2. AMIR TEMURNING SAMARQAND
TAXTI UCHUN KURASHI
Amir Temuming Samarqand taxti uchun kurashi davri
1361-1370-yillami o ‘z ichiga oladi. Bu maqsadga erishish y o ‘lidagi
dastlabki qadamni u o ‘z xotinining akasi, Balx viloyatining hokimi
amir Husayn bilan yaqinlashib, Ilyosxo'jaga qarshi kurashdan
boshlaydi. Temuming haq va adolat y o ‘lida boshlagan qutlug1
ishining shiori «Rosti-rusti» b o iib , uning m a’nosi «Haqgo‘y
bo‘lsang najot topasan», demakdir. U o ‘zining barcha faoliyatida
shunga amal qilib yashadi. Temur Movarounnahmi m o‘g ‘ullar
zulmidan ozod qilishni va markazlashgan kuchli davlat tuzishni o ‘z
oldiga bosh maqsad qilib qo‘ygandi. Shuning uchun u Ilyosxo‘ja q o i
ostida bo‘lishni istamas edi. Temuming bu y o ‘ldagi xatti-harakatlari
Ilyosxo‘jaga yoqmas
edi.
«Temur tuzuklari»da yozilishicha,
Ilyosxo‘ja otasi Tug‘luq Temurga xat yozib: «Temur bizga qarshi
isyon tug‘ini ko‘tardi»2, degan. Xon o ‘z navbatida Temumi o ‘ldirish
to ‘g ‘risida yorliq jo ‘natadi, lekin bu yorliq Temur qo‘liga tushib
qoladi. Bu hujjatdan xabar topgan Temur qarshi qat’iy choralar
ko'rish uchun jasur va qat’iyatli jangchilami to ‘plashga qaror qiladi.
Temur o ‘z yigitlari bilan birgalikda Badaxshon tomon chekinib,
maslakdoshlar qidiradi, so‘ng Badaxshondan Xorazm tomon yuradi.
Xorazm sari y o ‘l olgan Temur y o ‘l-yo‘lakay Balxda to ‘xtab uncha
katta bo‘lmagan kuchi bilan Amir Husaynni o ‘z y o ‘liga tortadi.
Amir Temuming Xorazmda paydo boiganligidan xabar top
gan va uni o id irish to ‘g ‘risida Ilyosxo‘jadan maxsus topshiriq ol
gan Xiva hokimi T o‘kal Bahodir mingta otliq jangchilari bilan
Temurga hujum qiladi. Bu jangda Temur oz sonli yigitlari bilan
1 Темур тузуклари.-Т., Гафур Гулом номли нашриёт. 1991, 19-бет.
20 ‘sha asar. 20-бет.
344
VATAN TARIXI
To‘kal Bahodiming ming kishilik lashkarini tor-mor keltiradi. Jang
oqibatida Xorazm askarlaridan 50 kishi, Amir Temur kuchlaridan
esa 10 kishi — 7 ta otliq va 3 ta piyoda xurosonlik qolgan. Bu
uchta xurosonlik ham kunlaming birida, tunda payt poylab uchta
otni o ‘g ‘irlab qochadilar. Temur g ‘oyat og‘ir ahvolga tushadi. Bu
vaziyatdan xabar topgan Maxon (hozirgi Mari yonida) hokimi
turkman Alibek Joniqurbon Ilyosxo‘jaga yoqish maqsadida Temumi
qo‘lga oladi va zindonga tashlaydi. Temur zindonda 62 kun yotib,
katta jasoratlar evaziga ozodlikka chiqadi. Sohibqiron o ‘zining 12
jangchisi bilan yana c h o i kezishda davom etadi. Shu payt ularga
turkmanlar hujum qiladilar. Jang davomida Amir Temumi tanib
qolgan turkmanlardan biri o ‘z yigitlari bilan Temurga qo'shiladilar.
Endi Temur yigitlari 60 kishiga yetadi va ular bilan Temur Xuroson
tomon y o i oladi. Y o i-y o ‘lakay Temurga bir necha jangchilar kelib
qo‘shiladi. Temur askarlarining soni 200 taga yetadi, ular Buxoroga
yetib borganlarida Temur tarafdorlari 2000 kishidan oshgan edi.
Temur Buxorodan Qandahorga kelganida unga yana ming kishi
kelib qo‘shiladi. Ammo hali bu kuchlar bilan Ilyosxo‘ja kuchlariga
qarshi jang qilib b o ‘lmasligini Temur yaxshi bilar edi. Chunki uning
raqiblari 100 ming kushini to ‘play olish imkoniyatiga ega edilar.
Shuning uchun Temur o‘z q o i ostidagi kuchlar yordamida janubdagi
b a ’zi bir hududlami egallab kuch va qudratini oshirishga qaror
qiladi. Ana, shu maqsadda u Garmsir viloyatini egallaydi. Bu yerda
ham mingta otliq turk va tojik sipohlari Temur lashkarlari sonini
to ‘ldiradilar.
Endi o ‘zini ancha qudratli his qilgan Amir Temur Seiston
yerlariga hamla qiladi va uni egallaydi. Bu yerdagi shiddatli jangda
Temur o ‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idan qattiq yaralanadi. Shundan keyin
u ikki oy mobaynida Garmsirda davolanadi. So‘ng Balxga yo‘l oladi,
Qahlakka yetib kelgan Amir Temur odamlari Muiniddin Natanzaniy
m a’lumotlariga qaraganda, m o‘g ‘ullaming Movarounnahr janubida
talon-taroj ishlari bilan shug‘ullanganliklarini aniqlaydilar. Sohib
qiron hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘radi. Jangchilari orasidan
eng sodiq jasur va qobiliyatli 313 kishini tanlab oladi va ulami o ‘ziga
yordamchilar sifatida tayinlaydi. Keyinchalik ana shu yordamchilar
uning ko‘p ming kishilik qo'shinini uyushtirish va boshqarishda
asosiy o ‘zak bo‘lib xizmat qiladi.
Amir Temur hal qiluvchi jang oldidan qo‘shinining moddiy
ta ’minoti masalasiga ham katta e’tibor beradi. Shu maqsadda u Aloju
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
345
qal’asini qo‘lga kiritadi va bu yerda oziq-ovqat va boshqa narsalami
jamlab qo‘yadigan ombor tashkil etadi. Bu qal’adagi odam kuchlari
ham Temur tomoniga o ‘tadilar. Temur Balxda turib Termiz atrofida
joylashgan Ilyosxo‘ja kuchlarining joylanishi to ‘g ‘risida xabar
keltirish uchun u yerga o ‘z ayg‘oqchilarini yuboradi. A yg‘oqchilar
Ilyosxo‘ja askarlari Termiz atroflarida xalqni talon-taroj qilish bilan
shug‘ullanayotganligini aniqlaydilar. Bu hoi Temur lashkarlari safiga
yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shilishini ta ’minlaydi. Shu sababdan
Amir Temur vaziyatni har tomonlama hisobga olib, kuchlari
Ilyosxo‘ja yuborgan kuchlarga nisbatan o ‘n barobar kam boisa-da,
urush boshlashga qaror qiladi. Jang 1363-yilda Jayhunning chap
sohilida Qunduz shahri yonida bo iad i. Amir Temur o ‘z qo‘shinlariga
nisbatan o ‘n barobar ko‘p b o ig a n dushman qo‘shinlarini batamom
m agiubiyatga uchratadi va o ‘zining buyuk sarkardalik mahoratini
ko‘rsatadi. M.Ivanin bunday deb yozgan edi: «Lekin 2000 kishilik
lashkar bilan, o ‘zbeklaming (gap ko‘chmanchi o ‘zbek qabilalari
ustida bormoqda — R.Sh. Sh.K) Amu va Sirdaryolar orasidagi
ko‘plab qal’alarga joylashgan 80000 kishilik qo‘shinidan tashqari,
o ‘ziga qarshi qo‘yilgan 20000 kishilik lashkarini m agiubiyatga
uchratgan va ulami Sirdaryo ortiga quvib yuborgan Amir Temuming
harbiy san’ati va mardligi haqida xulosa chiqarish mumkin»1.
Ilyosxo‘ja bu paytda vafot etgan otasining taxtini olish uchun
Sirdaryoning narigi tomoniga ketgan edi. Temur bu qulay vaziyatdan
foydalanishga qaror qiladi va Samarqandga kiradi. Shahar aholisi
uni yaxshi kutib oladi. Temur shu paytdayoq Samarqandni egallab,
o ‘zini xon deb e io n qilishi mumkin edi. Ammo bu bilan barcha
m o‘g ‘ullaming o ‘ziga qarshi oyoqqa turishini bilar edi. Shuningdek,
Ilyosxo‘ja hali o ‘zining oxirgi so‘zini aytmagan edi. Shuning uchun
Temur qurultoy chaqirib, unda m o‘g ‘ullardan b o ig a n Qobulshohni
hukmdor qilib ko‘tarishga qaror qiladi. Bu uning kelajakdagi
rejalarini amalga oshirishda o ‘ziga xos bir tadbir edi.
Movarounnahrda sodir b oiayotgan voqealardan xabar topgan
Ilyosxo‘ja puxta tayyorgarlik ko‘rib, 1365-yilda Samarqand sari
y o ig a chiqadi. Temur bu to ‘g ‘rida xabar olishi bilan Husaynni
voqeadan ogoh qiladi. Husayn o ‘z askarlari bilan yetib keladi.
Temur qarorgohini Chinoz bilan Toshkent o ‘rtasida quradi. Tarixga
«Jangi loy» nomi bilan kirgan ikki o ‘rtadagi bu to ‘qnashuv g ‘oyatda
1
Do'stlaringiz bilan baham: |