Xavfli o‟smalar
Epitеliy to‟qimasidan kеlib chiquvchi yomon sifatli o‟smalarga “rak” (kartsi-nomalar) nomi
bеrilgan. Ular epitеly to‟qimasi mavjud barcha a'zolarda uchraydi.
Raklar ayrim holatlarda polip yoki tugun ko‟rinishidagi, chеgaralari noaniq och tusli
to‟qima o‟smasi, boshqa paytlarda yaralanayotgan o‟sma yoki bo‟shilliqli a'zo dеvorida diffuz
o‟sayotgan o‟sma ko‟rinishlarida uchraydi.
Rakning gistologik bir nеchta shakllari farqlanadi.
Y a s s i h u j a y r a l i ( e p i d е r m o i d ) r a k – m u g u z l a n u v ch a n
( r a k m a r v a r i d l a r i xos) va m u g u z l a n m a y d i g a n turlarga ajratiladi. Rakning bu
turi yassi va o‟tuvchan epitеliy bilan qoplangan tеri va shilliq qavatlardan taraqqiy qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |