117
etilgan edi, ular uchun aktrisa Bruk Shilde va fotograf
Richard Avedon ishlagandi. Yaratilgan tarxning shahvat
qo‘zg‘atuvchanligi Amerika jamiyatida janjalga sabab
bo‘ldi, ammo juda tez orada u jazavador orzuga aylandi.
1981-yilda «Shirinliklar» jamlanmasida
pastel ranglaridagi
paxtadan tikilgan kostum taqdim etildi: yelkalari har
tomonga keng yoyilgan jaket, yuqori qismi qatlamlangan
yenglar (bu qo‘shimcha hajm yaratardi) va beldagi uncha
katta bo‘lmagan baska (burma)
bilan yoki taram-taram
qatli o‘rtacha yubka bilan, yoxud tizzadan pastga qaratib
yig‘ilgan keng brijlar bilan to‘ldirilgan. Mazkur sportcha
uslub shunchalik urf bo‘ldiki, ko‘chalarda uning sonsiz
nusxalarini ko‘rish mumkin edi.
1980-yillar tarzi ancha ziddiyatli. Agar mualliflik kechki
modada oldingidek tilla, kashta va to‘rlar hukm sursa, o‘rta
sinf kiyim-kechaklari variantida diskoteyka uchun
diska va
pank uslublarining sporti libosi uzvlari birlashib keladi: bular
futbolkalar, krossovkalar, mini-yubkalar, qora charm kurtkalar,
bluzkalar va ochiq rangli ko‘ylaklardir. Lagerfeld, Versache,
Valentino va Janfranko Ferre kabi bir xil dizaynerlar o‘tmishning
nazokatli orastaligi haqidagi xotiralarni jonlantirsa, Jan Pol
Gotye, Vivyen Vestvud va Jon Galyanolar ko‘cha modasidan
g‘oyalar to‘playdilar va ularni omma orasida san’at
asariga
aylantiradilar.
1987-yil 19-oktabrda Nyu-York birjasida bo‘lgan inqiroz
ko‘plarni kiyim-kechak muammosiga oqilonaroq yondashishga
majbur qildi. Kechasi ham, kunduzi ham birdek yaxshi
sezishga imkon beruvchi kiyimlarga ehtiyoj yana sezilib qoldi.
Ko‘chabop va ishbop kiyimlar orasidagi katta tafovut maqsadga
muvofiqligini yo‘qotdi. Ofislarda casnal Fridays rasm bo‘ldi,
bunda sviter va jinsida ishga chiqishga ruxsat berildi.
Aynan 1980-yillarda xushbichimlik va sport ertangi kunga
ishonch bilan hayotdan chuqur mamnun holda bir-biri bilan
118
birlashib keta boshladi. Aerobika va fitnes asosiy ermaklar edi,
lepinsalar sport zallaridan ko‘chaga chiqib ketdi.
Jamiyatdagi o‘zgarishlar ketidan borib,
moda yoshlarga
ergashib, alohida ishchan faoliyatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib
o‘tdi va o‘tmish tajribasini o‘zlashtirib, keyingi o‘nyillikka
qadam qo‘ydi. Shu bois u hamma uchun yagona yechimni talab
etmaydi – modelchilar truppalar uchun emas (xoh yappi, xoh
panklar bo‘lsin), balki muayyan uslubni tanlagan odam uchun
liboslar yarata boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: