Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

rahnamoligida)  yoki 
tashabbus  bilan  chiqqan  davlatlar  chaqiradi.  Konferensiyaning  xalqaro 
tashkilot doirasida yoki rahnamoligida chaqirilishi uning mustaqil xalqaro 
organi  sifatidagi  mazmunini  o'zgartirmaydi.
Muhokama  etiladigan  masalalarga  ko'ra  tinch,  siyosiy,  iqtisodiy, 
diplomatik  va  aralash  konferensiyalar  farqlanadi.
Protsedura  qoidalaridagi  huquqiy  normalar,  asosan,  xalqaro  kon­
ferensiya  o'tkazish  tartibining  quyidagi jihatlarini  tartibga  soladi:
1) konferensiyani umumiy tashkil  qilish:  delegatsiyalar tarkibi, vakillar 
vakolatlari,  ishchi organlarini  (qo'm ita va komissiyalami) tuzish va faoli­
yat  ko'rsatish  tartibi,  protokol  yuritish,  kotib  va  kotibiyat  vazifalari;
2)  raisning umumiy va alohida huquqlari:  majlislami ochish,  to'xtatib 
turish  va  yopish,  shuningdek,  majlislardagi  bahs-munozaralarga  bosh- 
chilik  qilish;  majlislarda  tartibni  saqlash;  majlisni  olib  borish  tartibi 
bo'yicha qarorlar chiqarish hamda majlisning borishiga rahbarlikni amalga 
oshirish;  so'zga  chiquvchilami  e ’lon  qilish  va  to'xtatish;
3)  delegatlaming alohida huquqlari:  protsedura mazmunidagi  taklif­
larni  kiritish  huquqi;  boshqa  delegatga javob  qaytarish  huquqi,  majlisni 
olib  borish  tartibi  yuzasidan  takliflar kiritish  huquqi;
4)  takliflar  kiritish  va  qarorlar  qabul  qilish  usullari:  takliflarni  va 
ularga  o'zgartirishlarni  ko'rib  chiqish  tartibi,  qarorlami  qabul  qilishda 
ovoz  hamda  talab  etiladigan  ko'pchilik  huquq;  ovozlarni  hisoblab  chi­
qish  usullari  va  ovoz  berishga  rahbarlik  qilish,  ovoz  berish  qoidalari.
Konferensiya protsedura qoidalarini yaratish mexanizmi  (ulami ishlab 
chiqish,  ulami  tasdiqlash  usuliga  doir  qarorlar  qabul  qilish  va  ulami 
tasdiqlash)  konferensiyaning  ishtirokchi  davlatlariga  bog'liqdir.  Tasdiq- 
langanidan  so'ng  protsedura  qoidalari  majburiy  mazmun  kasb  etadi  va 
ishtirokchi  davlatlar  ularga  rioya  etishlari  shart.  Protsedura  qoidalarini 
qo'llashning  muhim jihatlaridan  biri  protseduraviy  mazmundagi  masa­
lalar  bo'yicha  qaror  qabul  qilinishi  hisoblanadi  va  bunday  qarorlam i, 
qoidaga  ko'ra,  hozir  bo'lgan  hamda  ovoz  berishda  ishtirok  etayotgan 
davlatlarning  oddiy  ko'pchiligi  qabul  qiladilar.
Konferensiya ishi davomida davlatlar pozitsiyalarini  moslashtirishning 
ikki  xil  jarayoni:  predmetga  taalluqli  normalarga  hamda  ishtirokchila- 
rining qabul  qilinadigan  norm alar bo'yicha  pozitsiyalarini  moslashtirish 
tartibini  yo'lga  qo'yishiga  qaratilgan jarayonlar  kechadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Konferensiyaning  protsedura  normalari  bilan  konferensiya  ishi  da­
vomida  uning  faoliyati  bo'yicha  ishlab  chiqiladigan  normalar  yuridik 
kuchga  egaligi  jihatidan  bir-biridan  farq  qilishi  mumkin:  protsedura 
normalari  majburiy  mazmunga  ega,  konferensiya  faoliyati  predmeti  bi­
lan  bog‘liq  masalalar b o ‘yicha  ishlab  chiqiladigan  qoidalar esa,  tavsiya- 
viy  xususiyatga  ega  bo'lishi  mumkin  (ko'pincha ega  bo'ladi  ham).  Ular 
tomonlarning qo'shim cha xohish-irodasi evazigagina majburiy kuch kasb 
etishi  mumkin.
Xalqaro  tashkilotlar  va  konferensiyalar  xalqaro  huquq  nazariyasida 
xalqaro  huquq  subyektlari  sifatida  e ’tiro f  etiladi  hamda  ularning  im- 
koniyatlari  yuridik  layoqatiga  ko'ra,  xalqaro  huquq  bo'yicha  huquq  va 
majburiyatlarga  ega  b o '1 ishga,  xalqaro-huquqiy  normalarni  yaratish  va 
amalga  oshirishda  ishtirok  etishga,  xalqaro  ommaviy  munosabatlarga 
kirishishga  qodir,  deb  qaraladi.  Aksar  hollarda  xalqaro  tashkilotlar  va 
konferensiyalami  «xalqaro  muassasalar»  degan  umumiy  tushuncha  b i­
lan  izohlashadi.
Xalqaro  muassasalar  o'z  huquqiy  tabiatiga  ko'ra,  xalqaro  huquq­
ning  hosila subyektlari  hisoblanadi  va faqatgina huquq subyektiga xoslik 
layoqatiga  ega  bo'ladi.  Bu  layoqatning  qo'llanishi  va  mazmuni  xalqaro 
tashkilot  va  konferensiyalarning  xalqaro  shartnom a  shaklidagi  ta ’sis 
hujjatlarida yuridik mustahkamlab qo'yiladigan iroda va istaklariga bog'liq 
bo'ladi.  Xalqaro  huquq  va  xalqaro  munosabatlar  prinsiplarining  mohi- 
yatidan  kelib  chiqadigan  bo'lsak,  xalqaro  muassasalar  cheklangan  hu­
quqiy  layoqatlilikka  ega  bo'lib,  bunday  layoqatlilik  xalqaro  huquqning 
ana  shu  subyektlarini  davlatlarning  tan  olishini  taqozo  etadi.
Xalqaro  tashkilotlar  va  konferensiyalar jamoaviy tuzilm alar sirasiga 
kiradi.  O'zlarining  hukmronlik  vakolatlarini  ro'yobga  chiqarishda  ular 
nisbatan  mustaqil  hamda  bir-biriga  va  xalqaro  huquqning  boshqa  sub- 
yektlariga  tobe  emas.  Xalqaro-huquqiy  munosabatlarda  o'z  nomidan 
ish  ko'rar  ekan,  ularning  har  biri  mustaqil  xalqaro-huquqiy  maqomga 
egadir.
T a’kidlash  joizki,  muzokaralar,  xalqaro  konferensiyalar  va  xalqaro 
tashkilotlar kabi institutlar o'rtasidagi chegaralar o'ta o'zgaruvchan bo'lib, 
ularni  aniq  belgilash  juda  mushkul.  Xalqaro  konferensiyalar  —  muzo- 
karalardan,  xalqaro  tashkilotlar  esa,  konferensiyalardan  kelib  chiqqan 
bo'lishiga  qaram ay,  ushbu  institutlarning  har  biri  o'z  aham iyatini 
yo'qotm agan  va  xalqaro  m unosabatlarda  ham,  xalqaro  huquqda  ham 
nisbatan  mustaqil  rivojlanishda  davom  etmoqda.  Bundan  tashqari,  ular 
o'zlari  kelib chiqqan  o'sha  institutga xos ayrim jihatlarni saqlab kelyapti 
ham da ular bilan yonm a-yon  faoliyat ko'rsatyapti.  Masalan,  bugun ham 
konferensiyalar,  ham  tashkilotlar doirasida  konferensiyalar bajaradigan 
ba’zi  bir  vazifalami  ushbu  tashkilotlarning  oliy  vakolatli  organlari  ado
www.ziyouz.com kutubxonasi


etayotir.  Ammo,  bu  —  bir  institutning  o'rnini  boshqasi  qoplashi,  bir 
institutni  boshqasi  bilan  almashtirish  mumkin,  degani  emas.  Masalan, 
konferensiyalar  va  tashkilotlar  doirasida  o'tkaziladigan  m uzokaralar 
bevosita  m anfaatdor  vakillar  o'rtasidagi  m uzokaralardan  farq  qiladi, 
chunki  birinchi  va  ikkinchi  holatda  muzokaralar  muayyan  m e’yorda 
majburiy  protsedura  normalariga  hamda  bunday  muzokaralarning  ras­
miy  qismiga  asos  sifatida  shu  normalarda  ko'zda  tutiladigan  tashkiliy 
shakllarga bog'liq  bo'ladi.
Hozirgi kunda xalqaro konferensiyalar ko'pincha qarorlar qabul  qilish 
bilan  yakun  topadi.  Qarorlar  qabul  qilish jarayonining  samaradorligini 
imkon qadar oshirish maqsadida uning faoliyat reglamentatsiyasiga taal­
luqli  qoidalar konferensiyaning protsedura  qoidalariga  kiritiladi.  Qaror­
lar qabul  qilishga ko'maklashuvchi  mexanizm  va  ularni  chiqarish shakli 
konferensiya  maqsadlariga,  uning  protsedura  qoidalariga  hamda  uzoq 
yillar  mobaynida  shakllangan  odatiy  amaliyotga  bog'liqdir.
Qarorlar qabul qilish bo'yicha aniq protseduralami uch tizim tarkibida 
guruhlantirish  mumkin.  Bular:  «an’anaviy»,  «konsensual»  va  «kombi- 
natsiyalangan»  («qurama»)  tizimlardir.
«An’anaviy»  deganda,  ishtirokchi  davlatlar  irodasini  aniqlashning 
asosiy  usuli  sifatida  ovoz  berishni  ko'zda  tutuvchi  tizim  tushuniladi. 
«An’anaviy»  tizimni  qo'llash  chog'ida  qarorlar  ko'pchilik  (oddiy  yoki 
malakali)  ovoz  bilan qabul  qilinadi.  H ar qaysi  delegatsiya konferensiya- 
da bir ovozga ega bo'ladi.  Ushbu qoidada,  xususan,  davlatlar o'rtasidagi 
tenglik  prinsipi  namoyon  bo'ladi.  Ovoz  berish  ochiq  yoki  yopiq  yo'l 
bilan  amalga oshirilishi  mumkin.  Yopiq  ovoz berish yo'li bilan,  odatda, 
saylovlar o'tkaziladi.  Ochiq  ovoz  berish  qo'l  ko'tarish  orqali  yoki  nom- 
m a-nom   (shu  jum ladan,  kom pyuter  yordam ida)  amalga  oshiriladi. 
N om m a-nom   ovoz  berish  kuchlar joylashuvining  real  ahvolini  aniqlash 
imkonini  yaratadi.
«Konsensual»  tizimga  ishtirokchi  davlatlarning  nuqtayi  nazarlarini 
ovoz  berishsiz  va  qarorlami  yalpisiga  qabul  qilish  uchun  rasmiy  e ’tiroz 
mavjud  bo'lmagan  holatda  bir-biriga  yaqinlashtirish  yo'li  xos  hisobla­
nadi.  Bu  —  shunday  qarorlar  ishlab  chiqiladiki,  ularga  konferensiya­
ning barcha ishtirokchilari  rozilik bildirishi  mumkin,  deganidir.  Ammo, 
alohida  hollarda,  mavjud  kelishilgan  qarorga  yalpisiga  rozilik  bildirar 
ekan,  konferensiya  ishtirokchilari  protokol  qaydnomasida  yoki  yakun­
lovchi  hujjatda o'zlari  muhim deb  hisoblagan shartlarni  (ogovorka)  qayd 
etadilar.
Q a ro rla r  qabul  qilish n ing  «quram a»  tizim i  «konsensual»  va 
«an’anaviy»  tizimlaming  omuxtasidir.  U  barcha  ishtirokchi  davlatlar­
ning  ovoz  berishsiz  hamjihat  bir  qarorga  kelishlari  uchun  mavjud  bar­
cha  imkoniyatlarning  namoyonidir.  «Konsensual»  va  «qurama»  tizim-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lari  — bular ham tegishli  bosqichlardan tashkil  topgan va aniq  maqsadga 
yo'naltirilgan jarayonlardir,  ammo shu  bosqichlarning tuzilishi va davo- 
miyligi  farqli jihatlarga  ega.  Eng  davomli  bosqich  (asosan  konferensiya 
doirasida  o'tadigan)—  qarorlar  matnini  tayyorlashdir.
Um um iy  qoidaga  ko'ra,  xalqaro  konferensiya  ishidan  ko'zda  tutil­
gan  maqsadga  erishilgach,  ya’ni  u  yoki  bu  bitim  imzolangandan  keyin 
yoki  muzokaralar  ishtirokchilari  davlatlar  nuqtayi  nazarlaridagi  muro- 
sasizlik  tufayli  kelishuv  mumkin  emasligi  to'g'risidagi  xulosaga  kelgani- 
dan so'ng  konferensiya tugagan  hisoblanadi.  Birinchi  holatda konferen­
siyaning  tugashi,  odatda,  yakunlovchi  hujjat  yoki  barcha  ishtirokchilar 
imzolagan  protokol  bilan  rasmiylashtiriladi.
Konferensiyalarda  asosan  ikki  turdagi:  joriy  ishlar  mazmunini  ba- 
yon  etuvchi  va  ularning  yakuni  bo'yicha  materiallardan  iborat  hujjatlar 
qabul  qilinadi.
Birinchi  turga  —  majlis protokollari,  ikkinchisiga esa xalqaro-huqu­
qiy  mazmundagi  hujjatlar  (shartnomalar,  konferensiyalar va  boshqalar) 
mansubdir.
Xalqaro huquqda konferensiya hujjatlarining qandaydir majburiy bir 
shaklini joriy  etuvchi  norm alar  mavjud  emas.  Ammo,  uzoq  yillik  am a­
liyot  mavjudki,  uning  natijasi  o'laroq,  ayrim  nomlar  konferensiyalarda 
qabul qilinadigan muayyan turdagi hujjatlar uchun nisbatan doimiy bo'lib 
qolgan.  Masalan,  konferensiyani  ifodalovchi asosiy faktlami o'zida jam - 
lagan  hujjatlarni  aksar  hollarda  yakunlovchi  hujjat,  deb  atashadi.  Qoi­
daga  ko'ra,  xalqaro  huquq  normalarini  yaratishga  qaratilgan  konferen­
siya hujjatlari, odatda,  konferensiya, deb ataladi, davlatlarga yoki  xalqaro 
tashkilotlarga  tavsiyalardan  iborat  hujjatlar  esa  rezolyutsiya,  deyiladi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish