Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 205,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana24.02.2022
Hajmi205,17 Kb.
#219908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
odob axloq qoidalari lotin

ODOB-AXLOQ QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu qoidalar Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari,
pedagog va boshqa xodimlari, doktorantlarining (keyingi o‘rinlarda talabalar,
xodimlar va doktorantlar deb ataladi) kasbiy odob-axloqining umumiy
prinsiplari va xulq-atvorining asosiy qoidalari yig‘indisidan iborat.
2. Ushbu qoidalar huquqbuzarlikning oldini olishga, yoshlar orasida
odob-axloq qoidalarini buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va
hayosizlikni tashviqot qilishga, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz
uchun yot bo‘lgan ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat”
xurujlaridan himoya qilishga, ular sodir etilishining sabab va shart-
sharoitlarini bartaraf etishga, talabalarning yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat’iy rioya qilish ruhida
tarbiyalashga, ularda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni,
shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYU
deb ataladi)da sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni
shakllantirish hamda rivojlantirishga, TDYUning jamiyatdagi hamda ta’lim
tizimidagi nufuzi hamda obro‘-e’tiborini asrab-avaylash va yanada oshirishga
yo‘naltirilgan.
3. TDYUga o‘qishga, ishga kirayotgan shaxslar mazkur qoidalar bilan
imzo qo‘ydirgan holda tanishtiriladilar.
4. TDYU talabalari, xodimlari va doktorantlari qonun hujjatlari va
mazkur qoidalar talablariga rioya etishlari shart.
II. Talabalar, xodimlar va doktorantlar xulq-atvorining asosiy
prinsiplari va qoidalari
5. TDYUda hamjihatlik, g‘amxo‘rlik, o‘zaro ishonch, hurmat, do‘stona
munosabat, insoflilik, vijdonlilik, ahil-inoqlik talabalar, xodimlar va
doktorantlarning o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.
3


Talaba, xodim va doktorant TDYUda faoliyat yuritayotgan (tahsil
olayotgan) turli millat va elat vakillarining odob-axloq qoidalari, milliy
udum, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilishi lozim.
6. Universitetda o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bir
shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini poymol qilmasligi lozim, so‘z
erkinligi, unga birovga tuhmat qilish, haqoratlash, o‘zaro munosabatlarda
umume’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda
ifodalanuvchi behayo so‘zlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi, vijdon
erkinligi TDYUda diniy marosimlarni o‘tkazish huquqini bermaydi, kiyim-
kechaklarni kiyish erkinligi esa tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazish
hollarini keltirib chiqarishga yo‘l qo‘ymaydi.
7. Talaba, xodim va doktorant o‘zining shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy yoki
boshqa munosabatlari uning TDYUdagi faoliyatiga ta’sir etishiga yo‘l
qo‘ymasligi lozim.
8. TDYU talabalari, xodimlari va doktorantlarining o‘z kasbiga mos
bo‘lgan zamonaviy kiyimda bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Ularning
odamlar diqqatini tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan,
yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda
haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, naushniklar, metall zanjirlar va
boshqa taqinchoqlar, pirsingda universitetga kelishi mumkin emas. Diniy
ibodat libosida hamda sport kiyimi va poyafzalida kelish ham taqiqlanadi.
TDYU talabasi, xodimi va doktoranti bo‘lgan xotin-qizlarga yorqin pardoz
(makiyaj) qilish va ro‘mol o‘rashga (yaqin insonlari vafot etgan holatlar
bundan mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi.
Talaba-yigitlar TDYUga oq, havorang, och jigarrang yoki och kulrang
ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum, galstukda va to‘q
rangdagi poyafzalda kelishlari lozim. Bunda, albatta, o‘zlari bilan o‘quv
vositalarini olib kelishlari shart. Shuningdek, 35x30 o‘lchamdan kichik
bo‘lmagan papka yoki portfel tutishlari lozim.
Talaba-qizlar TDYUga och rangli va yorqin rangda bo‘lmagan
bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka yoki odmi kostyum va to‘q
rangdagi poyafzalda kelishlari lozim, shuningdek, o‘zlari bilan o‘quv
vositalarini olib kelishlari shart.
4


Talabalar, xodimlar va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarda
ustki kiyimda (plash, palto, kurtka kabilar) yurishlari taqiqlanadi. 
Talabalar, xodimlar va doktorantlarning tashqi qiyofasi ozoda, pokiza
bo‘lishi lozim.
9. Talabalar, xodimlar va doktorantlar sha’ni va qadr-qimmati
e’zozlanishi hamda xalqimizning ma’naviy merosini avaylab-asrash
maqsadida xodim va talabalar bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo
so‘zlar ishlatishi qat’iy taqiqlanadi. O‘zaro “Siz” deb murojaat qilish odat
tusiga kirishi lozim.
Talabalar xodimlarga ismi sharifini aytib murojaat qilishlari shart.
Xuddi shunday hamkasb-pedagog va boshqa xodimlar ham o‘zaro muloqotda
bir-biriga ismi sharifini aytib murojaat qilishlari lozim.
10. Talabalar, xodimlar va doktorantlar turli tadbirlar (majlislar,
tantanali yig‘ilishlar, uchrashuvlar, bayramlar)da so‘zga chiquvchilarga
nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, tinchlikka rioya etishlari shart.
Zarurat tug‘ilganda nutqlar o‘rtasida majlislar zalidan chiqish mumkin.
11. Binolarga kirish va binolardan chiqish joylarida, shuningdek,
koridorlarda talabalar xodimlarni, erkaklar ayollarni, yoshlar esa kattalarni
o‘zlaridan oldin o‘tkazib yuborishlari lozim.
12. Binoga kirayotgan har bir shaxs binolarga kirib-chiqishni nazorat
qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga o‘z shaxsini
tasdiqlovchi hujjatni (xizmat yoki talabalik guvohnomasi, pasport va h.k.)
ochiq holda ko‘rsatishi shart.
13. Talabalar, xodim va doktorantlar universitet hududida yo‘lning o‘ng
tomonidan yurishlari, koridor va xollarda, xususan, uyali telefonda baland
ovozda gapirmasligi kerak. Bir-biriga duch kelganda, albatta,
salomlashishlari, bunda: talabalar pedagog va boshqa xodimlarga, yoshlar
kattalarga birinchi bo‘lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bundan qo‘l berib
so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan
keyingina unga javoban qo‘l uzatish mumkin.
5


14. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik
subyektlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, ommaviy axborot vositalari hamda
fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarda TDYU talabalari, xodimlari va
doktorantlari rasmiy muloqot me’yor va qoidalariga rioya etib, quyidagilarga
majbur:
o‘zlarining xulq-atvori bilan jamoada davlat organlari va boshqa
tashkilotlar xodlimlari bilan o‘zaro ishchanlik va amaliy hamkorlik qaror
topishiga da’vat etish;
o‘z harakatlarini TDYU manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirish, uning
imijini saqlash, TDYU, uning talabalari, xodimlari va doktorantlari
manfaatlariga va nomiga ziyon yetkazadigan harakatlarni amalga
oshirmaslik, shuningdek, turli davralarda universitet haqida yuksak ijobiy
taassurot qoldirish uchun intilishi;
TDYU, uning talabalari, xodimlari va doktorantlari haqida haqiqatga
to‘g‘ri kelmaydigan yoki noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumotlarni
tarqatmaslik, shuningdek, shunday ma’lumotlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik,
shu jumladan, jamoat oldida chiqishlar qilmaslik;
TDYU talabalari, xodimlari va doktorantlarining roziligisiz ularning
shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
talabalar, xodim va doktorantlar haqida ularning kasbiy va o‘quv
faoliyatiga oid bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlashtirmaslik;
xizmat axborotlarini taqdim etish qoidalariga amal qilish;
axborotni yetarlilik (haddan tashqari qisqa va shu bilan birga o‘ta
keragidan ortiq) va ishonchlilik (qayta tekshirishni talab qilmaydigan)
talablariga muvofiq holda taqdim etish;
o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlardan
maqsadga muvofiq bo‘lmagan tarzda foydalanmaslik, shuningdek, ularni
TDYU rahbariyati ruxsatisiz tarqatmaslik;
6


hamkasblar va boshqa xodimlarning kasbiy harakatlarini tanqid
qilmaslik, shuningdek, jamoat oldida chiqishlar, shu jumladan, ommaviy
axborot vositalarida TDYU faoliyati, uning rahbariyati haqida fikr-
mulohazalar bildirish, baho berishga yo‘l qo‘ymaslik.
15. TDYU talabalari, xodimlari va doktorantlari dars mashg‘ulotlari va
ishga o‘z vaqtida kelishlari shart.
16. Talaba va doktorantning o‘qishiga, xodimning esa bundan buyon
universitetda mehnat faoliyatini yuritishiga to‘sqinlik qiladigan quyidagi
g‘ayriaxloqiy va nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etishi qat’iy taqiqlanadi:
har qanday huquqbuzarlik sodir etish, shu jumladan, tuhmat qilish,
haqoratlash, talaba, xodim va doktorant yoki TDYUga jismoniy, ma’naviy
yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni (shu jumladan,
ishonchsiz yoki noto‘g‘ri) tarqatish, tan jarohati yetkazish;
giyohvand moddalar, psixotrop vositalar, alkogol va tamaki
mahsulotlarini iste’mol qilish va tarqatish;
halovat yoki osoyishtalikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va
shunga o‘xshash boshqa o‘yinlar o‘ynash;
shaxsiy manfaat va maqsadlarni hal qilish maqsadida pedagog va
boshqa xodimlar, TDYU rahbariyati uyiga borish (shu jumladan, tahdid
qilish);
talabalardan reyting balini qo‘yish uchun har qanday shakldagi
rag‘batlantirishni so‘rash yoki talab qilish, shuningdek, talabalarga reyting
balini qo‘yishda xodimlarga har qanday shakldagi rag‘batlantirishni taklif
etish yoki reyting balini olishda xodimlar bilan kelishish uchun o‘rtaga odam
qo‘yish;
tupurish, ifloslantirish va saqichni biron-bir joyga qoldirib ketish;
TDYU binolari va hovlisida, shuningdek, TDYU binolariga tutashgan
va TDYU binolaridan 500 metrdan kam bo‘lmagan hududda spirtli
ichimliklar ichish va chekish hamda mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish
talabiga rioya qilmagan holda kelish;
7


TDYUga tegishli kompyuterlarda TDYUga tegishli bo‘lmagan
ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy ma’lumotlar, behayo
suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday
materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va da’vat etish;
o‘quv mashg‘ulotlari va ishga hamda xodim va talabalarning
osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatti-harakatlar (radiopriyomnik, televizor,
multimedia va ovoz chiqaruvchi moslamalardan maqsadsiz foydalanish)
sodir etish;
umumbashariy va milliy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki TDYUning
nufuziga putur yetkazadigan materiallarni Internet tarmog‘iga joylashtirish
yoki ulardan turli noo‘rin maqsadlarda foydalanish.
Talabalar, xodimlar va doktorantlar ishtirokida TDYUning obro‘yi,
qadr-qimmati va nufuzini tushiradigan, TDYUda ta’lim jarayonining
ma’anaviy buzilishiga olib keladigan agressiya, odamlarning sha’ni va qadr-
qimmatini kamsitadigan, zo‘rlash va vahshiylik, vandalizm, millatlararo nizo
qo‘zg‘atadigan, diniy yo‘nalishdagi, terrorizm va ekstremizm, shuningdek,
behayo va ishqiy sahnalarni namoyon qiladigan fotosuratlar, video va
audioyozuvlar Internet, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, barcha
tashuvchilarda paydo bo‘lishi (oshkor etilishi) mazkur talaba va
doktorantning o‘qishiga, xodimning esa bundan buyon universitetda mehnat
faoliyatini yuritishiga to‘sqinlik qiladigan g‘ayriaxloqiy va nojo‘ya xatti-
harakat hisoblanadi.
17. Talabalar, xodimlar va doktorantlar korrupsiya holatlariga qarshi
kurashishi va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashishi shart.
Talabalar, xodimlar va doktorantlar TDYU rahbariyatini yoxud huquqni
muhofaza qilish organlarini ularni huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish
maqsadida biror-bir shaxsning qilgan murojaatlarining barcha holatlari
to‘g‘risida xabardor qilishi shart. 
TDYU rahbariyati shaxslar qonunchilikning buzilishi faktlari
to‘g‘risida murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikr va
murojaatdagi tanqidi uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid
qilganligi uchun talabalar safidan chetlashtirilishiga (kursdan kursga
qoldirilishiga), ishdan bo‘shatilishiga yoki boshqacha shaklda ta’qib
qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashi kerak.
8


18. Rahbariyat hamda tarkibiy bo‘linma rahbarlari (bundan keyin
matnda rahbar deb yuritiladi) o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan
yuqori professionalizm, soflik va adolatda o‘rnak bo‘lishi, davlat organida
yoxud uning tarkibiy yoki hududiy bo‘linmasida ma’naviy-psixologik muhit
shakllanishiga ko‘maklashishi lozim, u bo‘ysunuvchi xodimlardan ularning
xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni bajarishini talab
qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishga
undamasligi kerak. 
Rahbar kadrlarni qarindoshlik, hamshaharlik yoki shaxsiy sadoqat
belgilari bo‘yicha tanlash va joy-joyiga qo‘yish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi
kerak. U guruhbozlik, mahalliychilik, o‘ziga yaqin olish holatlarining,
shuningdek, o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy
omillarning qat’iy ravishda oldini olishi lozim. 
Rahbar:
qo‘pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini
kamsitmasligi, ularga asossiz psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish
holatlariga yo‘l qo‘ymasligi;
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish
yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi;
korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rishi; 
xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay
ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog‘i, kutubxona fondi va
axborot resurslaridan erkin foydalanishlari, shuningdek, hordiq chiqarishlari,
dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni yaratib
berishi;
xodimlarni samarali boshqarishi, o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va
moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda
bo‘lishi shart. 
Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi odob-axloq tamoyillari va qoidalarini
buzayotgan xodimlarning xatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo‘l
qo‘yilmasligi choralarini ko‘rmaganligi uchun javob beradi.
9



Download 205,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish