Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


 XIII ASR — XIV ASRNING BIRINCHI YARMIDA



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

8. XIII ASR — XIV ASRNING BIRINCHI YARMIDA 

MADANIY HAYOT

M o‘g ‘ullar  bosqini  o ‘lkamizning  moddiy  va  m a’naviy  mada- 

niyati  taraqqiyotini  bir  necha  yuz  yillar  orqaga  surib  yubordi.  Asrlar 

davomida  xalqimizning  aql-zakovati  bilan  bunyod  etilgan  go‘zal 

shahar va qishloqlar,  osmono‘par tarixiy qurilish obidalari, binokorlik 

va  m e’morchilik  san’atining  nodir  va  betakror  nusxalari  yer  bilan 

yakson  qilindi,  ulaming  kuli  k o ‘kka  sovurildi.  Ayniqsa,  m a’­

naviy  merosimiz  ko‘rgan  zarami  til  bilan  ifoda  etish  qiyin.  Yozma 

manbalar,  nodir  kitoblar  yondirildi,  oyoqostida  toptaldi.  M o 'g ‘ullar 

fan va madaniyat arboblari,  olim-u  fuzalolar,  shoir va yozuvchilar —  

xalqimizning  ming-minglab  ulug‘  farzandlarini  yoppasiga  qirib 

tashladilar  yoki  qul  qilib  asir  sifatida  M o‘g ‘ulistonga  olib  ketdilar. 

Madaniy  hayotga  shu  qadar  katta  zarba  berildiki,  uni  XIV  asming 

yarmilariga qadar ham tiklab b o ‘lmadi.

XIII  asming  ikkinchi  yarmida  va  XIV  asming  boshlaridan 

e ’tiboran  shahar  va  qishloqlarda  xo‘jalik  hayotining jonlanishi  bilan 

madaniy  sohada  ham  b a’zi  bir  tarmoqlaming  oyoqqa  tura  boshlashi 

ko‘zga  tashlanadi.  Bu  shaharsozlik,  binokorlik  va  m e’morchilikka 

aloqador  b o ‘lgan  sohalardir.  Shu  davrda  Movarounnahr  va  Xo- 

razmda  qad  ko‘targan  va  bizning  kunlargacha  yetib  kelgan  tarixiy 

san’at  obidalarini  misol  tariqasida  ko‘rsatib  o ‘tish  mumkin. 

Buxoro  shahridagi  Sayfiddin  Boharziy,  Bayonqulixon  maqbaralari, 

Samarqanddagi 

Shohizinda  ansamblining  Qusam  Ibn  Abbos




V III bob.  M ovarounnahr va X orazm  m o ‘g‘ullar bosqini davrida

331


maqbarasining  ziyoratxonasi,  K o‘hna  Urganjdagi  Najmiddin  Kubro 

va  To‘rabek  xonim  maqbarasi,  X o‘janddagi  (keyinchalik  u  harob 

b o ‘lgan)  Duvoxon  maqbarasi  va  boshqalar  ana  shular jumlasidandir. 

XIII  asr  o ‘rtalarida  Buxoroda  qurilgan  «M as’udiya»  va  «Xoniya» 

deb  nomlangan  ajoyib  ikkita  madrasa  binosi  va  Ko‘hna  Urganjdagi 

balandligi  62  metrga  teng  bo‘lgan  ulkan  qo‘sh  masjid  dastasi  ulug‘ 

xalqimiz moddiy madaniyatining buyuk namunasidir.

XIII  asr  va  XIV  asrning  birinchi  yarmida  moddiy  madaniyat 

bilan  bir  qatorda  m a’naviy  madaniyatda  ham  xalq  o ‘z  intilish  va 

qiziqishlarini  ifoda  etganligini  ko‘ramiz.  Bunda  eng  asosiy  mavzu 

m o‘g ‘ul  bosqinchilarini  la’natlash,  unga  nisbatan  cheksiz  nafrat  va 

oliyjanob  insoniy  fazilatlar  b o ‘lgan.  Bu  xalq  og‘zaki  ijodida,  yozma 

adabiyot va tarixiy  asarlarda o‘z ifodasini topdi.

Xalqimiz  Chingizxon  istilosiga  nisbatan  o ‘z  nafratini  «Bo‘ji 

keldi,  bo‘ji  keldi,  Chingiz  bilan  Jo‘chi  keldi»,  deb  ifoda  etgan. 

Xalq  og‘zaki  ijodida  bosqinchilarga  qarshi  kurashishni  tasvirlovchi 

afsonalar,  ertaklardan  namunalar  bizning  davrimizgacha  yetib 

kelgan.  Ana  shunday  xalq  og‘zaki  ijodi  durdonalaridan  biri 

«Guldursun  afsonasi»dir  (Qoraqalpog‘iston  hududidagi  Guldursun 

xarobasiga  bag‘ishlangan  afsona).  Bu  afsonada  m o‘g ‘ullarga  qarshi 

qahramonlarcha  jang  qilgan  xalq  ommasiga,  o ‘zining  hirs-havasi 

yo‘lida  xalqiga,  millatiga  xoinlik,  sotqinlik  qilgan  podshoning  qizi 

Guldursun  obrazi  qarama-qarshi  qo‘yiladi.  Uning  sotqinligi  tufayli 

shahar xarobaga,  kultepaga aylanadi, xalq qirg‘in qilinadi.

XIII  asr  va  XIV  asrning  birinchi  yarmida  Movarounnahr  va 

Xorazmda  yozma  adabiyot  namoyandalarining  o ‘z  yurtlarida  badiiy 

ijod  bilan  shug‘ullanishlari  uchun  umuman  hech  qanday  imkoniyat 

yo‘q  edi.  M o‘g ‘ullar  qirg‘inidan  tasodifan  qutulib  qolgan  adiblar, 

yozuvchilar,  shoir  va  olimlar  o ‘z  ona  Vatanlarini  tark  etib,  o ‘zga 

mamlakatlarga  boshpana  izlab  bosh  olib  ketishga  majbur  b o ‘ladilar. 

Ulaming  ko‘plari  Hindiston,  Eron,  Turkiya,  Misr  va  boshqa  Yaqin 

Sharq  mamlakatlariga  bosh  olib  ketadilar.  Jumladan,  buxorolik 

shoir,  adib  va  adabiyotshunos  Muhammad  Avfiy,  toshkentlik  shoir 

Badriddin  Chochiy,  naqshoblik  Ziyo  Naqshabiy  (Hindistonda), 

shoir  Kamol  X o‘jandiy,  Nosir  Buxoriy  (Eronda)  va  boshqalar  o ‘zga 

mamlakatlarda  ijod  qilganlar.  0 ‘rta  Osiyodan  borgan  ijodkorlar 

boshqa  mamlakatlarda  bo‘lsa  ham  o ‘z  xalqining  madaniyati  va 

adabiyoti  taraqqiyotiga  xizmat  qilganlar.  Ayni  vaqtda  ular  og‘ir 

paytlarda  o ‘zlari  uchun  ikkinchi  vatan  b o iib   qolgan  mamlakat



332

V A TA N   TA R IX I

xalqlari  madaniyati  taraqqiyotiga  ham  munosib  hissa  qo‘shqanlar. 

Ulaming  ko'pchiligi  bir  necha  tillami  bilar  va  shu  tillarda  ijod  qilar 

edilar.  Jumladan,  asli  balxlik  Jaloliddin  Rumiy  Kichik  Osiyoga 

borib  fors-tojik  va  turk  tillarida,  Xusomiddin  Osimiy  fors-tojik  turk 

va  arab  tillarida,  Muhammad  as-Samarqandiy  turk,  fors-tojik,  arab 

va  m o‘g ‘ul  tillarida  asarlar  yozadilar  va  hokazo.  Bu  davrda  turkiy 

tilda  ijod  qilishga  e’tibor,  ayniqsa,  kuchayadi.  Natijada  turkiy  tillami 

tadqiq  qiluvchi  bir  qator  qimmatli  asarlar  paydo  b o iad i.  Masalan, 

taniqli  olim  Abu  Xayyon  turkiy  tillami  o ‘rganishga  bagishlangan 

to ‘rtta  asar yaratgan.  Jumladan,  1313-yilda  Qohirada  «Kitob  ul-idrok 

lisonul  atrok»  («Idrok va turkiy tillar kitobi»)  asarini yaratgan.

Bu  davrda  badiiy  ijod  bobida  qalam  tebratgan  so‘z  ustalarining 

kattagina  guruhi  so‘fiylik  —   tasavvuf  tariqati  y o iid an   borganlar. 

Bu  y o ‘nalishning  ko‘zga  k o ‘ringan  vakillaridan  biri,  o ‘z  davrining 

mashhur  adibi  M uslihuddin  S a’diy  Sheroziy  (1219—1293)dir. 

Sheroziyning «Guliston»  va «B o‘ston»  asari va didaktik mazmundagi 

g ‘azallari  unga  nafaqat  fors-tojik  adabiyotida,  balki  dunyoviy  obro‘ 

va  e ’tibor  keltirdi.  U  o ‘z  asarlarida  ona  diyorga  mehr-u  muhabbatni, 

oliyjanob  vatanparvarlikni,  insonparvarlikni  ulugiaydi,  zo ‘rlikni, 

noaxloqiy  va  yomon  xulq-harakatlami,  kuchlilar  o ‘zboshimchaligini 

qoralaydi va la’natlaydi.

P A H L A V O N   M A H M U D  




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish