Tarif (bojxona boji)
– mamlakat chegarasini kesib o‘tayotganda olib
kirilayotgan tovar uchun to‘lash lozim bo‘lgan soliq to‘lovi.
Tarkibiy ishsizlik
— mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida
kelib chiqadigan ishsizlik.
Tashqi savdo balansi
— mamlakatning eksport va import hajmlari orasidagi
farq.
Tashqi savdo hajmi
— mamlakat import va eksportini tashkil etuvchi tovar
va xizmatlarining jami qiymati.
Tashqi savdo litsenziyasi
– tovar va xizmatlarni mamlakatga olib kirish yoki
undan olib chiqib ketish uchun beriladigan maxsus ruxsatnoma.
Tashqi savdoni erkinlashtirish
— unga qo‘yilgan cheklovlarni yengillashtirib,
umuman olib tashlash.
Texnologiya
— mahsulot ishlab chiqarishda qaysi resurslardan qanday
foydalanish, qanday usul va ketma-ketlikda ishlov berish yo‘l-yo‘rig‘i.
Tijorat
— tovarni sotib olib, so‘ng boshqalarga sotishdan iborat tadbirkorlik
faoliyati.
Tijorat banki
— aholi, firma va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi bank.
Tovar
— ayirboshlash maqsadida ishlab chiqarilgan mahsulot.
Tovar birjasi
— tovarlarni katta-katta hajmda, ulgurji sotib olish va sotishni
uyushtiradigan vositachi tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |