108
keng tunikalar, bluzkalar, keng shimlar yevropaliklar orasida
ommabop bo‘lib ketdi. Etno-motivlar Kendzoni ruhlantirgani
bilan u hech qachon u yoki bu madaniyatdan bevosita ko‘chirib
olmas edi.
Rey Kavakubo (1942-yilda tug‘ilgan) Tokioda o‘zining
mashhur «Comme des Garsons» («Bolakayga o‘xshab»)
Uyiga asos soldi. Modelchining birinchi jamlamasini parijliklar
zaharxandalik bilan «Xirosima-shik» deb atagan edilar,
bu bilan
ular modelchi yaratgan modellarning hayotdan uzoqligiga,
qo‘polligiga shama qilgan edilar. Shunday bo‘lsa-da, bu
«dikkayib turuvchi» kostumlar va ko‘ylaklarning detallari
badanni qandaydir san’at asariga aylantirib, o‘z muxlislarini
topdi va 1980-yillar modasiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bunda
barcha ranglarga qora rang hamrohlik qilardi. 1970-yillar
oxirida yaponlarni nafaqat texnologiyalar sohasida,
balki moda
sohasida ham eng ilg‘or deb bilar edilar. Yoji Yamamoto
(1943-yilda tug‘ilgan) esa, aksincha, G‘arb shaklini asos qilib
oldi-da, uni sharqona g‘oya bilan to‘ldirdi. Ko‘pgina yapon
dizaynerlariga kiyimdagi Sharq an’analari haddan tashqari
tor bo‘lib ko‘rindi (ham to‘g‘ri, ham majoziy ma’noda), shu
bois ular yevropacha bichish-tikishni o‘rgandilar. Krinolinlar,
syurtuklar, bluzkalar, yubkalar –
bu barcha arxetiplar
Yamamoto jamlanmasidagi G‘arbiy Yevropa liiboslari ichida
bo‘lib, ustaga bo‘ysungan holda ko‘rinishini o‘zgartirgan.
Uning ishlari (masalan, mashhur «To‘y» jamlamasi, 1988-yil)
nafaqat modadagi avangardligi uchun, balki faylasufona va
romantik bo‘lgani uchun ham shon-shuhrat keltirdi. Asimmetrik
bichim bilan o‘yin, kiyimning yapon va G‘arb an’anaviy
shakllari o‘zgarishi va qo‘shilib ketishi ikki asosiy rang –
oq va qoradan iborat darveshona palitra uning uslubiga xos
narsalardir. Ko‘pincha Yamamotoni qora rang shoiri deyishadi,
bu
rang bir vaqtda ham bosiq, ham ko‘tarinkidir, zimmasiga
hech narsa olmaydigan dangasa rang ham, biroq ayni vaqtda
109
taqvo rangi ham. Yapon modelchilari birinchi bo‘lib yengi
olinadigan, o‘zgaradigan, yoqasi almashtiriladigan modellarni
kiritdilar. Yaponiyada qadim zamonlardan matoga –
uning fak-
turasi, rangi, guli, qulayligi va hokazolarga katta e’tibor qaratib
kelganlar. Hozirgi zamon yapon modelchilari uchun mato –
butun jamlamani tashkil etish uchun asosiy vositadir.
Issey Miyake (1938-yilda tug‘ilgan) Tokioda o‘zining
studiyasini 1951-yilda ochdi. U matoning ifodaliligi, oddiy
handasaviy shakli, haddan tashqari oddiy bichiq, burma va
qatlamlashtirishdan foydalanadi (bu uning firma belgisi bo‘lib
qolgan).
Badan matoga yengil o‘raladi, harakat qilganda o‘ynab,
o‘zgarib turadi. Inson badani harakatlariga moslashuvchi
libos yaratish o‘rniga yapon modelchilari libos yordamida bu
badanni o‘zgartirganlar. Kiyim
dizayni haykalsimon plastik
san’atga aylandi.
Yapon dizaynerlari ta’siri ostida G‘arb modelchilari ham
«yaxshi» didning odatdagi shartlaridan xoliroq kiyimlar yarata
boshladilar, mato, libos, mutanosiblik, rangga boshqacha ko‘z
bilan qaraydigan bo‘ldilar. Zamonaviy yapon dizaynerlariga,
asosan, ko‘cha modasi ozmuncha ta’sir ko‘rsatmadi, unda
barcha zamonlar va xalqlarning uslub va yo‘nalishlari
qorishib
ketgan. Bu mamlakatda an’anaviylik va zamonaviylik,
masalan, kimono va qo‘l telefonlari bir-biriga uzviy birikib
ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: