Asfaltbeton qoplamalarni qurish Asfaltbeton qirqilgan tosh (shag`al), qum,
mineral kukun va organik yopishqoq moddalarning belgilangan nisbatdagi
aralashmasidan tashkil topgan bo`lib, u ma’lum bir texnologiya asosida tayyorlanadi.
Asfaltbeton aralashmalar o`z tasnifi bo`yicha jipslanadigan va quyiladigan
turlariga bo`linadi. Ulardan birinchisining hajmini 2,5-5 % g`ovaklardan iborat
bo`lganligi uchun u, albatta g`ildirak bilan jipslashtiriladi. Quyiluvchi aralashma
tarkibida saqich mikdori ko`p bo`lganligi va katta haroratda qizdirilganligi uchun bikr
asfaltbetonni hosil qiladi. Shuning uchun ham bu aralashma moslama yordamida
yotqazilganda mustaxkam qatlam hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |