116
biriga aylangandi. Moda barcha darajalarda rivojlanib
borardi – alta modadan (oliy moda) ommaviy mahsulotgacha.
«Makmara», «Busile», «Complice» kabi o‘rta sinfga mo‘ljal
olgan ko‘plab Italiya rusumlari yosh
dizaynerlarni korxonalarda
ishlashga taklif etadilar. Luks toifasidagi liboslar olami ikki
dizayner – Janning Versache
va Jorjni Armani,
ikki italyan
modasi – dabdabali iffat-u mumtoz orastalik o‘rtasida bo‘lingan.
1980-yillardagi Armani siluetidan hamma yerda nusxa olganlar.
Bir tugmali pidjakning yelka va yoqalari keng bo‘lib, belgacha
tushib turgan,
oddiy bluzka va keng, uzun,
tizzaga tushgan
yubka bilan kiyganlar –
bu xotin-qizlar variantida; mumtoz
ko‘ylak va to‘g‘ri shim – erkaklar variantida.
Do'stlaringiz bilan baham: