49
4.3. O‘RTA ASRLAR RUS KOSTUMI TARIXI
IX asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvi asosida
Qadimiy Rus davlati tashkil topdi. Sharqiy slavyanlarning ikki
markazi – Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga
mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. Taxminan 988-yilda
knyaz Vladimir Vizantiya pravoslav shaklidagi xristianlikni
Rossiyaning
davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni
mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugor-fin
va boshqa qabilalarni jipslashtirishga ko‘maklashdi. Qadimiy
rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini
qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik
davlatga
aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan
keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti
(1132-y.)dan so‘ng Qadimiy Rus davlati parchalanib ketdi.
Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, Vladimir, Suzdal,
Galich Volin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib
chiqdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati XV oxiri – XVI asr
boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan tugalladi.
Novgorod
(1478), Tver (1485), Pskov (1510), Smolensk (1514), Ryazan
Moskva (1514) buyuk knyazligiga qo‘shib olindi. 1480-yillarda
mo‘g‘ullar zulmi barham topdi. Birinchi rus podshohi Ivan IV
Vasilyevich Grozniy (1533–1584; 1547-yildan podsho) davlatni
markazlashtirishga kirishdi. Qozon
va Astraxan xonliklari
qo‘shib olindi, shu tariqa Ural orti va G‘arbiy Sibirni zabt etish
uchun yo‘l ochildi. XVII asrda Sibirning qolgan hududlari ham
birin-ketin qo‘shib olindi. XV asr oxiri – XVI asr boshlarida
rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, «Rossiya»
degan nom tarqala boshladi.
Qadimiy rus san’ati sharqiy
slavyan qabilalari badiiy
madaniyati yutuqlari asosida, qo‘shni davlatlar, ayniqsa,
Vizantiya madaniyati ta’sirida shakllangan. Kiyevda Avliyo
Sofiya ibodatxonasi (1030–40) saqlangan. 13 gumbazli bu
50
ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045–
50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036-yilga oid qo‘lyozmada
Chernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. XII–XIII
asrlarda rus madaniyati ravnaq topdi, yirik bino (ibodatxona,
monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi,
ikona san’ati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga ko‘tarildi.
XIX asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339),
keyin oq
toshdan (1367) qurildi. XV asr ikkinchi yarmida markazlashgan
rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy
markazga aylandi.
XIV asr oxiri – XV asr boshlarida rus rassomligi yangi
pog‘onaga ko‘tarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov
kabi atoqli rassomlar ijod qildi. XVIII–XIX
asrning birinchi
yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli ko‘pgina
rassomlar u yerdan Rossiyaga keldi; rus rassomlari G‘arbda
ta’lim oldi. 1757-yil Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy
akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka e’tibor kuchaydi,
rus me’morchiligi G‘arbiy Yevropa uslubida rivojlandi,
barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. Bu
davr tasviriy
san’atida portret janri yuksaldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida
D.G. Levitskiy, V.L. Borovikovskiy, F.I. Shubinlarning ijodi
rus tasviriy san’atida salmoqli o‘rin egalladi. O.A. Kiprenskiy,
V.A. Tropinin, K.P. Bryullov kabi rassomlar zamondoshlari
ahvol-ruhiyatini zo‘r mahorat bilan ifodaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: