2 -§ . Xalqaro nizolarni hal etishda
xalqaro tashkilotlarning o'rni
X alqaro tashkilotlarning nizolarni hal etishdagi o 'rn i ustuvor dara
jada siyosiy m azm un kasb etsa-da, baribir ishtirokchilam ing xalqaro
huquqqa m uvofiq ravishda harakat qilishi talab etiladi. Siyosiy protse
dura, asosan, tom onlam ing pozitsiyalarini yaqinlashtirish va ular o'rtasida
kelishuvga erishish m aqsadlariga qaratiladi.
Birlashgan M illatlar T ashk ilotida Bosh Assambleya va Xavfsizlik
K engashi nizolashayotgan davlatlarni nizoni hal etish borasida har q an
day tin ch y o 'l bilan hal etish vositasidan foydalanishga d a ’vat etishi
m um kin. BM Tga a ’zo b o 'lm agan davlat o 'z i ishtirokchi to m o n hisoblan
gan h ar q anday nizo haqida B M T Bosh Assambleyaga yoki Xavfsizlik
K engashiga m a ’lum qilishi m um kin.
H a r qanday nizo yoki ixtilofga olib kelishi yoxud nizo q o'zg'ashi
m um kin bo'lg an vaziyatlar tinchlik-osoyishtalikka tahdid solishda dav-
www.ziyouz.com kutubxonasi
om etishi m um kin yoki yo'qligini aniqlash m aqsadida B M T Xavfsizlik
Kengashi ularni o'rganib chiqishi m um kin. B M T ning h ar q anday a ’zosi
ana shunday nizo yoxud vaziyat haqida Xavfsizlik Kengashiga m a ’lum
qilish huquqiga ega. Bu kabi holatlarda Xavfsizlik K engashining rezol
yutsiyalari tavsiyaviy aham iyatga ega b o 'la d i. T o m o n larn in g o 'z a ro
kelishuviga ko 'ra har qanday nizo k o 'rib chiqish uch un B M Tning Xavf
sizlik Kengashiga topshirilishi m um kin va bunday hollarda Xavfsizlik
Kengashi tegishli tavsiyalar beradi. M asalan, M alta va Liviya o'rtasid a
1980-yilda yuzaga kelgan kontinental shelfni belgilash to'g'risidag i nizo
b o'yicha BM Tning Xavfsizlik Kengashi X alqaro sudga m urojaat qilish
ni tavsiya etgan va ushbu tavsiya bajarilgan.
BMTning Bosh Assambleyasi Ustav doirasida har qanday m asalani,
shu jum ladan, xalqaro nizolarni m uhokam a etish va tegishli qarorlar qabul
qilish huquqiga ega. U davlatlar o'rtasidagi do'stona m unosabatlarga ziyon
yetkazishga qodir bo'lgan har qanday vaziyatni tinch yo‘1 bilan barqaror-
lashtirishga oid ko'riladigan tegishli choralarni tavsiya etishi m um kin.
Barcha m intaqaviy xalqaro tashkilotlar nizolarni hal etishda bir-
biriga o ‘xshash bo'lgan m exanizm lardan foydalanadilar.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)
1992-yilda Sulh
va arbitraj to'g'risidagi konvensiyani qabul qilgan b o 'lib , un d a Y X H T
doirasida Sulh va arbitraj palatasini t a ’sis etish k o 'zd a tutilgan.
Palataga m urojaat qilishdan oldin, nizolashayotgan to m o n la r boshqa
vositalar, birinchi navbatda, m uzokaralardan foydalanishlari darkor. Bular
natija berm agan taqdirda to m o n lard an h a r biri nizoni shu m unosabat
bilan tuziladigan sulh komissiyasi ixtiyoriga topshirishi m um kin. B unda
boshqa tom onning, agar tegishli nizo o'zining hududiy yaxlitligiga daxldor
ekani to 'g 'risid a bayonot berm asa, roziligi talab qilinm aydi.
Bu boradagi ishlam ing natijasi xalqaro nizoni tin ch y o'l bilan hal
etish to'g'risidagi takliflardan iboratdir. A gar m uayyan to m o n lard an biri
ana shu takliflarga rozi bo 'lm asa, ular Y X H T ning V azirlar kengashiga
topshiriladi.
Arbitraj yurisdiksiyasi fakultativ m azm unga ega. N izolarni uning
ixtiyoriga topshirish uchun tom onlarning roziligi bo'lish i kerak.
Yevropa Kengashi 1957-yilda N izolarni tin ch y o ‘1 bilan hal etish
to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi ni qabul qilgan. Konvensiyada, X alqaro
sud Statutida b o ‘lganidek, nizolar yuridik va boshqa xil nizolarga ajra-
tilgan. Konvensiyadagi to m o n la r yuridik nizolarga nisbatan sudning
m ajburiy yurisdiksiyasini qabul qilgan. B uning natijasi o 'laro q , to m o n
larning har biri boshqasining roziligisiz ham nizoni sudga topshirishi
m um kin. Noyuridik nizolar uchun esa sulh (m urosa) protseduralari va
arbitraj k o ‘zda tutilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |