153
qizil rang ramziy ma’noni anglatadi. Keteni – matosi
qadimiy bo‘lib, Misrda ishlab chiqarilgan va XVI asrda
O‘rta Osiyoga olib kelingan. To‘y-tantanalarda kiyish uchun
qizil ko‘ylak – girmizi keteni koynek tanlangan. Bo‘yiga
yetgan qizlar sepida kamida ikkita-uchta girmizi keteni
ko‘ylagi bo‘lishi shart edi. Ayollar ko‘ylaklarining yoqasi
va ko‘krakkacha bo‘lgan qirqimlari
jexek deb
atalgan ensiz,
qizil va yashil rangli shohidan tasma qilib tikilgan. Ko‘ylak-
ning old qirqimi – ko‘krak qismiga
gurtikin yoki
pugtama
deb atalgan har xil, zich, sidirg‘a mayda geometrik naqshlar
bilan kashta tikilgan.
52-rasm. Ayollar libosi.
154
Ayollar bel kiyimi – ishton bo‘lib, guruhiga qarab,
u turli-
cha nomlanadi:
balak, dizdan, ishtan va h.k. Balak (baloq) –
erkaklar ishtonlariga o‘xshab ketadi, lekin pastki qismi torayib
boradi.
Aksariyat, badavlat xonadon ayollarigina issiq ustki kiyim
kiygan. Shunga qaramay, ayollar ustki kiyimlarining bir qancha
turlari shakllangan. Ichmek – po‘stin; ayollar ichmegi mayda
hayvonlar terisi yoki tulki panjasidan tayyorlangan. Ichmek er-
kaklar po‘stinidan
kaltaroq qilib, sirtiga qizil rangli shohi yoki
baxmal qoplab tikilgan.
XIX asr o‘rtalariga kelib, Turkmaniston g‘arbida qiz-ju-
vonlar paxta solib qavilgan issiq kiyimning boshqa turini kiya
boshlagan. Bu kiyim kurte deb atalgan.
Kurte – oldi yopiq,
uzun, tunikasimon bichimda, yonlari
trapetsiyasimon shaklda
bo‘ladi.
Kurtega ba’zan hishtak solinmaydi. Ba’zan esa romb-
simon hishtak qo‘yiladi. Kurte etagining yon tomonlariga
qirqim beriladi.
Etagi va yon qirqimlariga zanjir chokda rangli kashta tikib
bezaladi. Yengil ustki kiyimlar bichimi va ko‘rinishi jihatidan
har xil bo‘lgan. Turkmanistonning markaziy, janubiy va janu-
bi
sharqiy tumanlarida don, chabit va kurte kabi yengil ustki
kiyimlar – qizil va sariq rangdagi ensiz, yo‘l-yo‘l yoki sidirg‘a
ipakdan tikilgan, astari yashil satindan,
keyinchalik chitdan qi-
lingan. XX asr boshlarida Turkmanistonning shimoliy tomoni-
da kemzor kiyilgan. Kemzor tik yoqali, qirqma cho‘ntakli, as-
tarli bo‘lgan. Odatda, Toshovuz turkmanlari kemzorni yoqasiz
tikkan, ko‘krak qismiga oq ip bilan xiyol bezak berilgan.
Kemzor kundalik va to‘y-hashamlarda kiyilgan. XX asr
boshlarigacha xivalidon kiyimi kiyilgan. Toshovuz turkmanlari
tizzalarigacha uzunlikdagi nimcha kiygan. Bunday nimcha kol-
mak, deb atalgan.
Qizlar do‘ppilari –
taxya, borik hisoblanadi,
uchida keng
tarqalgan asosiy bezak taqinchog‘i –
kupbasi (qubba) bo‘la-
155
di. Taxyaning qubba shaklida yuqoriga chiqib turgan kichki-
na kumush naychasi bo‘lib, kumush shokildasi osilib turadi.
Taxya kumush tangachalar bilan zich va chiroyli qilib beza-
tiladi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida do‘ppi ko‘rinishi va
konussimon shakldagi baland qalpoqlar urf bo‘ladi. Ushbu
bosh kiyimi qizil movut yoki ipakdan, astari ip gazlamasidan
tikiladi. Ko‘pgina turkman urug‘larida
qizlar turmush
qurgunlariga qadar oddiy, mayin do‘ppiga o‘xshash bosh
kiyim kiygan. Peshona tepasiga –
sinsile (silsile, sunsule,
sumsule) taqilgan. Bu taqinchoq juda nafis, kumushdan
yasalgan zargarlik buyumi bo‘lgan. Sinsilega o‘xshash pe-
shonaga taqiladigan taqinchoqlarning alinshayi, ilgich kabi
mayda osilchoqli bezaklari ham bor. Bundan tashqari, yana
peshonabog‘ taqinchoqlar eurme (sorme), egme, manlayik –
kumush taqinchoqlar ham bo‘lgan.
Ersarinlik turkman ayollari sinsile taqinchog‘ini
bogmak,
Do'stlaringiz bilan baham: