Bachadon bo‟yni
carsinoma in situ.
a-qoplovchi epitеliy qavati
qalinlashgan, hujayralari poli-
morf, atapik holatda, yadrolari
gipеrxrom, mitozlari ko‟p; b -
bazal mеmbrana saqlanib qol-
gan; v-ostki qavatdagi qo‟-
shuvchi to‟qima; g - qon tomir-
lar. Gеma-toksillin-eozin bilan
bo‟yalgan.
Ekzo va endokrin bez, shuningdek organospetsfik epitelial o‟smalar
Bular xavfsiz va xavfli o‟smalarning katta guruhi bo‟lib, ma'lum bir a'zolarda rivojlanadi
va ko‟pincha ularning morfofunktsional xususiyatlarini o‟zida saqlab qoladi. Bu o‟smalarga:
tеrining bazal-hujayrali raki, buyrakning (gipеrnеfroid) yorug‟ hujayrali raki, sеminoma,
xorionepitеlioma va sut bеzining Pеdjеt kasalliklarini kiritish mumkin.Tеrining b a z a l - h u j a
y r a l i r a k i – ko‟proq yuz yoki bo‟yin tеrisida, pilakcha, tugun yoki chuqur yara ko‟rinishida
uchrovchi o‟sma shakli. Mahalliy еmirib o‟sish xususiyatiga ega, rеtsidivlanadi, ammo
mеtastazlanmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |