105
degan yangi tizimini yo‘lga qo‘ygan, ya’ni u oliy moda va
tayyor ko‘ylak o‘rtasida bo‘lgan. O‘sha vaqtning o‘zida faqat
pret-a-porte yo‘li uchungina ishlagan yosh modelchilar kuch
to‘play
boshlagan edilar, birinchi galda trikotaj qirolichasi
unvoni olgan Sonya Rikel tilga olinadi. 1962-yilda u o‘zining
birinchi sviterini tikdi, birinchi do‘konni esa 1968-yilda,
talabalar g‘alayoni avj olganda ochdi. 1960-yillar o‘rtasidan
trikotaj uning diqqat markazida bo‘ldi: ochiq rang, to‘qilgan,
hajmdor yoki chiziqli gullari bor koftalar, shimlar, korjomalar
va shularga yarasha aksessuarlar – beretlar, qo‘lqoplar,
paypoqlar. 1970-yillarda Sonya Rikel bo‘yoqlar
va ranglarning
nozik o‘yinini hayotga qaytardi, yo‘l-yo‘l chiziqlar esa uning
firma belgisi hisoblanadi. 1973-yilda Sonya Rikelni pret-a-porte
Sindikatining vitse-prezidenti qilib sayladilar,
bu lavozimda u
20 yil ishladi.
1963-yildan Parijda nemislardan kelib chiqqan Karl
Lagerfeld ishlaydi, u Balmen va Jan Patuda o‘qigandan keyin
luks toifasidagi pret-a-porte kiyimini yaratadigan Xloe Uyining
yetakchi modelchisi bo‘ladi. Lagerfeld liboslarida moda, hunar
va san’at tarixi bitta bo‘lib keladi,
bundan usta har doim ilhom
qidirib keldi.
Parijda boshqa mamlakatlarning modelchilari ham o‘z
jamoalarini taqdim etganlar. Xanae Mori, Kendzo Takada, Issey
Miyake kabi yapon dizaynerlari ishlari ko‘proq
ajralib turar
edi, ular jahon modasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganlar (xususan,
etnik mavzularga qiziqish jarayonida).
Garchi 1960-yillardan dizaynerlar futuristlar modasi
g‘oyasini (ya’ni, kelajak modasi g‘oyasi) ishlab chiqsalar-
da, ayni vaqtda yangi shakllar
qidirib topishda ular turli
xalqlar an’anaviy madaniyatlariga ham murojaat qilganlar.
1970-yillar o‘rtasida o‘ziga dunyodagi bor rang-baranglikni
singdirpib olgan etnik uslub yana ommabop bo‘lib qoldi.
Uning asosida badiiy jihatdan qayta fikrlangan hippi uslubi
106
ommaviylashdi: keng yubkalar,
yengil matodan tikilgan
bluzkalar, ko‘ylak yoki yorqin mato rangiga monand juda
uzun sharflar.
Etnik uslub o‘z rivojida bir qancha to‘lqinlarni boshdan
o‘tkazdi. 1966–1968-yillarda birinchi to‘lqin yurib o‘tdi – bu
hind to‘lqini edi: modada Neru uslubidagi nimchalar bor edi.
1972-yilda Amerika prezidenti Nikson Xitoyga borgandan keyin
xitoy mavzusiga – shadorliklarga navbat keldi. 1976-yilda rus
mavzusi keldi (masalan, Iv Sen-Loran jamlamasidagi kuz –
qish 1970–1977-yillar), 1977-yilda Tutanxamon maqbarasi
xazinasi ko‘rgaz masidan keyin misr mavzusi paydo bo‘ldi,
1980-yilda esa dunyoda Yaponiyaga qiziqish kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: