuqoridagi xulosa, taxlillardan kelib chiqib quyidagi muammolar va istaklarni 

keltirishni joiz topdim. 

Xozirgi kunda maktab muzeylariga Xalq ta`limi 



boshqarmasi tomonidan e`tibor umuman past darajada; 

Ilgari faoliyat ko`rsatib kelgan o`z tadbirlari bilan, 



eksponatlari bilan mashhur bo`lgan ko`pgina maktab muzeylari 

ularni qo`llab-quvvatlanmasligi uchun faoliyati to`xtagan. 

Juda ko`plab maktab muzeylari pasporlashtirilmagan, ular 



to`g’risida umumma`lumotlar hech qaerda yo`q izsiz. 


Download 260,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish